Фойдаланилган адабиѐтлар:
1. Зверев И. Д. Экология в школьном образовании. –М.: Знание, 1988.
-96 с.
2. Зиѐмуҳаммедов Б. Экология ва маънавият. –Тошкент: Меҳнат, 1997.
-104 б.
3. Каримов Ю. Олий таълим муассасалари талабаларига экологик таълим
беришнинг назарий асослари. –Тошкент: Ўқитувчи, 1995. -116 б.
4. Маркович Д. Ж. Социальная экология. –М.: РУДН, 1997. -436 с.
145
5. Махмудов Ю. Ғ. Экологиядан маълумотнома. –Тошкент: Фан, 1997.-40
б.
6. Турдиқулов Э. О. Физика ва экологик таълим. –Тошкент: Ўқитувчи,
1992. -228 б.
7. Жўраев Й. О., Ғуломов М. Х. Экология: жиноят ва жазо. –Тошкент:
Ўзбекистон, 1990.
8. Шодиметов Ю. Ш. Региональные проблемы социальной экологии.
–Ташкент: Узбекистан, 1992. -110 с.
O„QUVCHI SHAXSINI SHAKLLANTIRISHDA MILLIY
QADRIYATLARNING PEDAGOGIK ASOSLARI
SHaropov Nabi
TerDU talabasi
Ta‘limda o‗quvchi shaxsini shakllantirishda uning ruhiyatini faollashtirishga,
izchillashtirishga e‘tibor beriladi, chunki o‗z-o‗zini rivojlantirish, o‗zini shaxs sifatida
shakllantirish, bu - o‗quvchining istagi, ehtiyojidir. Har bir o‗quvchi o‗z-o‗zini
rivojlantirayotganda o‗qituvchining yordami kerakligini sezib turadi. Shunga qo‗ra,
o‗qituvchi faoliyat ko‗rsatayotgan o‗quvchiga hamisha ko‗maklashadi.
O‗quvchi shaxsini shakllantirish ta‘lim jarayonini demokratlashtirishni
(erkinlashtirish) ham taqozo etadi. Zero, bu - insonning o‗z xohishi va maqsadi
bo‗yicha fikrlash, harakat qilish, mexnat qilishidagi erkinlikdir. Insonda istak erkinligi
tashqi muhit va undagi vaziyat ta‘sirida yuzaga keladi. Buning uchun inson o‗z
maqsadi va faoliyat yo‗nalishini belgilab olishda mustaqil bo‗lishi kerak. Bu ma‘noda
erkinlik shaxsning o‗z irodasini namoyon etishida ko‗rinadi.
Ta‘limni insonparvarlashtirish va erkinlashtirishdan kuzatilgan asosiy maqsad -
o‗quvchida erkinlik hissini, erkin fikrlash qobiliyatini rivoj toptirish, uni erkin
yashashga tayyorlash, axloqiy fazilatlarni, mehnat qobiliyatini shakplantirish va
rivojlantirishdir. Inson shaxsining shakllanishida, axloqiy kamolotida mehnat asosiy
o‗rinda turadi. Chunki mehnat inson shaxsi-ning shakllanishida, ijtimoiy sohada
odamlar bilan muloqotda bo‗lishida asosiy omildir.
Inson barkamolligi, dunyoqarashi uning g‗oyaviy-axloqiy yetukligining ifodasi
sanaladi. Yuksak faoliyatlilik - ijtimoiy hayotda, ilg‗or fikrlashda faol ishtirok etish,
o‗zida go‗zal axloqiy xislatlarni tarkib toptirishdan iborat.
Ijtimoiy faoliyat jamiyatning asosiy talabi bo‗libgina qolmay, balki shaxsning
o‗z-o‗zini ri-vojlantirishi uchun ham muhim qadriyat hisoblanadi.
Har tomonlama rivojlanish - insonparvarlik, ijodiy qobiliyatni hayotda namoyon
etish, yuksak axloqiylik ham demak.
Shaxs umumiy tizimlilik xususiyatiga ega bo‗lib, bu tizim o‗zaro uzviylik va bir
butunlikdagi faoliyat, ijtimoiy muloqot va tarbiyadan iborat. Ular insonning jamoadagi
faoliyatida namoyon bo‗ladi.
Ma‘lumki, inson bir butun uyg‗unlikda har tomonlama rivojlanadi. Uyg‗unlik esa
shaxsning odamlar bilan doimiy muloqotda bo‗lishini taqozo etadi. Inson aql,jismoniy
sog‗liq va axloqning uyg‗unligida kamol topadi.
146
Axloqli shaxsda e‘tiqodlilik, adolatlilik, intizomlilik, to‗g‗rilik, sadoqatlilik,
diyonatlilik, poklik, sabr-toqatlilik, sertavozelik kabi fazilatlar mujassam bo‗ladi.
O‗zbek xalqi asrlar davomida yosh avlodni hayotga tayyorlashda, ularni shaxs
sifatida shakllantirishda qo‗llagan usul va vositalari, o‗ziga xos an‘analari, urf-odatlari
bolalarda mehnatsevarlik, insonparvarlik, jangovarlik, do‗stlik, go‗zal axloqlilik kabi
fazilatlarni shakllantirishda asosiy omildir.
Oilada
ota-onaning
o‗zaro
ahilligi,
ma‘naviy-axloqiy
barkamolligi,
mehnatsevarligi, xalqning tinchligi, osoyishtaligi uchun kurashi va yoshlarning axloqiy
pokligi uchun qilgan g‗amxo‗rligi ham bolalarda ota-onalarga, jamoa ahllariga
hurmat-ehtirom hissini kuchaytiradi. Ularda vatan faro-vonligi, xalq baxt-saodati
uchun kurashmoq, mehnat. qilmoq orzusi barqarorlashadi. [1]
Ularning ongida ota-ona va jamoa oldida javobgarlik hissi shakllana boshlaydi.
Oiladagi totuvlik, tarbiyada qo‗llangan usul va vositalar natijasida bolalar ona
zamin va uning tabiati, tabiat hodisalari, odamlarning kundalik hayot tarzi, hayvonot
va jonsiz olam haqida tasavvurga ega bo‗ladilar. Shu bilan birga turli elat va xalqlar
birlik, do‗stlik va samimiylikni ulug‗lashni o‗rganadilar, xalqning qahramonlik va
mardlik haqidagi ideallari, sodiq do‗st, vafoli yor, oqibatli jigar haqidagi orzu umidlari
xalq og‗zaki ijodi qahramonlari Alpomish, Barchinoy, Qorajon, Qaldirg‗och, Qultoy
va Yodgor timsolida tasvirlanadi. Xalq ularni dushmanlarga qarshi kurashda har ishga
qodir, jismoniy baquvvat, ma‘naviy yetuk qahramonlar qilib yaratdi.
O‗zbek xalqining yosh avlodni hayotga tayyorlashda qo‗llagan vosita, tadbir, urf-
odat va an‘analari, tarbiya haqidagi fikrlari, g‗oya va hayotiy tajribalari, xalq va
donishmandlarning yoshlarni davr talablariga mos yetuk shaxs qilib tarbiyalash
haqidagi ta‘limotlari xalq og‗zaki ijodida mujassamdir.
Hali ommaviy maktablar urf bo‗lmagan, pedagogika fan sifatida shakllanmagan
davrdayoq, qabila a‘zolarining bolalarda mehnatsevarlik, jangovarlik, axloq-odob,
do‗stlik kabi xislatlarni shakllantirishga qaratilgan tarbiyaviy usullari o‗sha davrdagi
hayotiy tajribaning mevasi sifatida ijtimoiy hayotga bog‗liq holda shakllandi va
rivojlandi.
Xalqning milliy urf-odat va an‘analari, jamoa ahlining o‗z-o‗zini va ijtimoiy
burchini anglashiga, shaxs sifatida shakllanishiga ijobiy ta‘sir etdi, ularning hayot
kechirish, tinchlik uchun kurashish yo‗l-yo‗riqparini bilib olishlarida asosiy omil
bo‗ldi. [2]
Jamoa a‘zolarining mehnati zamirida vujudga kelgan urf-odatlar, an‘analar
jamiyat rivojiga, odamlar ongining o‗sishiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatdi. Odamlar o‗z
mehnatlari, xatti-harakatlarini urf-odat va an‘analarga uyg‗un holda davom ettirdilar.
Xalq o‗z hayotiy tajribasida axloklilik bola tarbiyasida muhim ahamiyat kasb
etishini angladi va axloq qonun-qoidalarini yaratdi. Insoniylik mezoni axloq
qonuniyatining asosi bo‗ldi.
Bola tug‗ilgan kundan boshlab oila muxitida ota-onaning parvarishida o‗sib
ulg‗ayadi, atrof-muhitdagi voqealarni ko‗radi, unda o‗simlik, hayvonot, qushlar olami
haqida tasavvur, ularga muhabbat, mexr-shafqat hissi shakllanib, rivojlana boshlaydi.
Bolada mehnat faoliyati boshlanishi bilan odamlarga, o‗z tengdoshlariga
nisbatan mexr-muruvvat ham shakllanib rivojlanadi. U mehr-muruvvatni odamlarga
faqat moddiy emas, ma‘naviy jihatdan ham ko‗rsatish mumkinligini
147
anglaydi. Shu zaylda u, hamdardlik, saxovatlilik, rahmdillik, xushmuomalalik,
insonparvarlik ekanligini tushunadi. Shunday xislatlarga ega bo‗lganlar hayotda hur-
matda bo‗layotganiga ishonch hosil qiladi.
Tabiat insonda estetik his etish va didni tar-biyalashda bitmastuganmas
manbadir. Uning go‗zalligi bolalar ma‘naviy dunyosining tarkib topishi va rivojida
muhim ahamilt kasb etadi, go‗zalligi bilan ularni o‗ziga maftun etadi. Tabiat lavhalari
o‗zining tabiiy go‗zallik ko‗rki, jamoli bilan ularda yorqin hissiyot uyg‗otadi
Xalq ijodi materiallarida bolalarning soq‘lom o`sishlarida ota-ona va keksa
avlodning q‘amxo`rligi va tarbiyasiga oid ma'lumotlar nisbatan kam uchrasa ham,
xalq pedagogikasida bolalarning yoshlik xususiyatlariga mos keladigan tarbiyaviy
tadbirlar amalga oshirilib kelinganligi ma'lum. Ayniqsa, bolalarni o`z vaqtida
ovqatlantirish, uxlatish, o`ynatish – kiyintirish, ozoda va toza yurish ham jismoniy
rivojiga oid mashq malakalari, rasm, odatlar xalq pedagogikasida uzoq vaqtlardan
buyon davom etib keladi. Masalan, «Uch oq‘ayni botirlar» ertagida, keksa ota
o`q‘illarini safarga jo`natar ekan, bolalarga qarab: «o`zimdan keyin baxtsiz bo`lib
qolmanglar, deb sizlarni o`qitdim. Buning ustiga sizlarni uch narsa bilan tarbiya
qildim. Birinchidan, soq‘lom vujudli qilib tarbiyaladim - baquvvat bo`ldingizlar.
Ikkinchidan yaroq‘ bilan tanishtirdim - yaroq‘ ishlatishga usta bo`ldingizlar.
Uchinchidan – qo`rqitmay o`stirdim - qo`rqoq bo`lmay, botir bo`ldingizlar» deb
nasihatini davom ettiradi.
Folklor materiallarining ko`rsatishicha, O`rta Osiyo xalqlari orasida tarqalgan
harbiy harbiy – jismoniy tarbiyaning mazmuni – sipohgorchilik, jangu-jadal,
«hunarni» o`rganishga qaratilgan bo`lib, ayniqsa, kurash tushish, ot chopish,
tirondozlik, qilichbozlik, kamon bilan o`q otish, miltiq otish, nayza sanchish, suvda
suzish, gurzi urish kabi harbiy-jismoniy tarbiya – asosiy o`rinni egallar edi. Bu
jihatdan qaraganda, O`rta Osiyodagi qadimdan davom etib kelayotgan harbiy –
jismoniy tarbiya juda ko`p jihatdan qadimgi Yunoniston – sport harbiy – jismoniy
tarbiyasi mazmunini aks ettiradi. Masalan, «Shaxzoda Asad», «Mamir bilan Samir»
ertagida qadimgi davrlarda yoshlarga harbiy–jismoniy mashqlar o`rgatilgani
ko`rsatiladi.
O`zbek xalq dostonlari qahramonlarining hammasi harbiy – jismoniy tarbiya
olgan kishilar sifatida xarakterlanadi. Xalqimizning suyukli qahramoni – Go`ro`q‘li,
Xasanxon, Avaz, Rustam, Ravshanxon, Erali, Sherali va boshqalar ana shular
jumlasidandir.
O`zbek xalq og‘zaki ijodida ifodalangan yana bir muhim tomoni yuqoridagi kabi
xalq farzandlarining jismoniy kamolotini ularning yuksak ma'naviy fazilatlari bilan
birga tarannum etilishidir.
Allomalar tarbiyada mehnatning afzalligi to`g‘risida.
Mehnat tarbiyasining mazmuni.
mehnat tarbiyasining usullari.
Xalq pedagogikasida nafosat tarbiyasi.
Yoshlarni mehnatsevar qilib yetishtirishda eng ko`p qo`llaniladigan usullaridan
biri ishontirish bo`lib, uni tadbiq qilishda ham xilma-xil vosita va shakllardan
foydalanilgan. Ayniqsa, keksalar tomonidan mehnat va mehnat ahlini ardoqlaydigan
hamda ishyoqmas, dangasalarni aytib berish, ishontirish vositalaridan biri bo`lib
148
xizmat
qilgan.
Keksalarimizning
yoshlar
tomonidan
mehnatni,
jamiyat
taraqqiyotidagi buyuk o`rinni anglab yetishlari, unga e'tiqod qo`yishi uchun aytib
beradigan kichik va katta hajmdagi ertaklari ko`p bo`lgan. Masalan, «Kichik
kelinning davlati», «Sirli tush» ertaklarini keltirish mumkin.
Xalq pedagogikasida bolalarni mehnatga tayyorlash va mehnatsevar qilib
tarbiyalashda o`git-nasihat, namuna ko`rsatish usullari ham katta o`rin tutadi.
Respublikamizda yosh avlod tarbiyasi borasida muhim tadbirlar amalga
oshirilayotgan hozirgi davrda musiqiy qadriyatlarni tiklash, ommaviy xalq musiqa
pedagogikasi namunalarini tahlil etish, buyuk donishmandlarning musiqiy, ma'rifiy
ijodini, nafis yodgorliklarini, o`rganadigan va amaliyotga tadbiq etish pedagogik
masalalardan biridir. Nafosat tarbiyasi bolada eng nozik tuyq‘ular orqali go`zallikni
anglash, unda baxra olish va bevosita go`zallikni yaratuvchilarga aylanish kabi
jihatlarni tarbiyalaydi.
Xalq pedagogikasi fani orqali milliy me'rosimizga aylangan nafis san'at asarlari,
asari-aqiqalar, mumtoz kuy, qo`shiqlarning ta'lim-tarbiya jarayonida shaxs
kamolotida tutgan o`rni va beqiyos tarbiyaviy ahamiyati o`rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |