124
Sinfdan tashqari o`qishning jahon ta`limidagi ilg`or usullar asosida yaratilgan
tizimi o`quvchilarni o`qishga qiziqtirish, ularning fikrlash qobiliyatini o`stirish, kitob
bilan ishlash usullarini o`rgatish, og`zaki nutqini o`stirish, muntazam
ravishda kitob
o`qib borishga rag`bat uyg`otish – ma`naviy madaniyatini yuksaltira borish kelajak
avlodni o`qitish va tarbiyalash jarayonidagi asosiy masalalardan hisoblanadi. Bu
masalalarni ijobiy hal etish uchun biz sinfdan tashqari o`qish darslarini tashkil
etishning qulay usullarini aniqlashimiz va amaliyotga tadbiq qilishimiz zarur. Ammo
shunisi
e`tiborga
loyiqki,
R.Mallayev,
M.Qodirova,
O.Roziqov,
T.Niyozmetovlarning ilmiy ishlarida o`quvchilarda mustaqil o`qish ko`nikmalarini
shakllantirish omili bo`lgan sinfdan tashqari o`qishga ta`limning o`ziga xos shakli
emas, balki mustaqil ishlarning bir turi sifatida yondashilgan. Bunday yondashish
ta`lim tizimining bugungi taraqqiyoti talablariga javob bermaydi.
Mustaqil o`qish va uning boshlang`ich ta`limda tutgan o`rni K.Qosimova,
H.Abdullayev, Q.Abdullayeva, S.Matchonov, M.Pirnazarov, M.Mirqosimova kabi
o`zbek olimlarining, rus medodist olimlaridan M.A.Ribnikova, S.Abramovich,
A.Djaleley kabi olimlarining, so`nggi yillarda esa
pedagogika fanlari nomzodi
B.Ma`qulovaning ―Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari o`qishning mazmuni va
uni tashkil etish‖, pedagogika fanlari doktori Q.Husanoboyevaning ―Adabiy ta`lim
tizimida mustaqil fikrlash muammosi‖ [1, 69-b] ishlarida mustaqil ta`limning
adabiyot o`qitishdagi, xususan, o`qish ta`limidagi o`rni va roli o`rganiladi. Lekin
jamiyat rivojlanishi bilan bog`liq holda mustaqil o`qish uchun badiiy adabiyotlarning
yaratilayotganligi aynan boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari o`qish darslari uchun
yangi o`quv materiallarini tanlash va o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini
takomillashtirishni taqozo etadi.
Boshlang`ich sinf ona tili ta`limining mazmuni va o`quvchilar bilimiga
qo`yilgan talablarda ―Boshlang`ich ta`lim bolaning mantiqiy tafakkur qilish
salohiyatini, aqliy rivojlanishini, dunyoqarashini, kommunikativ
savodxonligini va
o`z-o`zini anglash salohiyatini… moddiy borliq go`zalliklarini his eta olishga,
go`zalik va nafosatdan zavqlana olishga, milliy urf-odatlarni o`ziga singdirishga va
ardoqlashga, ularga rioya qilishga o`rgatadi―,-deb ta`kidlanadi. [2, 47-b]
Boshlang`ich sinflarning sinfdan tashqari o`qish darslarida ham badiiy asar matni
ustida umumiy tarzda bo`lsa ham, qisqa vaqt ajratib tahlil o`tkaziladi. Badiiy asar
matni tahlilida uning tili ustida, badiiy vositalari
ustida ishlash orqali, qiziqarli
kitoblarni tavsiya qilish orqali o`quvchilarda kitob o`qishga qiziqish uyg`otiladi.
Sinfdan tashqari o`qish darslari mustaqil kitobxonni tarbiyalashda muhim o`rin
tutadi.
Boshlang`ich ta'limda sinfdan tashqari o`qish darslari samaradorligini
ta'minlovchi intеrfaol mеtodlardan foydalanish, o`qitishning noan'anaviy usullarini
qo`llash juda muhimdir. Jumladan, sinfdan tashqari o`qish darslarida
uyushtiriladigan o`yinlar ko`ngilochar mashg`ulot bo`lmasdan, ta'limiy
xaraktеrga
ega bo`lishi, o`rganilayotgan asar mavzuni ni o`zlashtirishga, asar yuzasidan ta'limiy
va tarbiyaviy xulosa chiqarishga qaratilishi lozim. Intеrfaol usullardan o`rinli,
O`quvchilarning qobiliyatlarini hisobga olgan qolda foydalanish lozim. Rixsixon
Ubayxo`jaеva ―Ilg`orpеdagogik tеxnologiyaning juda ko`p usullari mavjud bo`lib,
boshlang`ich sinf ona tili darslarida ular sеminar darslar, konfеrеntsiya darslari,
125
‖Aqliy hujum‖, ―Kichik guruhlarda ishlash‖, ―Sinkvеyn‖, ―BBB‖(Bilar edim, bilishni
xohlayman, bilib oldim), ―Dеbatlar‖, ―Tanqidiy tafakkur‖ va boshqalarni ko`rsatadi.
Bu usullardan o`quvchining yoshi, psixologik xususiyati, bilim darajasiga qarab
foydalanish samara natijalar beradi.
Sinfdan tashqari o`qish darslarida o`zbek bolalar yozuvchilari asarlarini mustaqil
o`qishlarini tashkil etishda ilg`or usullardan foydalanish bolalarda ularning ijodiga
qiziqish uyg`otadi va bola mustaqil ravish ularning boshqa asarlarini topib o`qiydi.
Masalan, Tursunboy Adashboyev ijodini sinfdan tashqari o`qish darslarida o`rganish
o`quvchilarda uning ijodiga katta qiziqish uyg`otadi.
Tursunboy Adashboyevning
―Qish‖ she`rining hajmi unchalik katta emas. Lekin u qishda hayvonlar hayotida ro`y
beradigan o`zgarishlarni bilib olishga yaqindan yordam beradi. Bu she`rni o`qishdan
oldin ham o`quvchilar bilan savol-javoblar o`tkaziladi. O`quvchilar diqqati
hayvonlarning qishdagi hayotiga qaratiladi. Masalan, qishda yovvoyi quyonlarning
rangi o`zgarib, qorda o`zini dushmandan himoya qiladigan oq rangga kirishi,
ayiqning o`siq yunglari sovuqda yashashga qo`l kelishi to`g`risida tushuncha beriladi.
She`r matni bilan tanishishdan oldin xattaxtaga ―ayoz‖, ―quyruq‖, ―so`qmoq‖,
―piyma‖, ―po`stin‖ ―pahmoq‖ so`zlari yozilib, ma`nosi izohlanadi. She`rni navbat
bilan o`quvchilarga to`rt-besh marta o`qitilganidan keyin uning mazmuni yuzasidan
savol-javob o`tkaziladi. SHe`rning to`la mazmuni uch-to`rt o`quvchilarga
gapirtiriladi, ularning fikr-mulohazalari to`ldiriladi. Mazkur mavzuni o`rganish
jarayonida maktab atrofiga sayohat uyushtirish ham mumkin. Qishda qor bosgan
dalalarni,
tomlarni, daraxtlarni, odamlarning va qushlarning qishdagi hayotini
kuzatish o`quvchilarning mustaqil fikrlashi va nutqining ifodali, sermazmun bo`lishi
uchun boy material beradi.
Sinfdan tashqari o`qish darslarida badiiy matnning lisoniy tahliliga ham
e`tiborni kuchaytirish lozim. O`qish dasturining o`quvchilar bilimiga qo`yiladigan
talablarida ularning ayrim tasvir vositalari va badiiy til elementlarini bilishlari
zarurligi qayd etilgan bo`lsa, o`quvchilarning ko`nikma va malakalariga bog`liq
talablarida ―tilning ifoda vositalarini o`rinli qo`llay olish va ularning uslubiy
imkoniyatlaridan foydalana olish‖lariga e`tibor qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: