Foydalanilgan adabiyotlar
1. Sh.M.Mirziyoyev ―Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan
quramiz ―-T.: ―O‗zbekiston―. 2017.312-bet.
2. B.Q.Haydarov. Matematika 5 (Umuniy o‘rta ta‘lim maktablarining 5-sinf
o‘quvchilari uchun darslik). Toshkent ―Yangiyo‘l poligraf servis‖ 2015. 108-bet.
3. Sh.A.Alimov, O.R. Xolmuhammedov, M.A. Mirzaahmedov. Algebra
(Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining 7- sinfi uchun darslik). Toshkent-2017. 68-bet.
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI UMUMINSONIY
QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYALASH
Shaymardanova N.
Tеrmiz davlat univеrsitеti Dеnov filiali o‟qituvchisi
Ozbekistonda zamonaviy maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida bolalarni
umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash masalasiga e‘tibor berilayotgan
bo‗lsada, bu borada o‗z yechimini kutayotgan muammolar talaygina. Tadqiqot
ishlari, ilmiy izlanishlarda ko‗proq ta‘limiy muammolar, yangicha o‗qitish
texnologiyalari mavzulari ustida bahs yuritilmoqda. Aslida, maktabgacha ta‘lim
yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash birinchi masala
darajasiga olib chiqish, maqsadga muvofiqdir. Chunki jamiyat ravnaqi uchun faqat
nazariy bilimlarga ega bo‗lgan, mexanik mashina singari vazifalarini bajaruvchi kasb
egalari emas, balki, eng avvalo chuqur his-tuyg‗uli, yuksak ma‘naviy- axloqiy
fazilatlarga ega shaxslar zarur. Maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarni mustaqil,
erkin faoliyati orqali axloqiy fazilatlarni tarkib toptirish bilangina bunday
shaxsni
shakllantirish mumkin.
Mamlakatimizda milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an‘analarimiz, axloq-odob,
madaniyatimiz qayta tiklanib, ta‘lim - maktabgacha yoshidagi bolalarning qiziqish
va qobiliyatlari mazmunining asosiga aylandi. Zero, o‗sib kelayotgan yosh avlod o‗z
milliy qadriyatlarini, axloq-odob madaniyatini o‗zlashtirishi va ularga hurmat bilan
qarashi lozim. Shundagina u o‗z yurtining haqiqiy vakili degan ulug‗ unvonga ega
bo‗ladi. O‗zbek xalqi tarixan maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy
qadriyatlar asosida tarbiyalash sohasida o‗ziga xos dorulfunun yaratgan. Bu borada
xalq pedagogikasi boy tajribaga ega. Bugungi kundagi Maktabgacha ta‘lim
yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash maqsad va
vazifalarini hal etishda uning o‗rni beqiyosdir.
Keyingi yillarda Maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy
qadriyatlar asosida tarbiyalash an‘analariga oid muammolar yuzasidan ko‗plab
tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Tarbiyachi olimlarimiz tomonidan yaratilgan bir
necha risola, qo‗llanma, ilmiy-tadqiqot ishlari bunga yaqqol misol bo‗la oladi.
R.H.Jo‗rayev,
P.Holmatov,
Sh.Sharipov,
B.Raximov,
U.Nishonaliyev,
N.Saidaxmedov, O‗.Tolipov, S.Nishonova, R.Safarovalarning tadqiqot ishlarini
keltirish mumkin. Eng avvalo maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy
qadriyatlar asosida tarbiyalashda uning mohiyatini tushunib yetish zarur.
131
Qadriyatlar o‗zining mohiyatiga ko‗ra bir necha turga bo‗linadi. Jumladan,
jamiyatda inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yo‘q joyda biron
narsaning qadr qimmati haqida so‗zlash bema‘nilikdir. Shuning uchun ham inson
qadr qimmatini e‘zozlash, uning turmushini yaxshilash, bilimi va madaniy saviyasini
rivojlantirish, sog‗lig‗ini saqlash, hayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining
asosiy yo‗nalishini tashkil etadi. Jamiyatimizda ro‗y berayotgan tub o‗zgarishlarning,
islohotlarning barchasi kishilar hayoti to‗q, boy, go‗zal bo‗lishi, inson o‗zini
chinakam erkin his etishi, o‗z mehnati natijasining, o‗z taqdirining, o‗z
mamlakatining egasi bo‗lishini ta‘minlashga qaratilgandir. Shuningdek, inson
ehtiyojlarini qondirishda tabiiy qadriyatlar katta ahamiyat kasb etadi. Tabiiy
qadriyatlarga yer va yer osti boyliklari, suv, xavo, o‗rmonlar, o‗simliklar, xayvonot
dunyosi va boshqalar kiradi.
Markaziy Osiyo, xususan, O‗zbekiston zamini xilma xil qazilmalarga boy. Yer
yuzasiga yaqin yotgan qazilmalarning aksariyati ochilgan va ular xalq xo‗jaligi, fan
va texnika tarakqiyoti uchun xizmat qilmoqda. Shu bilan birga xali ochilmagan,
ruyobga chiqmagan konlar ham ko‗p. Bu konlarning juda oz qismi bevosita yer
yuziga chiqqan bo‗lsa, aksariyati yer ichkarisida yashirinib yotibdi. Iqtisodiy
ahamiyatga ega bo‗lgan tabiiy xom ashyo uyumlari «foydali qazilmalar» O‗zbekiston
Respublikasining milliy boyligi, uning asosiy qadriyatlaridandir. O‗zbekiston behisob
tabiiy boyliklarga, qulay jug‗rofik muxitga ega. Tabiiy resurslar, ya‘ni yonilg‗i, har
xil metallar, rudalar, havo, suv, o‗simliklar, xayvonot dunyosi bo‗lmasa insoniyat
yashay olmaydi. Tabiat biz uchun moddiy ne‘matlarning bosh manbai sifatida ham,
cog‗lik, shodlik, turmushga mehr-muxabbatning va har bir kishidagi ma‘naviy
boyliklarning bitmas tuganmas omili sifatida ham o‗zining g‗oyat zo‗r ahamiyatini
hech qachon yuqotmaydi.
Ona Yer kishilar uchun moddiy ne‘matlar manbai, dastlabki mehnat
vositalarining xazinasidir, insoniyat taraqqiyotining beshigidir. Yerdan inson o‗zi
uchun zarur narsalarni undiradi. Yer insonni boqadi. Taniqli ingliz iqtisodchi olimi
Vilzm Petti aytganideq, mehnat boylikning otasi bo‗lsa, Yer uning onasidir.
Insonning kundalik hayoti va sevinchlari ham Yer tufaylidir. Shunday ekan, inson
uchun g‗oyat darajada muxim va zarur bo‗lgan hayot manbai yerni qadrlamaslik
e‘zozlamaslik mumkin emas! O‗zbekistan Konstitutsiyasining 55-moddasida yozib
qo‗yilgan: «Yer, yer osti boyliklari, suv, o‗simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa
tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular
davlat muxofazasidadir»
Maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida
tarbiyalashda ularga birinchi navbatda inson mehnati, xatti-harakati, aql zakovati
bilan yaratilgan «ikkinchi tabiat», ya‘ni turli tuman moddiy boyliklar, zavod va
fabrikalar, ishlab chiqarish kuchlari, transport vositalari, asbob-uskunalar, turar joy,
mol-mulk, noz-ne‘mat va shu qabilar moddiy qadriyatlar ekanligini tushuntirish
lozim.
Mustaqil O‗zbekistonimizni kelajak istiqbolini belgilab berish, uni dunyo
hamjamiyatdagi o‗rni va nufuzini yuksaltirish so‗zsiz bugungi kun yosh avlodga
bog‗liq. Ma‘naviy barkamol yoshlarni tarbiyalash bu yuksak orzular sari bir qadam
desak mubolag‗a bo‗lmaydi. Shunday ekan, katta guruh tarbiyalanuvchilarida
132
umuminsoniy qadriyatlarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Chunki
umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish jarayonida Vatan va uning tarixi, millat
qadr-qimmati, boy o‗tmish madaniy merosimiz, odob –axloq masalalari,
xalqimizning milliy urf-odatlari, buyuk allomalar va ularning boy adabiy meroslari
keng miqiyosida o‗rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |