291
hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi «Maktabgacha ta‘lim tizimi
boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5198-son
Farmoni qabul qilindi. Mazkur farmonda maktabgacha ta‘lim tizimining tuzilishi,
uning asosiy vazifalari, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, malakali tarbiyachi-
pedagoglarni tayyorlash kabi masalalar o‘z aksini topgan.
Bizga ma‘lumki, maktabgacha ta‘lim tashkilotlarining asosiy vazifasi etib
bolalarni jismoniy, intellektual, ma‘naviy jihatdan milliy tarixiy-ma‘daniy qadriyatlar
asosida sog‘lom qilib tarbiyalash belgilangan. Mazkur vazifani samarali amalga
oshirish albatta, bilimli, malakali va kasbiy kompetentsiyalarga ega bo‘lgan
tarbiyachi-pedagoglarga bevosita bog‘liqdir. Buning uchun esa tarbiyachi-pedagoglar
zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlarni hisobga
olgan holda bolalarni
tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini professional darajada hal
etishga doir nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishlari talab etiladi.
Dunyo ta‘limida mutaxassisning kompetentligi, uning bilimi, faoliyati va
ijodkorligiga nisbatan ―kompetentsiyaviy‖ yondashuv dolzarb muammo sifatida
belgilanmoqda.
Shu sababdan, bolalarni intellektual jihatdan rivojlantirishda
tarbiyachi-pedagoglarning kasbiy kompetentligi masalasi muhim ahamiyat kasb
etadi.
Kompetentsiya – shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy ahamiyatga ega, produktiv
faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan o‘zaro aloqador shaxsiy sifatlar
yig‘indisi hisoblanadi [3, 54 b.].
Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida tashkil etiladigan ta‘lim-tarbiya jarayonlarida
tarbiyachi-pedagog va mutaxassislarni kasbiy tayyorgarligini
rivojlantirishni
samarali tashkil etishda quyidagi jihatlarga e‘tibor qaratish zarur sanaladi [4, 42 b.]:
-maktabgacha ta‘lim jarayonlarida mashg‘ulotlarni samarali olib borishda
tarbiyachi-pedagog va xodimlarning kasbiy tayyorgarligi, bilimi va malakasi hamda
qiziqishi, faollik va integrativ yondashuvning yetarli shakllantirishga e‘tiborni
qaratishi;
- tarbiyachi-pedagogda shaxslararo munosabatlar jarayonida kasbiy bilim,
ko‘nikma
va
malakanini
rivojlanishiga
ta‘sir
ko‘rsatuvchi
integrativ
munosabatlarning shakllanganligi;
- maktabgacha ta‘lim jarayonlarining uzviyligi va integrativ yondashilganligi ;
- maktabgacha ta‘lim jarayonlarida shaxsga yo‘naltirilgan ta‘limning o‘ziga xos
ahamiyati va
zaruriyati anglanganligi;
Ma‘lumki, tarbiyachi-pedagogning bilim darajasi, kasbiy tayyorgarligi va uning
kompetentligi maktabgacha yoshdagi bolaga singdirilgan bilimi va hosil bo‘lgan
ko‘nikma va malakalarining kelgusidagi hayotini belgilashda va kelajakda yetuk,
barkamol shaxs bo‘lib yetishishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Buning uchun maktabgacha yoshdagi bolalarni ta‘lim-tarbiyasiga samarali
metod va usullarni qo‘llash yuqori natijaga olib keladi.
Har bir metod ma‘lum ta‘limiy vazifani muvaffaqiyatli hal etishi, qolganlari
esa ayni holat uchun birmuncha samarasiz bo‘lishi ham mumkin. Universal ta‘lim
metodlari mavjud bo‘lmagani bois mashg‘ulotlarda turli ta‘lim metodlaridan yoki
ularning majmuasidan foydalanish mumkin bo‘ladi.
292
Ta‘lim metodlarini mashg‘ulotlar jarayonida
tadbiq etishda quyidagi
mezonlar asos bo‘lib xizmat qiladi.
-didaktik maqsadga ko‘ra;
-ta‘lim mazmuniga ko‘ra;
-bolalarning ko‘nikmalarni egallash va rivojlanish darajasiga ko‘ra;
-tarbiyachining tajribasi va kasbiy tayyorgarlik darajasiga ko‘ra.
Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida tashkil etilgan mashg‘ulotlar yoki
to‘garaklarda qo‘llanilayotgan ta‘lim metodlari majmuasi kichik guruhdan o‘rta
guruhga, undan yuqori va maktabga tayyorlov guruhlariga o‘tish asnosida ham
o‘zgarib, murakkab tus olib boradi. Ushbu jarayonda samarali metodlardan ko‘proq
foydalanilsa, shuncha yuqori natijaga erishiladi.
Tadqiqotlar
tahlili
natijalari
shuni
ko‘rsatadiki,
bola
tomonidan
o‘zlashtirilayotgan bilimlarning 85 foizi ko‘rish retseptorlari yordamida amalga
oshiriladi. Shu ma‘noda, ta‘limning ko‘rgazmali metodlari o‘rganilayotgan ob‘ektni
har tomonlama ochib berishda qo‘l keladi va ayni chog‘da, predmetning tashqi
ko‘rinishi, ichki tuzilishi haqida to‘laqonli ma‘lumot olish nazarda tutilgan holda
ulardan maktabgacha ta‘lim muassasalari o‘qitish tizimida keng foydalaniladi. Tabiiy
ob‘ektlarni namoyish qilishda, odatda uning tashqi ko‘rinishi (shakli, hajmi, miqdori,
rangi, qismlari, ularning o‘zaro munosabatlari)ga e‘tibor
qaratiladi, so‘ngra ichki
tuzilishi yoki alohida xususiyatlarini o‘rganishga o‘tiladi. Ko‘rsatish ko‘p holatlarda
o‘rganilayotgan ob‘ektlarning o‘zi yoki rasmi yoxud chizmasi yordamida kuzatiladi.
Tajribalar namoyishi esa chizib ko‘rsatish yoki tarbiyachining maxsus jihozlar
yordamida namoyish etishi hisobiga amalga oshadi.
Zamonaviy o‘quv adabiyotlarida kasbiy kompetentlikning yaqqol namoyon
bo‘lishini quyidagicha talqin etiladi :
Murakkab jarayonlarda;
Noan‘anaviy vazifalarni bajarishda;
Bir biriga zid ma‘lumotlardan foydalanganda;
Kutilmagan vaziyatda harakat rejasiga ega bo‘lishda;
Shuningdek zamonaviy ta‘lim tashkilotlarining tarbiyachi-pedagoglarida
quyidagicha kasbiy kompetentsiyasi shakllangan bo‘lishi lozim:
O‘z bilimlarini izchil boyitib borish ;
Yangi axborotlarni o‘zlashtirib borishga erishish ;
Davr talablarini chuqur
anglay olishi;
Yangi bilimlarni izlab topa olishi;
Ularni qayta ishlab va o‘z amaliy faoliyatida samarali qo‘llay olishi va boshq.
Xullas, tarbiyalanuvchining hartomonlama rivojlanishida uning o‘ziga xos
individual-psixologik xususiyatlarini inobatga olish tarbiyachi-pedagogdan yuqori
bilim va pedagogik mahorat talab etiladi. Buning uchun, har bir tarbiyachi-pedagog
o‘z ustida ishlashi, o‘z-o‘zini rivojlantirishi orqali kasbiy kompetentsiyalarga ega
bo‘lib borishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: