Литература:
1. Об образовании: Закон Республики Узбекистан от 29 августа 1997 г.
№464-I //Сайт «Образование в Республике Узбекистан»
www.edu.uz/uploads/edu.doc
. – 1997.
2. Национальная программа по подготовке кадров //Сайт Министерства
народного образования Республики Узбекистан
http://edu.fan.uz/modules.php?name=Pages&pa=showpage&pid=4&page=5
3. Собрание законодательства Республики Узбекистан, N 15-16, 2001.
4.
Национальный
отчет
Узбекистана,
2002г.
//Национальный
Наблюдательный Центр Узбекистана.
http://www.oim.ru/reader.asp?whichpage=2&mytip=1&word=&pagesize=15&
Nomer=276. –2007.
“ODOBNOMA” DARSLARI ORQALI KICHIK YOSHDAGI
O`QUVCHILARNI OILA ODOBIGA O`RGATISH
Axatova D.A. - Navoiy davlat pedagogika instituti
“Umumiy pedagogika va psixologiya” kafedrasi dotsenti, p.f.n.
Axatova X.A.- Navoiy davlat pedagogika instituti
“Umumiy pedagogika va psixologiya” kafedrasi o`qituvchisi
Bizda yosh avlod tarbiyasi, uning odob-axloqi, ma‘naviyati, aqliy kamoloti,
unda komil insonga xos barcha sifatlarning shakllantirilishi ta‘lim-tarbiya tizimimiz
oldidagi eng dolzarb masala bo‘lib kelgan va hozirda ham shunday.
Buni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning: ―Hukumatning, tegishli vazirlik va
idoralar hamda butun ta‘lim tizimining, hurmatli domlalarimiz va professor-
o‘qituvchilarning eng muhim vazifasi - yosh avlodga puxta ta‘lim berish, ularni
jismoniy va ma‘naviy yetuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir‖
48
, degan fikrlarida
ham ko`rishimiz mumkin.
48
Мирзиѐев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини бир галикда барпо этамиз. Тошкент - «Ўзбекистон»
- 2016й, 12 б.
248
Boshlang‘ich sinf o`qiuvchilarini yetuk insonlar qilib yetishtirish, ularda milliy
o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, o‘z vatani uchun iftixor tuyg‘usini kamol
toptirishda hamda oila odobiga o`rgatishda odobnoma darslari muhim o`rin tutadi.
Chunki odobnoma darslari o‘quvchilarning bilim ko‘nikma va malakalarini
shakllantiribgina qolmay, balki ularning umummadaniy, umuminsoniy milliy va
umumbashariy
qadriyatlarga
asoslangan
insonparvarlik
g‘oyasi
asosida
o‘quvchilarga atrof-muhitga bo‘lgan munosabatni rivojlantiradi.
Bolalar shuurida eng yaxshi axloqiy fazilatlarni shakllantirish, ularni oila
odobiga o`rgatish ularning juda yoshligidan boshlanadi.
Odobnoma fani ilmiy, milliy va umumbashariy qadriyatlar mazmun-
mohiyatini bilishga, boy merosimizni o`rganib, unga nisbatan vorislik hissini
uyg`otishga, ajdodlarimizning ibratli o`git va ta‘limotlariga amal qilishga,
islom dinidagi ma‘naviy axloqiy tushunchalarning mohiyatini to`g`ri
tushunishga, mustaqillikni ko`rkam istiqbol istiqloliga ko`makdosh bo`lishga
chorlaydi.
Odobnoma fanining maqsadi ham o`zbek xalqining milliy urf-odat, an‘ana
va qadriyatlarini amalda qo`llash malakalarini shakllantirish
49
ni nazrda tutadi.
Odob - (arab, adab so‘zining ko‘pligi jamiyatda e‘tirof etilgan xulq normasi).
Shaxsning ma‘naviy hayotini ifodalaydi va o‘zgalar bilan munosabat (oila, mahalla,
mehnat jamoasi turli marosimlar) da namoyon bo‘ladi. Odob negizida axloqning
ba‘zi tamoyil va me‘yorlari shuningdek maqsadga muvofiqlik go‘zallik talablari
yotadi. Ta‘lim tarbiyaning azaliy va dolzarb vazifalaridan biri mavhum, qiyofasiz
odamni emas, balki hayotga kerak odamni shakllantirishdan iboratdir.
Odobli faoliyat - o‘zini tan-sihatligi, bilim olishga qayg‘urishi, to‘g‘rilik, poklik,
xushmuomalalik, fidoiylik kattalarni hurmatlash, kichiklarga g‘amxo‘rlik va
boshqalar. Odob va odoblilikning dastlabki kurtaklari oilada shakllanadi.
Oiladan boshlab bolalarni odobli qilib tarbiyalash hozirgi davrning eng dolzarb
masalalaridan biri hisoblanadi. Odob bolalikdan shakllanadi va bola ulg‘ayishi bilan
odob darajasi kengayib boradi. Odob kishi faoliyatini belgilovchi jarayon bo‘lib, uni
barcha xatolardan saqlaydi. Natijada uning xulqiy go‘zalligi ortadi.
Islom dinida belgilangan odob mezonlari umuminsoniy odob mezonlari bilan
chambarchas bog‘liqdir. Chunonchi, «Qur‘oni Karim»ning har bir oyatda kishining
kundalik hayotida odob mezonlariga og‘ishmay amal qilishini ko‘rsatadi. Hadisi
sharifda ―farzandga ota-ona qoldirgan eng qimmatbaho kiyim- bu odobidir‖ deyiladi.
Farzandlarni odobga o‘rgatish ota-ona uchun ham farz ham qarzdir.
Oilalarda odoblilikni tarbiyalashda quyidagi nuqsonlar ko`zga tashlanadi:
Ota-onalar bolalarni odobga o‘rgatishga o‘zlari ko‘rgan va bilganlari hamda
tajribalariga suyanishlari;
Ota-onalar «odob» va «odoblilik» tushunchalar zamiridagi sifatlarni tavsiflab
bera olmasliklari.
Oilada talabchanlikni ta‘siri kuchini bir yoqlamaligi.
Oilada bolalarni odoblilikka o‘rgatishga oid adabiyotlarni o`qimasligi.
49
O.Hasanboyeva va boshqalar. Odobnoma o‘qitish metodikasi. T., ―Bilim‖,2003y, 7 –bet.
249
Odoblilik tarbiyasi muammosi ilmiy adabiy, badiiy, pedagogik qarashlarda
inson kamolotini asosiy sifatida turli yo‘nalishlarda o‘rganib asoslab berilgan:
1. Xalq og‘zaki ijodiyotida (odoblilikni mazmuni maqol, naql va hikmatli
so‘zlarda o‘z aksini topgan).
2. Yozma pandnomalarda («Odobnoma», «Qobusnoma», «Boburnoma»,
«Guliston», «Kalila va Dimna», «Axloqiy Muhsiniy», «Zubdatul hikoyat» (Xikoyalar
sarasi), «Baloye‘-ul vaqoye» (Go‘zal voqealar) va boshqalarda).
3. O‘zbek olimlarining darslik-qo`llanma va asarlarida (O.To‘rayev,
T.Qurbonov, O.Xasanboyeva yaratgan «Odobnoma darsliklari». S.Ochilning «Inson
odobi», S.Mirzahmedovning «Odob oltindan qimmat», ―Donishmandlar odob axloq
to‘g‘risida‖ va boshqalar) ota-ona oilada beriladigan odoblilik tushunchalarini
mazmunini belgilab berilgan.
Oilada ota-onalarni bolalarni odoblilikka tarbiyalashda oiladagi yuksak
ma‘naviy munosabatlar nazariy jihatdan asoslandi. Oilada bolalarni odoblilik
tarbiyasida ota-onaning shaxsiy namunasi va obro‘- e‘tibori muhim vosita sifatida
xizmat qiladi. Ota-ona odobli farzand ota-ona va jamiyat ko‘rki ekanligini tushunib
yetishlari lozim. Bolaga oilada yaxshi tarbiya berish bola xayotining dastlabki
vaqtlaridan boshlaboq, ota-ona oldida turgan asosiy maqsad va vazifadir, ya‘ni ota-
onaning shaxsiy ishigina bo‘lib qolmasdan balki, ularning ijtimoiy burchi hamdir.
Ma‘lumki shaxsning qadriyati uning jamyatdagi tutgan o‘rni bilan belgilanib, ko‘p
jihatdan uning tarbiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli tabiyki, ota-ona o‘z
bolalarining tarbiyachisi hisoblanadi.
Rizouddin ibn Fahriddining «Oila» nomli risolasida «Bola tarbiyasi yomon niyat
va qo‘pollik bilan emas, balki sabr-toqat matonat, mehribonlik, chidamlik, shafqatu-
sezgirlik bilan bo‘lishi kerak», kabi fikrlar yozib qoldirilgan.
Abu Ali ibn Sino oilaviy tarbiya to‘g‘risida shunday fikralr bildirgan. «Bolaning
xulqini mo‘tadillikda saqlashga alohida e‘tibor berish kerak, unga esa bolani
qattiqullik va qattiq g‘azablanishdan, qo‘rqish, xafalik va uyqusizlikdan saqlash
orqali erishildi. Oilada bolaning ko‘z o‘ngida ota-onasi o‘z obro‘siga ega bo‘lsalar,
tarbiya shunchalik samarali natijalar beradi‖.
Xalq og`zaki ijodi asarlari badiiy jihatdan yuksak takomilga ega ekanligi, yosh
bolalarning oson tushunishiga, idrok etishiga qulayligi tufayli xalq pedagogikasining
eng muhim, ko`p qamrovli va tarbiyaviy ta`siri g`oyat kuchli tarmog`i hisoblanadi.
Odobnoma darslarida xalq maqollari va topishmoqlardan o`rinli foydalanilsa,
ta`lim-tarbiyamiz yanada samaraliroq bo`ladi.
Odobnomadagi deyarli barcha mavzular, jumladan, 3-4-sinfdagi ―Inson
go‘zalligi axloq-odob bilan‖, ―Muomala-munosabat odobi‖, ―Mehnatdan kelsa
boylik, turmush bo`lar chiroylik‖, ―Ozodalik odobi‖ kabi bo`lim va mavzular
bolalarni oila odobiga o`rgatishni ko`zda tutadi. .
Xulosa qilib aytganda, bolalarni oila odobiga o‘rgatish uning keyingi hayoti va
faoliyati uchun asos bo‘ladi. ―Odobnoma‖ darslaridagi oila odobiga o`rgativchi
materiallardan foydalanish o‘quvchilarda kamtarlik, ota-onaga, kattalarga, ustozlarga
hurmat, do‘stlik, saxiylik, halollik, poklik va rostgo‘ylik kabi axloqiy fazilatlarning
shakllanishiga yordam beradi. Bolalar by darslar orqali saronjom-sarishtalik
qoidalariga o`rganib boradilar. Bunday qoidalarga rioya etgan, ozodalkka e‘tibor
250
bergan xonadonlar orasta, toza, xonadon sohiblarining tumushi zavqli o‘tadi.
Ayniqsa, hozirgi kunda tozalikka, sog`lom turmush tarziga rioya qilishning
ahamiyati yanada oshib borayotgan davrda oila odobiga o`rgatishning ahamiyati
yanada ortib bormoqda.
Bolalar odobnoma darslarida o‘zbekona urf-odatlarni o‘rganish orqali
xalqimizning o‘tmish tarixi bilan ham tanishib boradi va o‘tmish ajdodlarga
munosib vosris bo‘lishga harakat qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |