3
Kirish
Bosh miyaning rivojlanishi va yoshga qarab o’zgarishi
Bosh miya (encephalon) miya qutisi ichida joylashgan bo’lib, sut
emizuvchi hayvonlarda, ayniqsa, odamda yaxshi rivojlangan. U bosh miya
qutisining 91 – 93% ni egallab turadi. Bosh miyaning individual vazni tananing
vazniga bog’liq bo’lib, 960 – 2000 g gacha bo’ladi. Shuni aytish kerakki, bosh
miyaning hajmi aqlni ifodalamaydi. Odamning aqli bosh miya po’stlog’i
hujayralarining fiziologik xususiyatlariga, kimyoviy tarkibiga va mashq qilish –
qilmasligiga bog’liq. Masalan, A. Frans degan yozuvchi bosh miyasining vazni
1017 g, tarixda Turgenyevniki 2012 g, Bayronniki 2238 g, Shillerniki 1875 g
bo’lgan.
Bosh miya hayvonot olamining taraqqiyoti davomida rivojlanib borgan.
Bosh miya bo’laklarining rivojlanishi va vaznining ortishi turli hayvonlarda
turlicha bo’ladi. Masalan, baliqlarda va qushlarda bosh miyaning miyacha qismi
yaxshi rivojlangan. Sut emizuvchi hayvonlarda bosh miya yarim sharlari yaxshi
rivojlangan bo’lib, miya sopini o’rab oladi. Evolyutsion rivojlanishda markaziy
nerv sistemasiningayrim qismlari tabaqalanib boradi. Buuu bo’linish
hayvonlarning hayot sharoitiga qarab turli xil bo’ladi. Yuksak darajada tuzilgan
maymunlarda va odamda bosh miyaning katta yarim sharlar bo’lagi juda
rivojlangan bo’lib, bosh miya vaznining 80% ni tashkil etadi.
Bosh miya embrionning rivojlanishida dastlab miya kanalining oldida
dastlabki uchta pufakcha hosil qiladi:
Oldingi
O’rta
Rombsimon.
4
Embrion 3 haftaligida birinchi va uchinchi pufakchalar 2ga bo’linadi,
natijada pufakchalar soni 5ta bo’ladi. Bu beshta pufakchadan bosh miyaning
beshta qismi rivojlanadi. Birinchi pufakcha oldingi miya deyilib, bundan bosh
miya katta yarim sharlari rivojlanadi. Ichidagi bo’shliq yon qorinchalarga
aylanadi. Ikkinchi pufakcha oraliq miya deyilib, bundan ko’rish bo’rtiqlari,
bo’rtiq osti qism rivojlanadi. Ichidagi bo’shliq 3 – qorinchaga aylanadi. Uchinchi
pufakchadan o’rta miya rivojlanadi. Ichidagi bo’shliq Silviyev kanaliga aylanadi.
To’rtinchi pufakchadan keyingi (orqa) miya rivojlanadi. Beshinchi pufakchadan
uzunchoq miya rivojlanadi. 4-5 – pufakchalar bo’shlig’i 4 – qorinchaga aylanadi.
Embrion 5 oyligida bosh miya katta yarim sharlarida egatchalar –
chuqurchalar hosil bo’la boshlaydi. 6 oylikda yarim sharlar bosh miya sopini
o’rab turadi.
Yangi tug’ilgan bolada barcha nerv hujayralari bo’ladi. Lekin ular mayda,
anotomik – fiziologik jihatdan rivojlanmagan bo’ladi. Neyronlar o’sib,
yiriklashib, o’simtalarini, shaklini o’zgartirib boradi. Nerv tolalari mielinlashib
boradi, ko’rish, muvozanat va eshitish analizatorlarining mielinlanishi ona
qornida boshlanib, bola tug’ilganidan so’ng birinchi oylarda tugaydi. Bolaning
hayoti davomida bosh miya hujayralari ajralib, alohida nerv markazlari
shakllanib, rivojlana boradi. Yangi tug’ilgan bola bosh miyasining vazni o’rta
hisobda 350 – 390 g bo’ladi. U bir oylik bo’lganda 450 g, bir yoshida 700 – 800
g , 7 yoshida o’g’il bolalarda 1260 g, qizlarda 1190 g bo’ladi.
Bosh miyaning vazni 20 – 30 yoshda eng katta bo’lib, so’ng asta – sekin
kamaya boradi.