Bo’rtiq osti qismi (hypothalamus ) oraliq miyaning bir qismi bo’lib, bosh
miyaning asosida yaxshi ko’rinadi. Bu qismning orqa qismi ikkita so’rg’ichsimon
tanani tashkil qiladi, bu yerda oxirgi miyaning hid bilish nervi tugaydi.
So’rg’ichsimon tana hujayralarining tolasi so’rg’ichsimon talamik yo’l hosil qilib,
bu yerdan hidlash yo’li ko’rish bo’rtiqchalarigacha boradi. So’rg’ichsimon
tananing oldingi tomonida kulrang tepacha joylashgan bo’lib, u bir oz torayib,
voronkaga aylanadi. Voronkada gipofiz bezi osilib turadi. Kulrang tepacha
vegetativ markaz bo’lib, uning oldida ko’rish nervlarining II jufti kesishib,
ko’rish yo’liga aylanadi. Bo’rtiq usti qism hid bilish impulslari bilan kam
bog’langan, u epifiz bilan bo’g’langan o’tkazuvchi yo’llardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |