Borliq va rivojlanish falsafasi



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/36
Sana07.12.2022
Hajmi0,59 Mb.
#880462
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36
Bog'liq
2.BORLIQ VA RIVOJLANISH FALSAFASI

Individual ong borlig‘i.
Inson ongini ilmiy tushunish yo‘lidagi birinchi 
qadam odamzot ongi uning miyasi va fiziologiyasi bilan uzviy bog‘liq bo‘lsa-da, 
lekin ular umuman jonsiz yoki jonli tabiat bilan mutlaqo bog‘lanmaydigan alohida 
narsa sifatida mavjud ekanligini tan olish bilan bog‘liqdir.
Individual ong inson miyasining obyektiv borliqni ideal obrazlarda aks 
ettirish va bu obrazlardan fikrlash jarayonida foydalanish qobiliyati sifatida amal 
qiladi. Uni bevosita kuzatish mumkin emas. Ong faqat inson miyasi ishining natijasi, 
uning xossasi sifatida, shuningdek ong namoyon bo‘lishining fikrlar, g‘oyalar, 
e’tiqodlar, qadriyatlar, mo‘ljallar va shu kabilar tarzida ifodalangan turli shakllari 
orqali tadqiq etilishi mumkin.
Individual ong borlig‘ini odatdagi makon va vaqt koordinatalarida tavsiflash 
mumkin emas. U nafaqat doim «shu yerda va hozir» mavjud bo‘ladi, balki go‘yoki 
makondan tashqarida yotadi, chunki biron-bir hajm yoki miqdoriy o‘lchanadigan 
chiziqli ko‘rsatkichlar bilan ifodalanishi mumkin emas. Vaqtda u (dalil sifatida, 
hodisa sifatida), har qanday narsaning borlig‘i kabi, faqat hozirgi zamonda mavjud 
bo‘ladi, zero u o‘tmishda yo‘q bo‘lgan, kelajakda esa hali mavjud emas. Biroq, 
moddiy narsalar borlig‘idan farqli o‘laroq, ong bir qancha o‘ziga xos xususiyatlar, 
chunonchi: vaqt shkalasi bo‘ylab o‘tmishga ham, kelajakka ham bir lahzada 
ko‘chish, ilgari mavjud bo‘lgan narsalar, yuz bergan voqyealarni xayolda aks 
ettirish, paydo bo‘lishi, yuz berishi mumkin bo‘lgan narsalar va voqyealarni 
tasavvurda gavdalantirish qobiliyatiga egadir. Ammo o‘tmish yoki kelajakning ideal 
obrazlari hisoblangan ongni uning haqiqiy borlig‘ida o‘z ekranida tasvirlarni 
almashtiruvchi aylanuvchan kaleydoskop bilangina taqqoslash mumkin.
Ayrim kishilar borlig‘i haqida so‘z yuritganda, shuni ta’kidlash lozimki, u 
barcha jonli organizmlarda bo‘lganidek funksionalgina emas, balki o‘z shakllanish 
jarayonida muayyan bosqichlardan o‘tadi, bunda tana bilan bir qatorda ruh ham 
rivojlanadi. Garchi bu ikki jarayon dialektik jihatdan o‘zaro bog‘liq bo‘lsa-da, 
ulardan har birining rivojlanishi o‘z yo‘lidan boradi va asosan turli qonunlarga 
bo‘ysunadi. Ayrim kishilar bir-biriga o‘xshamasligi va ularning cheksiz darajada 
rang-barangligi shu hol bilan belgilanadi. Ular o‘z shakllanish jarayonining ayni bir 
bosqichlari - inson, individ, shaxsni har biri o‘zicha bosib o‘tadi.
Shaxs – insonning uni qurshagan boshqa odamlar tomonidan qanday idrok 
etilishi, tavsiflanishi va baholanishini aks ettiruvchi ijtimoiy hodisa. Shaxs faqat 
jamiyatda, o‘ziga o‘xshash odamlar bilan muloqot qilish, o‘tgan avlodlar to‘plagan 
tajriba va bilimlarni, o‘ziga qadar yaratilgan qadriyatlar va xulq-atvor qoidalarini 
o‘zlashtirish orqali shakllanishi mumkin. Shuning uchun ham shaxs bo‘lish – 


ijtimoiy «qiyofa»ga ega bo‘lish demakdir. Bularning barchasi ijtimoiy borliqning 
turli holatlari va jarayonlarini tavsiflaydi. Ularni to‘la yoritish ijtimoiy falsafa 
muammolarining butun majmuini tahlil qilishni taqozo etadi.

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish