muhim ahamiyat kasb etmoqda”2.2 Darhaqiqat, bu fikrlarni bugungi kun nasriga, undagi qahramon masalasiga muqoyasa qilsak masala mohiyati yanada tiniqlashadi. Tanlangan mavzu yuzasidan u yoki bu darajada ixcham tadqiqotlar, talqin va tahlillar olib borilgan bo’lsa-da, badiiy asar to’laligicha g’oyaviy va badiiy jihatdan tahlil qilingan emas. Tanlangan mavzu yuzasidan adabiy tanqidchi Rahimjon Rahmatov, filologiya fanlari doktori Dilmurod Quronov, Ahmadjon Meliboyev, Umarali Normatov kabilar katta - kichik tadqiqotlarida masalaga ayrim murojaatlar qilinganini uchratish mumkin. Shu asnoda biz mazkur o’rganilgan ishlarga tayanib, yangicha ilmiy tafakkur negizida tadqiq qilishga harakat qildik.
Do'stlaringiz bilan baham: |