Tadqiqotning metodologik asosi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqilgan “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”dagi ko’rsatmalar, O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning milliy madaniyatni rivojlantirish, milliy mafkura ma’naviy qadriyatlarga doir qarashlari borasidagi asarlari, adabiyotshunos olimlarning tadqiqotlari muhim manba bo’lib xizmat qiladi.
Tadqiqotning joriylanishi. Bitiruv-malakaviy ish oliy o’quv yurtida bajarildi. Unda hozirgi o’zbek nasri borasida olib borilgan istiqbolli rejalar dasturi doirasida amalga oshirildi. Tadqiqot ishidan oliy o’quv yurti talabalari – kurs ishi, referat, mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishda manba sifatida foydalanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |