176
- statistik ko’rsatkichlar (dispersiya, variatsiya va boshqalar);
- sezgirlik usuli (bitta risk omili o’zgarishining loyiha samaradorligi
mezonlarining o’zgarishiga bog’liqligini tadqiq qilish);
- kritik nuqtalarni aniqlash usuli;
- ssenariylar usuli;
- Monte-Karlo usuli;
- diskontlash stavkasini o’zgartirish usuli va boshqalar.
Odatda, risk tahlili quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
- birinchi bosqichda muayyan turdagi riskning ko’payishi yoki kamayishiga
ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar
aniqlanadi;
- ikkinchi bosqichda aniqlangan omillar tahlili o’tkaziladi;
- uchinchi bosqichda quyidagi ikki usul (yondashuv) asosida moliyaviy nuqtai
nazardan aniq ko’rinishdagi risk tahlili olib boriladi:
a) loyihaning moliyaviy ahvoli (likvidligi)ni aniqlash;
b) investitsiya loyihasida ishtirok etishning iqtisodiy jihatdan maqsadga
muvofiqligini (moliyaviy mablag’lar qo’yilmasining samaradorligini) aniqlash;
- to’rtinchi bosqichda riskning tanlangan darajasi bo’yicha
alohida
operatsiyalar tahlili o’tkaziladi;
- beshinchi bosqichda risk oqibatida kutilishi mumkin bo’lgan yo’qotishlar
hajmi aniqlanadi;
- oltinchi - so’ngi bosqichda, ko’rib chiqilayotgan loyihada qatnashish bo’yicha
ijobiy qaror qabul qilingan hollarda riskni yo’qotish yoki pasaytirish bo’yicha
kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Odatda, bunday vaqtlarda turli xil
yo’qotishlarga tayyor turish uchun oldindan xavfsizlik zahirasi tashkil etilishini ham
ko’rib chiqish mumkin.
Loyiha risklarini aniqlash,
tadqiq qilish, baholash va pasaytirish tadbirlarida
risklarni boshqarish tizimi qonuniyati sifatida quyidagi masalalarga e’tibor qaratiladi:
loyiha risklarining tasnifi; loyiha risklarini
aniqlash va baholash usullari; loyiha
risklarini boshqarishning axborot ta’minoti; risklarning monitoringi va istiqbolini
belgilash;
risklarning oldini olish; risklarni kamaytirish texnologiyalari; risklarni
177
boshqarishni
tashkil etish; risklarni taqsimlash; risklarni sug’urtalash; risklarni
boshqarish xarajatlarining optimal darajasini asoslash
va samaradorlikni baholash;
risklarni moliyalashtirish; natijalarni o’rganish va monitoring olib borish; monitoring
ma’lumotlari asosida risklarni boshqarishda qo’shimcha chora-tadbirlarni qabul
qilish.
Investitsiya loyihasida uchraydigan risklarni boshqarish yoki sug’urtalash yo’li
bilan ular tufayli ro’y beradigan yo’qotishlarni kamaytirish yoki bartaraf etish
mumkin. Bunda qaysi usulning tanlanilishi loyihani amalga oshiruvchilarning o’zaro
kelushuviga bog’liqdir.
Risklar tahlili salohiyatli hamkorlarga investitsion loyihada ishtirok etishning
maqsadga muvofiqligi to’g’risida qarorlar qabul qilish
hamda kutilishi mumkin
bo’lgan moliyaviy yo’qotishlardan himoyalanish bo’yicha zarur ma’lumotlarni
beradi. Loyiha samaradorligini baholashda risk va noaniqlik omillarini hisobga
olishda loyihani amalga oshirish shart-sharoitlari bo’yicha barcha mavjud
ma’lumotlardan foydalaniladi.
Risklarni tahlil qilishning asosiy usullaridan biri
Do'stlaringiz bilan baham: