Book · January 017 citations reads 5,818 authors



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/165
Sana25.01.2022
Hajmi3,27 Mb.
#409247
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   165
Bog'liq
Etiket

 
 
Siz – rahbar sifatida 
Rahbar  shaxs
  –  jamiyat,  davlat,  tashkilotda  doimiy  va  hal  qiluvchi  ta’sirga 
ega  bo‘lgan  shaxs.  Rahbar  ishning  ko‘zini  biladigan,  jamoa,  soha  manfaatlarini 
ko‘zlab faoliyat yuritadigan boshqaruv xodimidir. 
Rahbarlik aql-farosat, kuch-g‘ayrat, izlanish  va topqirlikni, o‘z ustida tinmay 
ishlash,  tadbirkorlikni  talab  qiladi.  “Rahbar”  tushunchasining  quyidagi  jihatlari 
ahamiyatlidir:  
1.  Rahbar–ijtimoiy  shaxs  sifatida  ishlab  chiqaruvchi  kuchlar  va  ishlab 
chiqarish  resurslarini  birlashtirib,  uning  asosiy  harakatlantiruvchi  kuchini 
boshqaruvchi shaxs. 
2.  Rahbar  har  qanday  ishni  amalga  oshirish  uchun,  avvalo,  mustaqil  qaror 
qabul  qiladi.  Bu  qaror  rahbarning  tadbirkorlik,  ishbilarmonlik  faoliyati 
maqsadlarini belgilaydi.  
3.  Rahbar  mehnati,  ayni  vaqtda,  tadbirkorlikka  asoslangan  mashaqqatli 
faoliyatdir.  Unga  sarflangan  kuch,  mablag‘  ba’zan  vaqtincha  foyda  emas,  zarar 
keltirishi, muassasa foyda o‘rniga zarar ham ko‘rishi mumkin. U bunday holatlarni 
oldindan  ko‘ra  olishi  va  ularga  tayyor  turishi,  zarur  bo‘lganda,  faoliyatini  qayta 
boshlashi, o‘zida bunga kuch-g‘ayrat topa bilishi lozim.  
Yuqorida  keltirilgan  jihatlar  rahbarlik  faoliyatining  ma’lum  aspektlarini 
namoyon  etadi.  Masalaning  ikkinchi  tomoni  –  rahbarlik  faoliyati  bilan  
shug‘ullanuvchining  shaxsi  bilan    bog‘liq  yuksak  insoniy  fazilatlardan  iborat. 
Rahbar  halol-pok,  vijdonli,  iymonli,  qattiqqo‘l,  diyonatli,  mehr-shafqatli  bo‘lishi 


89 
 
kerak. Rahbarlikka egri yo‘l, egri qo‘l, egri maqsad bilan  erishib bo‘lmaydi. Fe’l-
atvorida egrilik bor kishi rahbarlik lavozimida uzoq faoliyat yuritolmaydi. 
Rahbar  mustaqil  bo‘lishi,  ijtimoiy  faoliyatning  qonunan  taqiqlanmagan 
hamma  sohasi  bilan    shug‘ullana  olishi,  shu  bilan    birga,  u  o‘zi  boshqarayotgan 
jamoa orasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lishi  zarur. Rahbar  faol bo‘lmasa, jamiyatda 
ijtimoiy faollik shakllanmaydi.  
Kattami,  kichikmi,  qaysi  mansabda  bo‘lishidan  qat’i  nazar,  har  bir  rahbar 
oldida  “o‘z  ishimga  talab  darajasida  yondashishim  uchun  nimalarni  bilishim, 
qanday  fazilatlarga  ega  bo‘lishim  kerak?”  -  degan  savol  hamisha  ko‘ndalang 
turadi. 
Boshqaruvda  tajriba,  ko‘nikma,  mahorat,  bilim,  aql  va  idrokning  ham  roli 
katta.  Ammo,  eng  avvalo,  boshqaruv  –  bu  san’at,  aniqrog‘i,  ijoddir.  Rahbarlikka 
ham, xuddi san’atkor uchun zarur bo‘lganidek, iqtidor va iste’dod lozim. Ya’ni, har 
kimdan  san’atkor  chiqmaganidek,  istalgan  odamdan  ham  yaxshi  rahbar 
chiqavermaydi. 
Rahbar o‘z qobiliyati, iste’dodini ishga solib izlanadi, shu maqsadda hayotni, 
odamlarni  chuqur  o‘rganadi.  Natijada,  to‘plagan  bilimlari,  tajribalarini 
boshqaruvning  umumiy  qonuniyatlari  asosida  shakllantirib,  o‘zining  rahbarlik 
usulini  yaratadi.  U  o‘z  boshqaruv  usullarini  shakllantirishda  mutlaqo  erkin 
shaxsdir, lekin uning rahbarlik usuli ijobiy natija berishi kerak. 
Rahbarlik faoliyatining samaradorligi rahbar shaxsning tafakkuri, aql-idrokiga 
ham  bevosita  bog‘liq  bo‘ladi.  Tafakkur  rahbarga  keng  va  chuqur  fikrlay  olish, 
yaxshini  yomondan,  foydani  zarardan,  muhimni  nomuhimdan  bexato  ajrata  olish 
imkoniyatini  beradi.  Bu  -  hammaga  ham  nasib  qilavermaydigan  yuksak  fazilat. 
Agar  rahbarda  shular  shakllangan  bo‘lsa,  bunday  rahbar  boshqaruvning  sir-
asrorlarini  qiynalmasdan  egallaydi  hamda  o‘z  jamoasida    obro‘-e’tiborga  ega 
bo‘lib, ular  ishonchini qozonadi.  
Demak, har qanday rahbar keng va chuqur fikrlay olishi bilan  birga, chaqqon 
va  uddaburon,  harakatchan  va  shijoatli  bo‘lishi  ham  kerak.  Shuning  uchun 
rahbarlik faoliyatini tafakkur va harakat birligi deyish mumkin.  
Rahbardagi  o‘ziga  xos  talabchanlik,  mehribonlik  hamda  mas’uliyat  jamoa 
a’zolarida ham javobgarlik hissining shakllanishiga sabab bo‘ladi. 
Rahbar  shaxsining  etiketi    uning  axloqiy  madaniyatiga  bog‘liq.  Axloqiy 
madaniyat  –  elementlarining  yaxlit  tizimi  bo‘lib,  axloqiy  fikrlash  madaniyati 
(axloqiy  mulohaza  yuritish  qobiliyati,  axloqiy  bilimlardan  foydalana  olish, 
yaxshilik  va  yomonlikni  ajratish,  yuzaga  kelgan  vaziyatning  o‘ziga  xos 
xususiyatlariga  axloqiy  me’yorlarni  qo‘llay  bilish  va  xakozalar)ni  qamrab  oladi. 
O‘z  ichiga  yana  tuyg‘ular  madaniyatini,  insonning  “axloqiy  rezonansga” 
qobilligini,  hamdardligi  va  jonkuyarligini;  axloqiy  tajribada  his-tuyg‘u  va 
o‘ylarning  amalga  oshirilish  qiyofasini,  ularning  kundalik  hayotda  xatti-harakat 
me’yoriga  aylanib  borish  darajasini  xarakterlovchi  xulq-atvor  madaniyati; 
shakllarni  reglamentlovchi  qoidalarga  qay  darajada  amal  qilish  sifatidagi  etiketni, 
muloqotda  shaxsning  o‘zini  tuta  bilishini  oladi.  Qisqa  qilib  aytganda,  rahbar 
shaxsining axloqiy madaniyati  - umumiy axloqiy tamoyillarni bilish, ularni chuqur 


90 
 
his  etilgan  qarashlariga  aylantirish,  xatti-harakatlarning  eng  munosib  shaklini 
qo‘llay  bilishdir.  Uning  har  bir  elementini  o‘zlashtirish  rahbar  shaxsining  axloqiy 
madaniyati  mustahkamligini  shakllantirishga  yordam  beradi.  Rahbar  shaxsining 
axloqiy  madaniyati  oliy  darajasini  “axloqiy  donolik”  deb,  axloqiy  faoliyatining 
optimalligi  va  uyg‘unligini  ta’minlab  bera  olish,  har  qanday  vaziyatda  ham 
munosib xatti-harakat qila olish deb ta’riflasa bo‘ladi. 
Avvalo,  rahbarlar  va  rahbarlikka  da’vogar  shaxslar  o‘zlarini  har  jihatdan 
tarbiyalab  borishlari  lozim.  Buning  uchun  siyosiy  hayotdan  xabardor  bo‘lish  yoki 
iqtisodiy  va  kasbiy  bilimlarni  o‘zlashtirishning  o‘zigina  kifoya  qilmaydi.  Ular 
jahon  tajribalari  asosida  shakllangan  ilg‘or  boshqaruv  malakalarini  ham 
o‘zlashtirgan  bo‘lishlari  kerak.  Bugungi  rahbar  bunga  o‘ziga  nisbatan  talabchan 
bo‘lib  erishadi.  Masalan,  u  har  kuni  gazeta  va  jurnallar  o‘qishi,  radio  va  oynai 
jahon yangiliklaridan xabardor bo‘lish orqali ham ma’lum darajada bilim egallashi 
mumkin.  Yana  siyosat,  iqtisodiyot  va  ma’naviyatga  daxldor  kitoblarni,  hatto 
mumtoz  adabiyot  namunalarini  mustaqil  o‘qishi,  tarixiy  jarayonlarni  chuqur 
mushohada qilish ham uning dunyoqarashini kengaytiradi. 
Bularning  barchasi  rahbar  madaniy  saviyasining  o‘sib  borishiga  va  siyosiy 
madaniyatining  takomillashuviga  katta  yordam  beradi.  Chunki  cheklangan 
tafakkur,  chala  bilim,  past  madaniyat  bilan  dunyoni  bilib,  mas’uliyatli  ish  va 
mansabni egallab bo‘lmaydi. 
Binobarin, demokratik asosda shakllanib borayotgan jamiyatimiz talabi shuki, 
siyosiy  yetuk,  aqlan  va  ma’nan  barkamol,  puxta  bilimga  ega  bo‘lgan  teran 
tafakkurli kishilargina rahbar bo‘lishga haqlidirlar. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  Davlat  boshqaruvi 
organlari  va  mahalliy  ijro  etuvchi  hokimiyat  organlari  xodimlarining  odob-axloq 
namunaviy  qoidalarini  tasdiqlash  to‘g‘risida  Qarori  qabul  qabul  qilingan  bo‘lib 
unda:  “Rahbar  o‘ziga  bo‘ysunuvchi  xodimlarga  nisbatan  yuqori  professionalizm, 
soflik  va  adolatda  o‘rnak  bo‘lishi,  davlat  organida  yoxud  uning  tarkibiy  yoki 
hududiy  bo‘linmasida  ma’naviy-psihologik  muhit  shakllanishiga  ko‘maklashishi 
lozim,  u  bo‘ysunuvchi  xodimlardan  ularning  xizmat  vazifalari  doirasidan  chiqib 
ketadigan  topshiriqlarni  bajarishini  talab  qilmasligi,  shuningdek,  qonunga  xilof 
xatti-harakatlarni sodir etishga undamasligi kerak.  
Rahbar: 
manfaatlar  to‘qnashuvining  oldini  olish  va  ularni  tartibga  solish  yuzasidan 
o‘z vaqtida chora-tadbirlar ko‘rishi; 
korrupsiyaning oldini olish choralarini ko‘rishi;  
xodimlarni  samarali  boshqarishi,  o‘ziga  ishonib  topshirilgan  mulkka  va 
moliyaviy  mablag‘larga  ehtiyotkorlik  va  tejamkorlik  bilan    munosabatda  bo‘lishi 
shart.  Rahbar  o‘ziga  bo‘ysunuvchi,  xizmatdagi  xulq-atvori  prinsiplari  va 
qoidalarini  buzayotgan  xodimlarning  xatti-harakatlariga  (harakatsizligiga)  yo‘l 
qo‘yilmasligi choralarini ko‘rmaganligi uchun javob beradi; 
Davlat xizmatchilari xulq-atvori bilan  jamoada boshqa davlat xizmatchilari 
bilan  o‘zaro ishchanlik va amaliy hamkorlik qaror topishiga da’vat etilgan; 


91 
 
Davlat  xizmatchilari  xushmuomala,  iltifotli,  odobli,  e’tiborli,  fuqarolar  va 
hamkasblari  bilan    munosabatda  sabr-toqatli  bo‘lishi,  ularni  hurmat  qilishi  shart. 
Davlat  xizmatchilari  o‘ziga  bo‘ysunuvchilarga  va  fuqarolarga  nisbatan  qo‘pollik 
qilmasligi,  odamlarning  sha’ni  va  qadr-qimmatini  kamsitmasligi,  ularga  asossiz 
psihologik va jismoniy ta’sir ko‘rsatish holatlariga yo‘l qo‘ymasligi kerak;  
Xizmat  vazifalarini  bajarish  chog‘ida  ish  sharoitlari  va  xizmat 
tadbirlarining  shakliga  bog‘liq  holda  davlat  xizmatchilarining  tashqi  ko‘rinishi 
fuqarolarning  davlat  organiga  nisbatan  hurmat  bilan    munosabatda  bo‘lishiga 
yordam  berishi,  umumiy  qabul  qilingan  ish  uslubiga  muvofiq  bo‘lishi,  ular 
rasmiyligi, vazminligi va tartibliligi bilan  boshqalardan ajralib turishi kerak; 
Davlat  xizmatchilari  xizmatdan  tashqari  vaqtda  umumiy  qabul  qilingan 
odob-axloq  normalariga  rioya  etishlari,  g‘ayriijtimoiy  xatti-harakatlarga  yo‘l 
qo‘ymasligi kerak.”
1
  
Agar siz rahbarlik lavozimida bo‘lsangiz, ishga kelgan zahoti xodimlardan 
hol-axvol  so‘rab  qo‘yish  kerakligini  yoddan  chiqarmaslik  yaxshi  amaldir.  Ular 
bilan  yangi  ish  kunini  birga  boshlagandan  mamnun  ekanligingizni,  sizdan  qancha 
yordam  kerak  bo‘lsa  shuncha  yordamga  tayyor  ekanligingizni  his  qilishlariga 
imkon  yaratish  kerak.  Xodimlarga  “siz”lab  murojaat  qilish  –  kasbiy  odob  hamda 
normal  xizmat  munosabatlarini  ushlab  turish  uchun  zarur  bo‘lgan  quroldir. 
Yig‘ilish  qatnashchilariga  nisbatan  kuchli  tavoze’da  bo‘lish  lozim.  Boshqalarni 
ko‘proq  eshitishga  o‘rganish  muhimdir,  uning  fikriga  qarshi  bo‘lganingiz 
uchungina  uning  har  bir  gapiga  so‘z  tiqishtirib  turish  sizni  yaxshi  ko‘rsatmaydi. 
Boshqalarning  ham  fikr  bildirishiga  imkon  berish,  qatnashchilarni  faol 
bo‘lishlariga  chaqirish  lozim.  Har  qanday  vaziyatda  ham  o‘zini  ushlab  turishga 
harakat  qilish;  xodimga  vazifa  berishda  xushmuomalalik  bo‘lish  joiz.  Xodimlar 
buyruqqa  nisbatan  iltimoslarni  yaxshi  qabul  qilishlarini  yodda  tutish  kerak. 
Xodimlarga  nisbatan  e’tiborli  bo‘lish,  ularni  har-bir  muvaffaqiyati  uchun 
qo‘llab

quvvatlab turish ham maqsadga muvofiq. Vaqtida aytilgan 

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish