Pulga bog‘liq bo‘lgan ba’zi bir munosabatlar
Barcha davrlarda va barcha xalqlarda bu masalalarda aniqlik, halollik,
andishalikka hurmat bilan qaralgan. Agar biror kishi oldida pullik majburiyatingiz
bo‘lsa, uni o‘z vaqtida bajarish lozim. Mabodo, o‘ta uzrli sabablardagina bu ishni
bajara olmasangiz, kerakli bo‘lgan odamga, albatta, buni ma’lum qilgan ma’qul.
Va undan muddatni uzaytirish imkoniyatlarining borligi yoki yo‘qligini uning
ruxsati bilan aniqlashtirib olish yanada maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |