Kim birinchi bo‘lib chiqadi?
Liftda.
Liftning chiqish eshigida kim eng yaqin turgan bo‘lsa, o‘sha
birinchi chiqishi kerak. Agar o‘sha odam erkak kishi bo‘lsa, liftdan birinchi bo‘lib
chiqib, ayollarni eshik qisib qolmasligi uchun eshikni tutib ayollar chiqquncha
kutib turishi kerak.
Eskalatorda.
Erkak kishi ayolni oldinga o‘tkazishi kerak.
Eshik yonida
. Erkaklar va ayollar eshikdan birgalikda emas, balki erkaklar
eshikdan birinchi bo‘lib chiqishlari va albatta, ayol kishiga eshikni ochib turishi
kerak.
Hazilning tagi zil
Hazillashishga judayam ishqiboz bo‘lmang, ayniqsa, ayol kishiga nisbatan.
Xorijlik hamkorlaringiz madaniy hayotida siz qilayotgan hazil butunlay o‘zgacha
ma’no kasb etishi mumkin. Aslida, ishbilarmonlik uchrashuvlarida muvaffaqqiyatli
hazil eng katta san’at hisoblanadi. Ammo madaniyati va an’analari turlicha bo‘lgan
mamlakatlarda hazil ham turlicha maqomga ega ekanligini unutmang.
87
Do'stlaringiz bilan baham: |