140
Qonunga ko‘ra, davlat oliy taʼlim, o‘rta maxsus, professional taʼlim
muassasalari
va ularning filiallari, shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, o‘rta
maxsus, professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki
hukumat qarorlari bilan tashkil etiladi. Nodavlat taʼlim muassasalarini tashkil etish
ularning taʼsischilari tomonidan amalga oshiriladi.
Nodavlat taʼlim tashkilotlariga litsenziya Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat
inspeksiyasi tomonidan beriladi.
Taʼlim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish barcha talabgorlar uchun taʼlim
olishga doir teng imkoniyatlarning taʼminlanishi prinsipi asosida amalga oshiriladi,
shaxslarning ayrim toifalari bundan mustasno, ularga qonun hujjatlariga muvofiq
imtiyozlar berilishi mumkin. Taʼlim tashkilotlari talabgorlarni va (yoki)
ularning
ota-onasini yoki boshqa qonuniy vakillarini ustav, litsenziya (nodavlat taʼlim
tashkilotlari uchun), davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risidagi sertifikat, o‘quv dasturi
hamda taʼlim faoliyatini tartibga soluvchi boshqa hujjatlar, taʼlim
oluvchilarning
huquqlari va majburiyatlari bilan tanishtirishi shart. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi)
yoki ruhiy nuqsonlari boʼlgan bolalar o‘qishga o‘z ota-onasining yoki boshqa
qonuniy vakillarining roziligiga va tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning
xulosasiga binoan qabul qilinadi.
Аyrim taʼlim tashkilotlariga (oliy taʼlim muassasalariga, akademik
litseylarga,
Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar va boshqalarga) o‘qishga
qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi.
Davlat oliy taʼlim va professional taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul
qilish davlat granti va (yoki) tulov-shartnoma asosida amalga oshiriladi. Chet ellik
fuqarolarni O‘zbekistonning davlat taʼlim muassasalariga qabul qilish to‘lov-
shartnoma asosida (bundan davlat granti ajratilgan dollar mustasno) amalga
oshiriladi. Davlat taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Nodavlat taʼlim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish tartibi ushbu taʼlim
tashkilotlari tomonidan belgilanadi.
Oliy taʼlim muassasalariga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish
parametrlari Prezident tomonidan belgilanadi.
Oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish imtiyozli kontingent uchun
qo‘shimcha qabul parametrlari belgilandi.
Shuningdek, mazkur Qonun bilan 1997-yil 29-avgustdagi «Taʼlim
to‘g‘risida»gi hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi
Qonunlar
o‘z kuchini yo‘qotdi
37
.
2016-2020-yillarda ilm-fan va innovatsion ishlanmalarni takomillashtirish
sohasidagi islohotlar yangi bosqichga ko‘tarildi.
Respublikada ilmiy va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash maqsadida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 29- noyabrdagi «O‘zbekiston
Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida»gi
Farmoni qabul qilindi. Ushbu vazirlik O‘zbekiston Respublikasini innovatsion
va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini har
37
https.//www. norma/uz/uz/.talim –togrisida…
141
tomonlama rivojlantirishga, mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini
oshirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat
boshqaruvi organi
hisoblanadi
38
.
2017-2019- yillar davomida innovatsion rivojlanish va novatorlik
g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan hozirgi kunga qadar 21
nafar yosh olimlarning xorij mamlakatlariga ilmiy stajirovkalari
tashkillashtirildi. Jalb qilingan xorijiy yuqori malakali olim va
mutaxassislarning xarajatlarini moliyalashtirishga 17,0 ming AQSH dollari
hamda 70 mln. so‘m miqdorida mablag‘ yo‘naltirildi.
Fanlar akademiyasining
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondiga 117 turdagi
jami 158,1 mln. so‘mlik (20,1 ming AQSH dollari) noyob qo‘lyozma va tarixiy
manbalar mazkur qo‘lyozma egalari – jismoniy shaxslardan xarid qilindi.
2018- yil 20-avgustda yosh olimlar uchun qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga
yuborish maqsadida tanlov e’lon qilindi, 8 nafar yosh olim tanlovdan
muvafaqqiyatli o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018- yil 19-
apreldagi PQ-
3674-son qaroriga muvofiq «Yuqori texnologiyalar o‘quv-eksperimental
markazi» davlat korxonasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi davlat
ilmiy muassasasi shaklidagi Ilg‘or texnologiyalar markaziga aylantirildi. Ilmiy
va innovatsion loyihalarini tijoratlashtirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida
Ilg‘or texnologiyalar markazi bazasida innovatsion start-ap akseleratori va
inkubator
tashkil etilib, faoliyat ko‘rsatmoqda. Hozirgi kunda 25 startap
jamoalar o‘z faoliyatini boshlash uchun uchun maxsus o‘quv treninglaridan
o‘tmoqdalar. Hozirgi vaqtda markazda jami 2,7 mlrd. so‘mlik 18 ta loyiha
(fundamental, amaliy, innovatsion va yosh olimlar) amalga oshirilmoqda
39
.
Mamlakat uchun ilm-fan sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni
aniq belgilab
olish, har yili ilm-fanning bir nechta ustuvor yo‘nalishini rivojlantirishdir. Ayniqsa,
joriy yilda
Do'stlaringiz bilan baham: