4
KIRISH
Milliy tarixni milliy ruh bilan yaratish
kerak. Aks holda uning tarbiyaviy ta’siri
bo‘lmaydi. Biz yoshlarimizni tarixdan saboq
olish, xulosa chiqarishga o‘rgatishimiz, ularni
tarix
ilmi,
tarixiy
tafakkur
bilan
qurollantirishimiz zarur.
Sh.M.Mirziyoyev
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishganidan keyingi o‘tgan
30 yil davomida davlat boshqaruv tizimi,
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy
sohalarda katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. Shuningdek, ta’lim sohasida ham bir
qator yangilanishlar amalga oshirilib, barkamol avlodni shakllantirishga
yo‘naltirilgan islohotlar rivojlantirilib borilmoqda. Hozirgi globallashuv jarayonida
jahonda yuz berayotgan voqea va hodisalar, mafkuraviy qarama-qarshiliklarning
mazmun-mohiyatini tahlil etish, turli xil yot g‘oyalardan
yoshlarni himoya qilish
uchun tarixiy tafakkurni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Oliy ta’lim
muassasalarida O‘zbekistonning eng yangi davri tarixini chuqur o‘rganish yosh
mutaxassislarning bugungi davr siyosatini, jahon hamjamiyatidagi o‘rnini, davr
qahramonlarini, ayniqsa bugungi yangilanayotgan O‘zbekiston sharoitida o‘zining
ham shu jarayondagi faol ishtirokchi ekanligini to‘g‘ri va to‘liq anglashi jamiyat
taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega.
Mustaqillik yillari mamlakatimiz ta’lim sohasida yuz bergan o‘zgarishlar
tufayli mamlakatimizda kadrlar tayyorlash sifat jihatidan yangi pog‘onaga
ko‘tarildi. Ayniqsa «Yangilanayotgan O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash»
g‘oyasi ostida bugungi kunda kechayotgan o‘zgarishlar ta’lim tizimini ham chetlab
o‘tayotgani yo‘q. O‘zbekistonda Oliy ta’limni rivojlantirishning 2030-yilgacha
bo‘lgan konsepsiyasining qabul qilinishi, qo‘shma dasturlar orqali nufuzli oliy
o‘quv yurtlari bilan o‘zaro hamkorliklarning yo‘lga qo‘yilishi, O‘zbekistonda
dunyoning yetakchi oliy o‘quv yurtlari filiallarining ochilishi,
xalqaro reyting va
indekslarda respublika oliy ta’lim tizimining nufuzini oshirish borasida amalga
oshirilayotgan ishlar buning misolidir.
Malakali kadrlarga bo‘lgan talabdan kelib chiqib, bugungi kunda ta’lim
to‘g‘risidagi Qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Unda mamlakatimizda
mustaqillik yillari ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar va undagi ayrim
kamchilik va nuqsonlarni tanqidiy tahlil etilgan holda bu tizimda o‘zgarishlar
amalga oshirilmoqda. Oliy o‘quv yurtlarida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan
chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Fanlarni optimallashtirish yo‘lidan borilmoqda.
Respublikamiz oliy o‘quv yurtlarida «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fani
joriy etildi. Ushbu fan mamlakatimizning mustaqillik arafasi va mustaqillik yillari
tarixini o‘rganishga mo‘ljallangan bo‘lib, uning xronologik chegarasi 1989-yildan
to bugungi kunlargacha bo‘lgan davrni qamrab oladi.
Ushbu qo‘llanma texnika oliy o‘quv yurtlarida
tahsil olayotgan bakalavr
yo‘nalishidagi talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 8 ta mavzu doirasida
5
O‘zbekistonning eng yangi tarixi, ya’ni O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga
erishishi arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, yuzaga kelgan
murakkab vaziyat, respublika mustaqilligining e’lon
qilinishi va uning tarixiy
ahamiyati, O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li, huquqiy
demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishi, iqtisodiy
islohotlar,
xususiy
mulkchilikning
shakllanishi,
O‘zbekistonda
bozor
munosabatlarining rivojlanishi, ijtimoiy o‘zgarishlar, ma’naviy va madaniy
taraqqiyot, respublikada ta’lim sohasida
amalga oshirilgan islohotlar, mustaqillik
yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, O‘zbekiston
va jahon hamjamiyati, yangilanayotgan O‘zbekiston: milliy tiklanishdan – milliy
yuksalish sari kabi masalalarning ilmiy va amaliy ahamiyati ochib berilgan.
Mazkur o‘quv qo‘llanma mustaqillik yillarida olib borilgan tadqiqotlarning
umume’tirof etilgan natijalari bilan boyitilganligi, fan bo‘yicha innovatsiyalarning
o‘quv jarayoniga joriy etilganligi bilan ilgarigi o‘quv adabiyotlaridan farq qiladi.
Mavzular Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan nomutaxassis
fakultetlar talabalari uchun mo‘ljallangan hamda shu yo‘nalishda
tasdiqlangan
«O‘zbekistonning eng yangi tarixi» namunaviy dasturi asosida yoritilgan. Mavzu
so‘nggida texnologik usullar, nazorat savollari va topshiriqlari, tayanch
tushunchalar, glossariy va testlar berilgan.
Qo‘llanmani tayyorlash jarayonida prof. R.X.Murtazayeva, prof.
D.B.Bobojonova, prof. N.Jo‘rayev darsliklari va o‘quv qo‘llanmalaridan
foydalanildi. Biz mualliflarga o‘z samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Umuman, ushbu o‘quv qo‘llanma nafaqat oliy o‘quv yurtlari professor-
o‘qituvchilar
va talabalariga, balki O‘zbekistonning eng yangi tarixi davriga
qiziquvchi va uni o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yganlar uchun ham
mo‘ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: