115
pedagogik faoliyati natijalari inobatga olinadigan, ularga muntazam ravishda
kasbiy o‘zini o‘zi rivojlantirib borish imkoniyatini
beruvchi uzluksiz malaka
oshirish tizimi amaliyotga joriy etildi. O‘qitishning zamonaviy usullarini qo‘llash
bilan bog‘liq fan va kurslarni kengaytirish maqsadida qayta tayyorlash va malaka
oshirish kurslari o‘quv rejalariga 13 ta yangi modul kiritildi.
Respublikada malakali yetuk kadrlarni tayyorlash maqsadida ta’lim tizimini
yanada takomillashtirish, kadrlar salohiyatini mustahkamlash, shuningdek ta’lim
xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga qaratilgan keng qamrovli islohotlar amalga
oshirilmoqda.
Yuqorida ta’kidlanganidek, aynan muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari
asosida oliy ta’limda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlardan, jumladan sohada
korrupsiyaga to‘liq barham berish bo‘yicha ko‘rilayotgan amaliy choralar ham
mavjud.
Xususan, keyingi yillarda oliy ta’lim muassasalari soni ortdi.
«2019-yilda mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi 4 ta Prezident maktabi,
3 ta ijod maktabi ish boshladi. Oliy ta’limni rivojlantirish uchun o‘tgan yili 19 ta
yangi oliy o‘quv yurti, jumladan, 9 ta nufuzli xorijiy universitetning filiali ochildi.
Yetakchi xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda 141 ta qo‘shma ta’lim
dasturi
bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Oliy ta’lim muassasalariga jami 146
ming 500 nafar yoki 2016-yilga nisbatan 2 barobar ko‘p talaba o‘qishga qabul
qilindi».
24
Qabul kvotalari 2016-yilga nisbatan oshdi va natijada yoshlarning oliy ta’lim
bilan qamrovi 9 foizdan 25 foizga yetdi.
2018-2019-o‘quv yilidan boshlab 52 ta oliy ta’lim muassasasida sirtqi, 9 ta
oliy ta’lim muassasasida kechki ta’lim, 43 ta oliy ta’lim muassasasida ikkinchi oliy
ta’lim sirtqi shaklda joriy etildi.
Yangi 66 ta ta’lim yo‘nalishi va 48 ta mutaxassislik bo‘yicha kadrlar
tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
16 ta oliy ta’lim muassasasida 10 ta xorijiy davlatning yetakchi oliy ta’lim
muassasalari bilan hamkorlikda 33 ta ta’lim yo‘nalishi va 14 ta mutaxassislik
bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi asosida kadrlar tayyorlanmoqda.
2019-yilda oliy ta’limni moliyalashtirishga byudjetdan 1 trln. 289 mlrd so‘m
hamda 3 trln. 417 mlrd so‘m kontrakt tushumlarini yo‘naltirish rejalashtirilgan.
Soha xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, jumladan ularning uy-joy
sharoitlarini yaxshilash, ayniqsa, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha
misli ko‘rilmagan aniq choralar amalga oshirilmoqda.
Ammo ta’kidlash kerakki, tahlillar ko‘rsatganidek korrupsiyaga qarshi kurash
borasida bir qator masalalar ham mavjud. 2018-yildan o‘tkazilgan «Ijtimoiy fikr»
jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovlarga ko‘ra,
korrupsiyaga moyil bo‘lgan sohalar sifatida ta’lim 21,2 foiz ekanligi aniqlangan.
Tahlillar ko‘rsatganidek tizimda korrupsion jinoyatlarning quyidagi
ko‘rinishlari uchraydi:
24
Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг 2020 йил 24 январда Ўзбекистон
Республикаси Олий Мажлисига Мурожаатномаси.
116
1. Ta’lim muassasalari mansabdorlarining o‘z shaxsiy manfaatlarini ustun
qo‘yib, mansab
soxtakorligini sodir etib, soha uchun ajratilgan, tizimning bir
maromda faoliyat olib borishi uchun yo‘naltirilishi lozim bo‘lgan byudjet
mablag‘larini talon-toroj qilish.
2. Ta’lim tizimidagi korxona, muassasa va tashkilotlarning xodimlarini ishga
qabul qilish, boshqa lavozimga o‘tkazish va shu kabi masalalarni pora evaziga hal
qilish.
3. Ta’lim muassasalari mansabdorlari tomonidan asoslantirilmagan xarajatlar
uchun pul yig‘ish kabi suiiste’molchiliklar sodir etilishi.
Mablag‘larni asosan muassasani ta’mirlash va boshqa xarajatlar niqobi ostida,
ba’zi holatlarda esa sodir etilgan jinoyatlarni pora berish yo‘li bilan tekshiruvdan
yashirish maqsadida yig‘ish holatlari kuzatilmoqda.
4. Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilinishi yuzasidan tuzilgan statistik
ma’lumotlarni soxtalashtirish, ta’lim muassasasida tahsil olmagan o‘quvchilarga
soxta attestatlarni berish evaziga pora olish, haqiqatda ishlamagan yoki ta’lim
muassasasiga umuman aloqasi bo‘lmagan shaxslarni muassasa xodimlari sifatida
rasmiylashtirish va boshqa turdagi jinoyatlar sodir etish.
6. Ta’lim tizimidagi mansabdor shaxslar tomonidan o‘qishga qabul qilish,
boshqa o‘quv muassasalariga o‘tkazish evaziga pora olish.
Oliy ta’lim tizimida korrupsiya
holatlarining uchrashi, bepul umumiy ta’lim
olish borasidagi konstitutsiyaviy huquqlarning buzilishi, ta’lim oluvchilar bilim
darajasining tushib ketishi, jamiyatdagi inson salohiyatining kamayishiga olib
kelishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan holatlarga alohida e’tibor qaratishni talab
etadi.
Ta’kidlab o‘tilganidek, to‘plangan statistik ma’lumotlarning tahlili sohadagi
jinoyatchilik darajasi yuqori ekanligini ko‘rsatmoqda, bu esa o‘z navbatida, sohada
korrupsiyaga qarshi kurashish, uni oldini olishga yo‘naltirilgan aniq va qat’iy
chora-tadbirlar ishlab chiqilmaganligi, jinoyatlarni sodir etishga imkon berayotgan
shart-sharoitlar atroflicha tahlil qilinmaganligi, soha xodimlari o‘rtasida korrupsiya
va uning ijtimoiy hayotning barcha sohalariga bo‘lgan salbiy ta’sirini
tushuntirishga yo‘naltirilgan targ‘ibot va tashviqot
ishlari yetarli darajada
o‘tkazilmaganligi, tizim xodimlari tomonidan qonunbuzish sodir etilishini oldini
oluvchi va bunga doimiy hamda tizimli ravishda qarshi kurashuvchi samarali
mexanizm yaratilmaganligining natijasidir.
«Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng
yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha a’zolari, ta’bir
joiz bo‘lsa, «halollik vaksinasi» bilan emlanmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan
yuksak marralarga erisha olmaymiz. Biz korrupsiyaning oqibatlari bilan
kurashishdan uning barvaqt oldini olishga o‘tishimiz kerak».
25
Ushbu illatga qarshi kurashishdagi yana bir muhim vositalardan biri-
jamoatchilik nazorati. Bugungi kunda yurtimizda 10
mingdan ziyod nodavlat
notijorat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda. Lekin ularning o‘rni va faoliyati
25
Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг 2020 йил 24 январда Ўзбекистон Республикаси
Олий Мажлисига Мурожаатномаси.
117
sezilmayapti. Chunki bu tashkilotlar manfaatlarini ifoda etuvchi, davlat bilan
ko‘prik vazifasini bajaruvchi yaxlit tizim yo‘q.
Shu bois Prezidentimiz Oliy Majlisga Murojaatnomasida jamoatchilik
nazoratini yanada kuchaytirish, davlat va jamiyat o‘rtasida o‘zaro yaqin hamkorlik
o‘rnatish maqsadida Jamoatchilik palatasi tashkil etish taklifini ham bildirgan edi.
Jamoatchilik palatasi aholi fikrini muntazam ravishda o‘rganib borishi, ularning
echimini topish bo‘yicha davlat idoralari oldiga aniq vazifalarni qo‘yishi zarurligi
ta’kidlandi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, tizimdagi korrupsion jinoyatchilik va boshqa
huquqbuzarliklar ahvolini atroflicha tahlil qilib, ularning sabablari va sodir
etilishiga imkon berayotgan shart-sharoitlarni o‘rganib,
tizimning har bir sohasini
qamrab oluvchi, mavjud yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarlikka
qarshi kurashish va uning oldini olishga yo‘naltirilgan aniq muddatlari va
ijrochilari belgilangan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda kelgusida
ushbu turdagi davriy rejalarning ishlab chiqilishi va ijrosini ta’minlash lozim.
1.
Do'stlaringiz bilan baham: