112
Yurtdoshlarimizning fikricha, sog‘liqni saqlash, ta’lim, bank, bojxona, sud,
prokuratura, ichki ishlar, kommunal xizmat sohalarida,
shuningdek, fuqarolarni
ishga qabul qilishda korrupsiya keng tarqalgan.
Tahlillarga ko‘ra, sog‘liqni saqlash tizimidagi xarajatlarning 25-30 foizi
samarasiz sarflanmoqda. Ko‘plab sohalarda davlat xaridlarni amalga oshirish
tizimi ochiq oshkora emas.
Davlatimiz rahbari yaqinda Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomada
korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan ko‘ra barvaqt oldini olishga o‘tish
kerakligini ta’kidlab, unga qarshi kurashishga mas’ul bo‘ladigan alohida organ
tuzishni taklif qilgan edi
22
.
Korrupsiyaga qarshi kurashishning eng asosiy yo‘li davlat organlari faoliyati
va ish jarayonlarini shaffof qilishdir.
Prezident tashabbusi bilan 2017-yilda «Korrupsiyaga
qarshi kurashish
to‘g‘risida»gi Qonun va mazkur qonunning qoidalarini amalga oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori hamda korrupsiyaga qarshi kurashish
bo‘yicha Davlat dasturi qabul qilindi.
Jahon tajribasiga e’tibor beradigan bo‘lsak, «Korrupsiyaga qarshi kurashish
to‘g‘risida»gi Qonunlar Markaziy Osiyo
davlatlaridan Qozog‘istonda 1998-yil 2- iyulda,
Qirg‘izistonda
2012-yil
8-avgustda,
Turkmanistonda 2014-yil 1-martda, MDH
davlatlaridan
Ukrainada
2014-
yilda,
Moldovada
2002-yil
6-iyunda,
xorijiy
davlatlardan XXR da 2007-yil 1-yanvarda,
Buyuk Britaniyada 2010- yilda qabul qilingan.
Respublikamizda qabul qilingan qonun
asosida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida
aniq maqsadlarga qaratilgan
chora-tadbirlarni
o‘z ichiga olgan davlat siyosati izchillik bilan
amalga oshirilmoqda. Bu borada amalga oshirilgan ishlarimiz natijasida korrupsiya
bilan bog‘liq jinoyatlar o‘tgan yilga nisbatan 43 foizga kamaydi.
Biz bunday natijalarni korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi uzoq va davomli
faoliyatimizning dastlabki samarasi deb qabul qilishimiz, bu yo‘lda yanada qat’iy
ish olib borishimizni talab etadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘llaridan biri bu davlat xizmatlari sifatini
tubdan yaxshilash, ularning ko‘lamini kengaytirish orqali aholi uchun qulay muhit
yaratish va korrupsiyani keltirib chiqaradigan holatlarni kamaytirishdan iborat.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 9 dekabr–
Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan «Biz korrupsiyaga
qarshimiz» mavzusida tanlov e’lon qilindi va ushbu tanlov 2018-yilning 1-
oktyabridan 1-dekabrigacha o‘tkazildi. Tanlov to‘rt yo‘nalish – eng yaxshi
jurnalistik material (teleko‘rsatuv, radioeshittirish, maqola), eng yaxshi blogpost,
eng yaxshi ijtimoiy rolik, eng yaxshi insho («korrupsiya – taraqqiyot kushandasi»
22
https://uza.uz/uz/posts/korruptsiyaga-qarshi-kurashish-hamda-jamoatchilik-nazorati-ti-11-02-2020.
113
insholar tanlovi) yo‘nalishlarida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
23
Olib
borilayotgan islohotlar
samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har
tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni
modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha
ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida aholi va tadbirkorlarni
o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganish, amaldagi
qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish,
shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida
ishlab chiqilgan hamda
quyidagilarni nazarda tutadigan 2017- 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevralda «O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi
PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlandi.
Harakatlar strategiyasining 2.4. bandi bevosita jinoyatchilikka qarshi
kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish
masalalariga qaratilgan. Ushbu bandga asosan:
jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish
borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish;
korrupsiyaga
qarshi
kurashishning
tashkiliy-huquqiy
mexanizmlarini
takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini
oshirish belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi «O‘zbekiston
Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini
yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–5729-son Farmoni bilan 2019-2020 yillarda
korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi va Korrupsiyaga qarshi kurashish
bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining yangilangan tarkibi tasdiqlandi.
Farmon bilan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining
ustuvor yo‘nalishlari orta muddatli istiqbolda quyidagilardan iboratligi belgilab
qo‘yildi:
davlat xizmatchilarini tanlov asosida saralab olish, lavozimga tayinlash va
yuqori lavozimlarga ko‘tarishning shaffof tartibiga
asoslangan davlat xizmati
tizimini shakllantirish, ular uchun cheklovlar, taqiqlashlar, rag‘batlantirish
choralari hamda korrupsiyaning oldini olish boshqa mexanizmlarining aniq
ro‘yxatini belgilash;
davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiya qilish tizimini bosqichma-
bosqich joriy etish va ularning ish haqi yetarli darajada bo‘lishini ta’minlash,
shuningdek, davlat xizmatini o‘tashda manfaatlar to‘qnashuvini hal etishning
tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;
korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan shaxslarni
himoya qilishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish;
aholining huquqiy ongi va huquqiy
madaniyatini yanada oshirish, jamiyatda
korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish;
23
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномасини
ўрганиш ва кенг жамоатчилик ўртасида тарғиб этишга бағишланган ИЛМИЙ-ОММАБОП
ҚЎЛЛАНМА, Тошкент, Маънавият, 2019, 242-бет.
114
davlat organlari va tashkilotlarining hisobdorligi va faoliyatining shaffofligini
oshirish va boshqalar.
2019-yil 1-iyuldan boshlab davlat organlari zimmaga yuklangan vazifa va
funksiyalarni amalga oshirishda yuzaga keladigan korrupsiya xavf-xatarlarini
vaqti-vaqti bilan majburiy baholab borishi, uning yakunlari b
o‘
yicha:
korrupsiya xavf-xatariga eng ko‘p duch keladigan davlat xizmatchilarining
faoliyat sohalari va lavozimlari, shuningdek, ularning funksiyalari (vakolatlari)ning
ro‘yxatini shakllantirishi;
idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlari
ijrosining har choraklik
monitoringini amalga oshirishi va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimum darajaga
tushirish choralarini ko‘rishi belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya
vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi Bosh prokuratura bilan birgalikda
Do'stlaringiz bilan baham: