44
«
O‘zbek modeli
»
beshta asosiy tamoyilining mohiyati
Asosiy tamoyillar
Asosiy tamoyillarning mohiyati
Iqtisodiyotning
siyosatdan ustunligi
Iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida
qolmasligi kerak, u biror mafkuraga bo‘ysundirilishi
mumkin emas. Buning ma’nosi shuki, iqtisodiyot
siyosatdan ustun turishi kerak. Ham ichki, ham tashqi
iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan xoli qilish zarur.
Davlat bosh islohotchi,
iqtisodiy
o‘zgartirishlarning
tashabbuskori
Davlat bosh islohotchi bo‘lishi lozim. U islohotlarning
ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi, o‘zgarishlar
siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik
bilan
o‘tkazishi,
jaholatparastlar
va
konservatorlar
qarshiligini bartaraf etishi shart.
Qonunlar va ularga
rioya qilish ustuvorligi
Qonun va qonunlarga rioya etish ustuvor bo‘lishi
lozim. Buning ma’nosi shuki, demokratik yo‘l bilan
qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni hech
istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og‘ishmay
rioya etishi lozim.
Kuchli ijtimoiy siyosat
yurgizish
Aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda
kuchli
ijtimoiy
siyosatni
o‘tkazish.
Bozor
munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini
ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta’sirchan
choralar ko‘rilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti
yo‘lidagi eng dolzarb vazifa bo‘lib
keldi va bundan
keyin ham shunday bo‘lib qoladi.
Bozor iqtisodiyotiga
bosqichma – bosqich
o‘tib borish
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish obyektiv iqtisodiy
qonunlarning
talablarini
hisobga
olgan
holda,
o‘tmishdagi
«inqilobiy
sakrashlar»siz,
ya’ni
evolyutsion yo‘l bilan, puxta o‘ylab, bosqichma-
bosqich amalga oshirilishi kerak.
Jahonda umume’tirof etilgan rivojlanishning «o‘zbek modeli» jahon
iqtisodiyotida yuz berayotgan
inqirozli holatlarga qaramay, 2012-yilda
mamlakatimiz iqtisodiyotini o‘stirishning yuqori sur’atlari barqarorligi va
makroiqtisodiy muvozanatni to‘la ta’minladi. Xususan, o‘tgan yilda
mamlakatimiz YaIMning o‘sishi 8,2 foizni, sanoat mahsulotlari ishlab
chiqarish hajmi o‘sishi 7,7 foizni, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi
o‘sishi 7,0 foizni tashkil etdi. Davlat byudjeti YaIMga nisbatan 0,4 foiz
miqdorida profitsit bilan ijro etildi. Inflyasiya darajasi belgilangan prognoz
ko‘rsatkichidan oshmadi.
Taraqqiyotning o‘zbek modeli
yuksak zamonaviy texnika va
texnologiyaning mavjudligi, ishlab chiqarishning industrial tavsifi,
rivojlanishda axborot texnologiyalarining o‘rni va ahamiyatining yuqoriligi,
xizmat ko‘rsatish sohasining muttasil o‘sib borishi, iqtisodiy o‘sishning intensiv
45
yo‘li
ustuvorligi, iqtisodiyotning ochiqligi, davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish, raqobat muhitini yaratish, erkin tadbirkorlikka keng yo‘l
ochish orqali bozor munosabatlarini chuqurlashtirish,
iqtisodiyotning ijtimoiy
yo‘naltirilganligi, xalq farovonligining izchil yuksalishi, milliy iqtisodiyotning
global iqtisodiyot bilan integratsiyalashuvining kuchayishi tendensiyalari bilan
tavsiflanmoqda.
Taraqqiyotning o‘zbek modeli qotib qolgan statik tushuncha emas,
albatta. Uning xarakteri va shakl-shamoyilini belgilaydigan
asosiy tamoyillar
saqlanib qolgan holda doimo yangi vazifa va qoidalar bilan boyitilib,
takomillashtirilib borilmoqda
4
.
Shunday qilib, O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li nazariy va amaliy
jihatdan puxta belgilab olindi. Bu barcha tamoyillar demokratik va iqtisodiy qayta
o‘zgartishlar jarayonlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun hal qiluvchi
ahamiyat kasb etib, hayot sinovidan o‘tdi.
Do'stlaringiz bilan baham: