– rasm. Germaniy olish texnologiyasi.
Mis konsentratlarni shaxtada eritish (suyultirish)da ajralib chiquvchi changlardagi germaniy sulfatlash orqali ajratib olinadi. Bu jarayon kuydirish, sulfat kislotasida ishqorlash, margimushni oksidlash va cho‗ktirish hamda germaniyga boyitilgan mahsulot olishdan iborat bo‗ladi. Natijada olingan germaniyli mahsulot xlorid kislotasi bilan ishlov berilib, germaniy IV-xloridi olinadi.
Korxona gaziari changlaridan germaniyni ajratib olish
Ishlab chiqarishdagi gaz, chang qora kuyasidan germaniyni ajratib olishda to‗g‗ridan-to‗g‗ri xlorid kislotasi qo‗llaniladi. GeCI4 ni distillyatsiya qilish orqali yoki changlarni sulfat kislotasi bilan ishqorlash va undan germaniyni ajratish usuli birmuncha yaxshi natija berishi mumkin. Agarda eritma tarkibida germaniy kam bo ‗lsa, uni organik birikmalar ishlatib, masalan, tanin bilan cho‗ktirib olish mumkin. Agarda eritmada germaniyning miqdori ko‗p bo‗lsa, unda eritmadan germaniy disulfidi yoki rux changi bilan qotirilib, ajratib olinadi. Germaniy kislotalar bilan parchalanmaydigan birikmalar holida bo‗lganda uni kislota bilan gazlardagi changlardan ajratish darajasi kamayib ketadi. Bunday holda pirometallurgiya jarayonlari bilan parchalash usuli qo‗llaniladi. Bunda ikki usuldan foydalaniladi:
Erittmada qaytarish jarayoni 0,3–1,24% GeO2 va 0,38– 0,75% Ga1O3 bo‗lgan korxona gazlaridagi changdan germaniyni ajratib olishda qo‗llaniladi. Changda germaniydan tashqari SiO2, AI2O3, Fe2O3, CaO, MgO, Na2O bo ‗ladi. Changlarni suyultmada qaytarish jarayonida suyultmaga mis oksidi, ko‗mir, soda, kvars qumi, glinazyom kuyindi qo‗shimchalari solinib eritiladi.
Bunda 90% Ge va 50–60% Ga suyultmaga qotishma holida o‗tadi. Bu qotishma o‗rtacha miqdorda 3–4% Ge va 1,5–2% Ga dan iborat bo‗ladi. Qotishmada bundan tashqari margimush, temir, qisman oltingugurt va boshqa aralashmalar bo‗ladi.
Olingan germaniy qotishmasi temir xloridning suvli eritmasida xlor ishtirokida eritiladi va erish jarayonini tezlashtiradi. Eritmada hosil bo‗lgan GeCI4 distillyatsiya qilinadi. Distillyatsiya davomida unga tomchilab konsentrlangan xlorid kislotasi berib boriladi. GeCI4 bilan birga oksidlangan bir qism AsCI3 va HCI ham haydala boshlaydi. Olingan germaniy IV-xloridi tozalash uchun yuboriladi. Eritmada germaniyni haydash (distillyatsiya) usulidan so‗ng galliy ajratib olinadi.
Uning texnologik sxemasi quyida 4.6. – rasmda keltirilgan.
Ishqorda eritish. Chang natriy ishqori bilan po ‗lat qozonlarda suyultiriladi va suv bilan ishqorlanadi. Eritmaga germaniy, galliy, silikat va alyuminiy natriy o‗tadi. Eritmadagi kremniy va aluminiyning asosiy og‗irlik qismlarini ajratib olish uchun xlorid kislotasi bilan NaOH ni 0,2 n boyiguncha neytrallanadi. Hosil bo‗lgan AI(OH)3 va H2SiO3 cho‗kmalari filtrlab olingandan so‗ng eritma pH–5 bo ‗lguncha neytrallanadi, (Ge(OH)3 va Ga(OH)3) germaniy va galliy gidroksidi holida cho‗kmaga tushadi va cho‗kma filtrlab ajratib olinadi. Gidrooksid galliy va germaniy xlorid kislotada eritilib, uni disulfid germaniy GeS2 holida cho‗ktirib olinadi (H2S ning konsentratsiyasi 4–5 n bo‗lishi kerak). Ayrim texnologik chizmalarda kam eruvchan magniy germanatlarni hosil qilish orqali ajratib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |