1– jadval Metallurgiya sanoatida ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan
metallar (Noyob metallar ajratilib ko‘rsatilgan)
Davriy tizimiar guruhlari
|
Elementlaming belgilanishi
|
Umumi y miqdori
|
Noyob metallar soni
|
I
|
U, Na, K, Rb, Cs, Cu, Ag, Au
|
8
|
3
|
II
|
Be, Mg, Ca, Sr, Ra, Zn, Cd, Hg
|
9
|
2
|
III
|
Al, Sc, Y, La, Ga, Yn, Tl
|
7
|
6
|
IV
|
Ti, Zr, Hf, Ge, Sn, Pb
|
6
|
4
|
V
|
V, Nb, Ta, As, Sb, Bi
|
6
|
3
|
VI
|
Cr, Mo, W, Se, Te, Po
|
6
|
5
|
VII
|
Mn, Re
|
2
|
1
|
VIII
|
Fe, Co, Ni, Ru, Rh, Pd, Os, Ir,
|
9
|
-
|
Lantanoidlar
|
58 (Ce) dan 71 (Lu)
|
14
|
14
|
Aktinoidlar
|
Th,U, Pu
|
3
|
3
|
|
Jami
|
70
|
41
|
Shunday qilib, yer qobig‗ida elementlaming joylashishi noyob metallar guruhlanishining asosiy belgilaridan biri bo‗lsa, ularni ishlab chiqarish va sanoatdagi qo ‗llanilishi asosiy ma‘noni kasb etadi.
Noyob metallarning sinflanishi
Noyob metallar o‗zining fizik-kimyoviy xossalarining bir-biriga yaqinligi, ularni xomashyolardan ajratib olish hamda ishlab chiqarish usullarining o ‗xshashligi va boshqa turli xususiyatlari bo‗yicha beshta guruhga bo ‗linadi.
l.Yengil Noyob metallar. Ularga litiy, rubidiy, seziy, berilliy elementlari kiradi. Yengil Noyob metallar zichliklarining katta-kichikligi (litiy— 0,5; berilliy — 1,85; rubidiy — 1,55; seziy — 1,87) hamda kimyoviy faolligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun yengil Noyob metallarning kimyoviy birikmalari (oksidlari, xloridlari) mustahkam bo
‗lib, ularni metall holiga qaytarish murakkab jarayon hisoblanadi. Bu metallarni olishda ularning tuzlari eritmasi elektroliz qilinadi, yoki metallotermik usul qo‗llaniladi.
Qiyin eriydigan Noyob metallar. Ularga titan, sirkoniy, gafniy, vanadiy, niobiy, tantal, molibden, volfram va boshqa elementlar kiradi. Bu elementlarning hammasi davriy tizimining 4,5 va 6 – guruhlarida joylashgan bo‗lib, bir elementdan qo‗shni qavatdagi elementga o‗tganda, ichki elektronlari qayta taqsimlanish xususiyatiga ega. Shuning uchun metallar atom tuzilishining bu xususiyatlari ularning fizik va kimyoviy xossalarining o‗zgarishiga olib keladi.
Ular bir – biridan o ‗zlarining qattiqlikligi (masalan, titan – 16800C haroratda suyuqlansa, volfram – 34000C) hamda korroziyaga chidamliligi bilan farq qiladi. Kimyoviy xossalari bilan esa bu metallar o‗zlarining o‗zgaruvchan valentliliklari bilan farqlanadi. Hamma qiyin eriydigan metallar yuqori haroratda suyuqlanadigan va metallmaslar bilan kimyoviy barqaror birikmalar (karbidlar, nitridlar, boridlar, sitsilidlar) hosil qiladi. Bu moddalar katta amaliy ahamiyatga egadir. Shuning uchun qiyin suyuqlanuvchi metallar sanoatda po‗latlarni ligerlashda, karbidlari qattiq qotishmalar hosil qilishda hamda elektrotexnika va vakuum elektrotexnikasida ishlatiladi.
Tarqoq Noyob metallar. Ularga galliy, indiy, talliy, germaniy, selen, tellur, reniy elementlari kiradi. Tarqoq Noyob metallar izomorf aralashma holida turli metall minerallari tarkibida kam miqdorlarda uchraydi. Shuning uchun ular metallurgiya va kimyoviy korxonalarning chiqindilaridan ajratib olinadi.
Masalan: galliy aluminiy minerallarida (boksidlarda) uchraydi. Shuning uchun galliy aluminiy korxonalari chiqindilaridan olinadi. Indiy, talliy va germaniy rux konsentratlari va boshqa sulfidli minerallarning tarkibida uchraydi. Ular sulfidli xomashyolarni qayta ishlash jarayonida ajratib olinadi. Germaniy ko‗mir yoqilishi natijasida hosil bo‗lgan kullar tarkibida bo‗ladi, reniy elementi esa molibdenli xomashyolarni qayta ishlash orqali ajratib olinadi.
Demak, tarqoq Noyob metallar xomashyo bazasi turli-tuman bo‗lib, ular kuydirish o‗choqlarining kullarida, rux-qo‗rg‗oshin korxonalarining
keklari va kukunlarida, sulfat kislotasi zavodlari qoldiqlarida, yongan ko‗mir kullarida va boshqa turdagi chiqindilar tarkibida uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |