Noyob metallar ishlab chiqarish tarihi.
XX asr boshlariga kelib ilgari qo‗llanilmagan kimyoviy elementlarning sanoat miqyosida ishlatilishi katta ahamiyat kasb eta boshladi. Bu elementlarni birlashtirib «Noyob elementlar», keyinchalik esa
«Noyob metallar» deb yuritila boshlandi.
D.I.Mendeleyev tomonidan tuzilgan davriy tizimning barcha guruhida Noyob metallar joylashganini ko‗rish mumkin. Ular o‗zining fizik- kimyoviy xossalari bilan boshqa elementlardan katta farq qiladi va sanoat miqyosida qo‗llashning bir qator xususiyatlariga ko‗ra, Noyob metallar guruhiga kiritilgan
Noyob metallarning kashf etilishi, asosan, XVIII asr oxirlari va XIX asr boshlariga to‗g‗ri keladi. Shu bilan birga, ularni ishlab chiqarishda qo‗llash uchun ham ma‘lum bir vaqt kerak bo‗lgan. Noyob metallar yer qobig‘ida kam uchrashi va tarqoq holda bo‗lgani uchun ularni sanoat miqyosida ajratib olish davri murakkab tarzda kechgan. Noyob metallarni amalda qo‗llash va ularning texnologiyasini ishlab chiqish, asosan, XIX va XX asrlarga to‗g‘ri keladi.
Demak, «Noyob metallar» tushunchasi kam yoki texnikada butunlay ishlatilmagan metallar bilan bog‘liq bo‗lgan. Hozirgi vaqtda esa zamonaviy texnikaning asosiy qismi Noyob metallardan iborat ekanligini ko‗rish mumkin. Ayrim sanoat ishlab chiqarish turlarini Noyob metallarsiz tasavvur qilib bo‗lmaydi. Quyidagi 1-jadvaldan ko‗rinib turganidek, sanoat miqyosida ishlab chiqariladigan 70 xil metallarning 41 xili noyob metallar guruhini tashkil qiladi.
«Noyob metallar» deb nomlangan metallar guruhining hosil bo‗lishi nazariy jihatdan ishlab chiqilgan elementlar sinfiga mansub bo‗lmay, balki turli xil ilmiy qarashlarga ham bog ‗liqdir.
Noyob metallar tabiatda kam tarqalgan. Yer qobig ‗ida joylashgan elementlaning miqdorini tahlil qilish natijasida ularning miqdoriy foizi Amerika olimi Klark tomonidan aniqlangan.
Akademik A.E. Fersman elementlaming o‗rtacha miqdorini aniqlashni
«KLARK» o‗lchovi bilan yuritishni taklif qilgan. Elementlarning yer qobig‗idagi miqdori turlicha ekanligi ko ‗rinib turibdi. Eng ko ‗p tarqalgan 9 ta elementning miqdori 98,13% ni tashkil qilgan holda, qolgan barcha elementlarning miqdori 1,87% ni tashkil etmoqda. Jadvaldan Noyob metallarning barchasi yer qobig‗ida juda kam ekanligini ham aniqlash
mumkin. Noyob metallarning ayrimlari yer qobig‗ida tarqoq holda joylashgani uchun ular juda kam bo‗lib, asosan boshqa metallarning minerallari bilan birga uchraydi. Masalan, galliy, qalay, margumush va simobga nisbatan ko‗p bo‗lgani bilan uning minerali uchramaydi. Galliy faqat boshqa minerallar tarkibida bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |