Tantal va niobiyni qayta ishlash texnologiyalari.
Ruda konsentratlariga 3 xil kimyoviy birikmalar: (Ta2O55Nb2O5) oksidlari, xlorli birikmalari va (K2TaF7 hamda K2NbF7) ftorli tuzlarining komplekslari holida ishlov beriladi.
Bu moddalarni ishlab chiqarishda ularning texnologik chizmasi konsentratlarning mineralogik va kimyoviy tarkibiga qarab tanlab olinadi. Tantalit va kolumbit ruda konsentratlari kislotalarda erimaydi, parchalanmaydi. Shuning uchun ularni parchalashda ishqorlar (KOH, NaOH) bilan kuydirish yoki plavik kislotasida parchalash usuli qo‗llaniladi.
Titan-tantal-niobiy guruh minerallari (loporit, piroxlor), tantalit va kolumbitga nisbatan niobiyning mustahkamligi kam bo‗lgani uchun ularni kislotalar (HF va H2SO4) bilan parchalash mumkin, lekin ularning tarkibi juda murakkab tuzilishga ega.
Tantalit-kolumbit konsentratini natriy ishqori bilan qayta ishlash texnologiyasi.
Bu texnologik usul ko‗p tarqalgan bo‗lib, tantalit-konsen-tratlarini qayta ishlashga asoslangan. Unda quyidagi asosiy jarayonlar bo‗ladi.
Qattiq suyultma va uni suv bilan ishlash. Bu jarayon natijasida: Fe(TaOj)2 + 6 NaOH = 2Na3TaO4 + FeO + 3H2O Fe(NbOj)2 + 6NaOH = 2Na3NbO4 + FeO + 3H2O
Xuddi shunday reaksiyani Mn(TaOj)2 va Mn(NbO3), lar bilan ham yozish mumkin.
Eritmaga suv bilan ishlov berilganda:
6Na3TaO4 + 30H2O - 4Na2O · 3Ta2O5 · 25H2O + 1 OnaOH
12Na3NbO4 + 43H2O - 2Na2O · 6Nb2O5 · 32H2O + 22 NaOH
Texnologik jarayonda eritmadagi kislorod ishtirokida FeO va MnO
bilan birga, Fe2O3 va Mn3O4 lar ham hosil bo‗ladi. Temir oksidlari eritmada Na2O · Fe2O3 ferit holida bo‗ladi va suv bilan ishlov berilganda parchalanadi:
Na2O · Fe2O3 + H2O - 2NaOH + Fe2O3
Ishqor bilan eritma hosil qilishda aralashmalarda kremniy (SiO2), qalay (SnO2), volfram, aluminitlar natriy gidrooksidi bilan eruvchan natriy tuzlarini (Na2SiO3, Na2SnO3, Na2HCO3, NaAlO2) hosil qiladi. Titan esa titanat natriy Na2TiO3 yoki erimaydigan Na2Ti2O5 hosil qilib, tantal va niobiy bilan cho‗kmada qoladi.
Agar jarayon ishqorning miqdori birmuncha ortiqcha holida olib borilsa, natriy niobiy yoki tantanlar cho‗kmada to‗liq qoladi. 7% li natriy ishqori eritmasida natriy niobiy 7Na2O · 6Nb2O5 · 32H2O 900C da 7,1 g/1 eriydi. Shuning uchun jarayon 5% dan kam bo ‗lmagan ishqor bilan amalga oshiriladi.
Hosil bo‗lgan suvli eritma tindiriladi va cho‗kmani birinchi marta 5% li NaOH bo‗lgan issiq suv bilan yuviladi, chunki bunda tantal va niobiy eritmaga o‗tib ketmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |