Boshqa metall sulfitlarining oksidlanishi. Ya‘ni:
MeS + 3/2O2 = MeO + SO2 2SO2 + O2 - 2SO3
so ‗ng MeO + SO3 = MeSO4 hosil bo‗ladi, reaksiya tarkibidagi
CaCO3 + SO3 = CaSO4 + CO2
holida reaksiyaga kirishadi.
Molibden uch oksidining sulfidlari, korbonitlari, metall oksidlari 500—600°C li haroratda hosil bo‗la boshlaydi, ya‘ni:
CaCO3 + MoO3 = CaMoO4 + CO2 CuO + MoO3 = CuMoO4
CuSO4 + MoO3 - CuMoO4 + SO3
bunda avval:
hosil bo‗ladi:
SO 2 + O 2 = SO 3 ZnO + MoO 3 - ZnMoO 4 PbO + MoO 3 - PbMoO 4
Ferromolibden tuzi esa havosi so‗rib olingan idishda hosil bo‗ladi. Uni havoli joyda qizdirilsa, unda Fe2O3 va MoO3 ham oksidlanib parchalanadi. Toza MoO3 ishlab chiqarlsh texnologiyasi. Bu texnologik usulni amalga oshirishda jarayon yuqori bosimda olib boriladi, chunki bosim oshgan sari yuqori haroratda MoO3 bug‗lari hosil bo‗lib, ular chang zarrachalari holida uchib chiqa boshlaydi. Bu usulni bug ‗latish (vozgonka) bilan haydash deyiladi. MoO3 ning jarayoni 900 – 1100°C harorat oralig‗ida yaxshi boradi. Bu haroratda mineral tarkibidagi temir oksidi, kremniy oksidlari bug‗lanmaydi. Bu jarayonni amalga oshirish uchun aylanuvchi elektr o‗choqlarda kvarsdan tayyorlangan qozonchalarga (tigel) qizdirilgan molibdenit minerali quyiladi. Bu o‗choqlar 35°C da
egilgan bo‗lishi kerak. Qozonchalar 900 - 11000C qizdirilganda, minerallar suyuqlanadi va bu qozonchalaming ustidan to‗xtovsiz ravishda havo yuborib turiladi. Bu havo hosil bo‗lgan MoO3 bug ‗larini olib ketib turadi va ular o‗z yo‗lida qopli elaklardan o‗tkazib turiladi va ushlab qolinadi.
Bu usulda olingan MoO3 99,95% miqdorida ajralib chiqadi hamda nihoyatda boshqa moddalardan sof holatda bo‗ladi.
Bundan tashqari, boshqa kimyoviy usullar bo‗lib, bunda molibdenit konsentrati yuqori haroratda qizdiriladi. Hosil bo‗lgan kuyindi ammiak bilan ishqorlanadi, ya‘ni:
MoO3 + 2NH4OH = (NH4) 2 MoO4 + H2O
Konsentrat tarkibidagi CaMoO4, MoO2 hamda molibdenit ammiakda erimaydi va chiqindi tarkibida qoladi.
Qizdirish natijasida hosil bo‗lgan molibden tuzlari, mis va rux sulfitlari (xuddi shunday nikel ham) ammiakli suvda yaxshi eriydi va ular komplekslar holida eritmaga o‗tadi:
MeMoO4+ 6NH4OH = [Me(NH3)J(OH)2+ (NHJ2MoO4+ 4H2O MeSO4 + 6NH4OH = [Me(NH3)J(OH)2+ (NHJ2SO4 + 4H2O
Ferromolibdat ammiakli suvda parchalanadi, lekin bu reaksiya juda sust boradi. Shuning uchun ular molibdenit zarrachalari yuzasida gidroksid va gidrooqsillar holida yupqa pardalar hosil bo‗lishiga olib keladi hamda ular molibdenitlarning erishini kamaytiradi.
Eritmada hosil bo‗lgan Fe+2 valentli birikmalari esa yaxshi eriydi hamda temirning ammiakli komplekslarini hosil qiladi:
Fe(OH)2+ 6HN4OH = [Fe(NH3)J(OH)2+ 6H2O
Bu usulda olingan molibdenning miqdori 80–95% ni tashkil qiladi. Chiqindilarning miqdori 10% dan 30% gacha bo‗lib, unda qoladigan molibden miqdori 5% dan 25% gacha bo‗lishi mumkin. Shuning uchun bu chiqindilar yana texnologik qayta ishlashga yuboriladi.
Texnologik jarayon davomida quyidagilar suv bilan yuvilib turadi. Natijada uning tarkibidagi MoO3 qisman suvda eruvchan bo‗lgani uchun, uning miqdori suvli eritmada 3–5 g/1 ni tashkil qiladi va bu eritma texnologik tizimga qaytariladi.
Ishlab chiqarish korxonalarida kuyindilar (molibdenit kuyindilari) 8—
10 % ammiak bilan ishqorlanadi va bu jarayon 3–4 marta amalga oshiriladi. Bundan maqsad molibdenni to‗liq olishdir.
Birinchi va ikkinchi ishqorlangan eritmalarni bir-biriga qo‗shib, temir va mis ionlaridan tozalash uchun yuboriladi.
Qolgan ishqorlash natijasida hosil bo‗lgan eritmalar esa texnologik qismning boshlang‗ich qismiga yuboriladi. Har qaysi ishqorlash bosqichidan so ‗ng eritma elakdan o‗tkaziladi va cho‗kma suv bilan yuviladi. Suv bilan yuvilgan eritma tizimga qaytariladi, ya‘ni, yana qayta ishlashga yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |