Kislotalar bilan parchalash (2.8.–rasm). Chiqindilar tarkibida
–rasm. Chiqindilardan molibden olish texnalogiyasi.
volframning tarkibi 3–5% dan ko‗p bo‗lsa, ularni kislotalar bilan parchalash yaxshi natija beradi. Bu usulda chiqindilarga qayta ishlov berishda 30% li HCl aratashtirilib, jarayon qizdirish bilan olib boriladi. Bunda chiqindi tarkibidagi hamma turdagi molibden birikmalari xlorid kislotasida yaxshi eriydigan molibden kislotasi holida eritmaga o‗tadi.
Xuddi shu tarzda eritmaga temir, mis, kalsiy va aralashmalar ham erib o‗tadi. Chiqindi tarkibidagi sheelit va volframit holidagi volfram qisman eriydi. Kislotada erimay (parchalanmay) qolgan volfram, SiO2, MoO2, MoS2, cho‗kmada qoladi. Nordon aralashmani (pulpani) ammiakli suv bilan pH=2,5—3 gacha neytrallansa, temir molibdati molibden kislotasi bilan aralashgan holda polimolibdatlar bilan birga cho‗kmaga tushadi. Eritmada esa kalsiy, qisman temir, mis va boshqa aralashmalar qoladi.
Cho‗kma fltrlangandan so‗ng uni 580–6000C da MoO2 va MoS2 lar bilan birga oksidlanadi. Hosil bo ‗lgan kuyindi ammiakli suv bilan ishqorlanadi. Bunday usulda chiqindilar tarkibidagi molibdenni ajratib olish 80—85% ni tashkil qiladi.
2.10. Kuydirish jarayonining amaliyoti.
Mis-molibdenli rudalar boshqa turdagi va organik moddalari bo‗lgan konsentratlar bo‗lib, ularning tarkibi molibden bilan bir qatorda, ko‗p miqdorda temir, mis va boshqa aralashmalardan tashkil topgan bo‗ladi. Bunday konsentratlarda molibden molibdenit holida bo‗lmasdan, povellit va molibdit shaklida ham bo‗lishi mumkin.
Boshqa turdagi konsentratlarda molibdenning miqdori taxminan 5% dan 20% gacha bo‗lib, uning tarkibida mis va temir juda ko‗p bo‗ladi.
Masalan, mis-molibden rudalarini boyitish natijasida olinadigan boshqa turdagi konsentratlarning tarkibi taxminan quyidagicha bo‗ladi: 15–20% Mo, 3–5% Cu, 12-13% SiO2, 10–15% Fe, 20–25% S dan
iborat. Tarkibida povellit bo‗lgan boshqa turdagi molibden konsentratida 5–6% molibden bo‗ladi. Bunday konsentratlar asosan oksidlash jarayoni va soda eritmasi bilan ishqorlash, ulardan texnik kalsiy molibdati olishga asoslangan bo‗lib, uning texnologik jarayoni 2.9.– chizmadagi ko‗rinishga ega bo‗ladi.
Bu konsentratlar oksidlash jarayonidan so‗ng sodali eritma bilan ishqorlanadi. Chunki kuyindi tarkibidagi hamma molibdatlar oson parchalanadi.
Ishqorlash. Soda eritmasi bilan ishqorlash natijasida quyidagi reaksiyalar sodir bo‗ladi:
MoO3 + Na2CO3 = Na2MoO4 + CO2
2CuMoO4 + 2Na2CO3 + H2O = 2Na2MoO4 + CuCO3- Cu(OH)2 + CO2 FeMoO4 + Na2CO3 + H2O = Na2MoO4 + Fe(OH)2 + CO2
CaMoO, + Na,CO, = Na1MoO, + CaCO
Ishqorlash (2.9. – rasm) natijasida eritmaga ma‘lum qism miqdorda kremniy, fosfor, margimush, qisman mis (beqaror kompleks holidagi XCuCO3· yNa2CO3) erigan holda o‗tadi. Ishqorlashning oxirgi bosqichida eritma neytral yoki kuchsiz ishqoriy muhitda bo‗lgani uchun mis karbonatlari holida cho‗kmaga tushadi. Xuddi shu sharoitda eritmadagi kremniy ham gidrolizga uchrab (Na2SiO3 dan H2SiO3 ga o‗tadi), cho‗kmaga tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |