– rasm. Molibden konsentratlarini parchalash texnalogiyasi.
Ishqorlash jarayoni 80–100% soda eritmasi bilan 4–5 bosqichda qarama-qarshi yo‗nalishda olib boriladi. Bu tarzdagi jarayon sodadan unumli foydalanish va eritmani pH=8–8,7 larga olib keladi. Hosil bolgan eritma filtrlanib bo‗lganidan so‗ng uning tarkibidagi molibden 1 litrda 50– 70 grammni tashkil qiladi va bu eritma kalsiy molibdat holida cho‗kmaga tushirish uchun yuboriladi.
Kalsiy molibdatni cho‘ktirish. Cho ‗ktirish uchun kalsiy xlorid eritmasidan foydalaniladi. Cho‗ktirish jarayoni eritmani 80–900C qizdirib olib boriladi. Kalsiy molibdatning to‗liq cho‗kishi eritmani pH iga, kalsiy xloridning miqdoriga va eritmadagi molibdenning miqdoriga bog‗liq bo‗ladi. Kalsiy molibdenni 97–98% cho‗ktirish jarayoni kuchsiz ishqoriy sharoitda, 10–15% kalsiy xloridi ko‗proq holda olib boriladi.
Hosil bo‗lgan oq mayda kalsiy molibdat kristallari sulfatlardan suv bilan yuvib tashlanadi va 600–7000C da qizdiriladi. Filtrlab olingan nordon eritma tarkibida taxminan 1% atrofida molibden qoladi, uni ionitlardan adsorbsiyalab ajratib olinadi. Ionitlardan ammiakli eritmadagi molibdenni konsentratsiyasi 50–70 g/1 ni tashkil qiladi.
Kuydirilgan molibden boyitmalarini gidrometallurgik usulda qayta ishlash
Molibden oksidi – MoO3, yuqorida aytilganidek, MoS2 yondirilganda yoki Mo qizdirilganda hosil bo‗ladi. U oq kukun bo‗lib, suvda oz eriydi, ammo konsentrlangan qaynoq sulfat va xlorid kislotada, shuningdek, ammiakda yaxshi eriydi.
MoO3 ga muvofiq keladigan kislota molibdat kislota H2MoO4 dir. H2MoO4 – oq kukun bo‗lib, suvda juda oz eriydi. Uning tuzlari molibdatlar deb ataladi. Molibdatlar rangsizdir. H2MoO4 da amfoterlik xossalari bor u ishqorlarda va ammiakda erib, molibdatlar hosil qiladi, kislotalarda ham eriydi; kuchsiz kislotada eriganda Mo2O7" tuzlari, kuchli
2
kislotada eriganda esa MoO +2 molibdenil tuzlari hosil bo‗ladi. Ko ‗pgina
molibdatlar kompleks birikmalar bo‗lib, tarkibi murakkabdir. Ulardan ammoniy molibdat (NH4)2MoO24 . 4H2O analitik kimyoda fosfat ionini topish va fosfat miqdorini aniqlash uchun ishlatiladi. Ammoniy molibdatning nitrat kislotadagi eritmasi fosfat bilan reaksiyaga kirishganda (NH4)2PO4- 12MoO3- 6H2O tarkibli sariq cho‗kma hosil bo‗ladi. Mo o‗simliklar uchun zarur bo ‗lgan mikroelementdir. O‗simliklarning azot, fosfor va kalsiyni o‗zlashtirishida Mo ning ahamiyati katta.
Masalan, Mo dukkakli o ‗simliklar va azotobakteriyalar faoliyatini oshiradi, ya‘ni azotning bog‗lanishiga yordam beradi. Mo o‗simliklar orqali hayvon organizmiga ham o‗tadi, ammo Mo ning ortiqcha miqdoridan o‗simliklar ham, hayvonlar ham kasallanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |