XORAZM VILOYATI
XONQA TUMAN XTMFMTTEB ga qarashli 23-SONLI
UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABINING ONA TILI VA ADABIYOTI FANI O’QITUVCHISI
BOLTAYEVA ZUMRADNING
“SIFATLARNING TUZILISHIGA KO’RA TURLARI . SODDA SIFAT”
MAVZUSI BO’YICHA 2017 YIL 13 MART KUNI O’TKAZILGAN
OCHIQ DARS ISHLANMASI
Xonqa – 2017 yil
DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
Mavzu:
|
Sodda sifat
|
Maqsad
va
vazifalar
|
Ta’limiy: O‘quvchilarni sodda sifatlar bilan tanishtirish. Sifatlarning o’ziga xos xususiyatlarini yetkazish.
Tarbiyaviy: O`zgalarni fikrini hurmat qilishga o’rgatish. Guruhdagi boshqa o’rtoqlarining javoblarini tinglash ko`nikmasiga ega bo`ladi va o`g`zaki va yozma nutqining o`sishi kuzatiladi.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning mustaqil ish bajarish qobiliyatini shakllantirish, chiroyli yozish malakalarini imloviy savodxonliklarini oshirish.
|
O’quv jarayoninig mazmuni
|
O’tilgan mavzu bilan yangi mavzuni bog’lash. Yangi mavzuning o’ziga xos xususiyatlarini izohlash.
Asliy va nisbiy sifatlar haqida ma’lumot berish. Bilim, ko’nikma va malakalarini amaliyotda qo’llash.
|
O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
|
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Jihoz: Darslik, tarqatma varaqalar kartochkalar va rasmlar, kopyuter, test varaqlari, kompakt disk.
Nazorat: Yozma nazorat, savol-javob, test
Usul: “Aqliy hujum” ,“Klaster”, Tezkor savol –javob” “Blis so`rov” “Venn diagrammasi”
Baholash: 5 balli tizim asosida, rag`batlantirish.
|
Kutiladigan natija:
|
O‘qituvchi: Mavzuning barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishish, o`quvchilarning ravon, tog`ri nutqini nazorat qilish va qoidalarni yod olib takomillashishiga erishish, ularni ona tili materiallarini o’rganishga qiziqtirish. O`quvchilarni faollashtrish yo`llarini belgilash va qo`yilgan maqsadga to`liq erishish.
|
|
O‘quvchi: To’g’ri, ongli va mazmunli o’rganadi, turli mashqlar vositasida chiroyli yozish malakalari takomillashtiriladi. Oddiy darajadagi sifatlar haqida tushunchalari kengayadi. Qisqa vaqt ichida ko’p ma’lumotga ega bo’ladi.
|
Kelgusi rejalar:
|
O’qituvchi: Yangi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirishi va darsga tatbiq etishi. O’z ustida ishlash. Pedagogik mahoratni oshirish.
|
|
O’quvchi: Mavzu bilan mustaqil ishlashga o’rganish. O’z fikrini erkin bayon qila oladi. Shu mavzu bo’yicha qo’shimcha ma’lumot izlaydi, ularni o’rganadi. Do’stona muhitda, hamkorlikda ishlash ko’nikmasi shakllanadi.
|
Darsning blok-sxemasi
Darsning bosqichlari
|
Belgilangan vaqt
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
17 daqiqa
|
Dars yakuni. Baholash
|
3 daqiqa
|
Uyga vazifa berish
|
2 daqiqa
|
Darsning mavzusi:
Darsning shiori: Chiroyli yoz, yozsang xat
Chunki bu ham zo’r san’at
Darsning borishi
1 Bosqich
Tashkiliy qism
O`qituvchi sinf xonasiga kirib davomatni aniqlaydi va sinf xonasining tozaligiga e’tibor beradi . O`quvchilarning darsga tayyorgarligini nazorat qiladi. Navbatchining axboroti tinglanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |