Yurtimizda bo’layotgan yangiliklar haqida o’quvchilardan so’raladi. O’qutuvchi javoblarni izohlaydi. Qo’shimcha ma’lumotlar beradi.
2 Bosqich
O'tilgan mavzuni mustahkamlash
O’qituvchi: O’quvchilar biz o’tgan darsimizda qaysi mavzunini o`rgangan edik edik?
O’quvchi: Biz sifatlarning tuzilishiga ko`ra turlari mavzusini o’tgan edik.
O’qituvchi: Yaxshi, kelinglar o’tgan mavzumizni takrorlaymiz.
O`qituvchi o`quvchilarni 3 guruhga ajratadi va nomlaydi .
1-guruh 2- guruh 3-guruh
O’quvchilarga savollar beriladi.
1-guruh
1. -iy, -viy qo‘shimchalarining ishlatilish o‘rinlari haqida gapiring.
2. -gi, -ki, -qi qo‘shimchalari va ularning imlosi to‘g‘risida so‘zlab bering.
3. -simon qo‘shimchasi yordamida so‘zlar yasang.
2-guruh
1. Takroriy sifatning juft sifatdan qanday farqi bor?
2. Qanday sifatlarga sodda sifatlar deyiladi?
3- guruh
1. Ikki asosdan iborat bo’lgan sifatlar qanday sifat bo’ladi?
2. Sifatlar gapda qanday vazifani bajaradi?
( O’qituvchi variant)
1. -(u)iy qo‘shimchasi xoslik belqisini bildiruvchi sifatlar yasaydi.
2. -gi (-ki) qo‘shimchasi payt bildiruvchi otlarga qo‘shilib
3 paytga xos belgini, -simon qo‘shimchasi o‘xshashlik belgisini,
4. Juft sifatlar yaqin ma’noli yoki zid ma’noli so’zlardan tuziladi. Takroriy sifatlar esa bir asosning aynan takrorlanishidan hosil bo’ladi.
5 Bir asosli sifatlar sodda sifatlar deyiladi.
5. Qo’shma sidatlar deyiladi.
6. Sifatlar gapda aniqlovchi, kesim vazifasida keladi.
“Klaster”
(O’qituvchi variant)
Sodda sifat tuzilishiga ko`ra bir asosdan iborat bo`ladi.
Sodda sifatga misollar
3 – Bosqich
Yangi mavzu bayoni
guruhga 1-topshiriqni bajartirish.
guruhga 2- topshiriqni bajartirish
-roq qo’shimchasini oladi -roq qo’shimchasini olmaydi
Mazaliroq ro’molli
Go’zalroq sermeva
Chiroyliroq erksevar
Qip-qizil paxtali
guruhga “Bilib oling” rukni ostidagi ma’lumotni mustaqil o’qish, va izohlashni topshirish. Venn diagrammasidan foydalanish.
Har 3 guruhning javoblarini eshitish va xulosalash.
339-mashq
337-mashq.Gaplarni ko‘chiring. Ajratib ko‘rsatilgan sifatlarning tuzilishiga ko‘ra turini aniqlang.
1. Barcha ezguliklar zamirida xosiyatli orzular yotadi. (A.Ibrohimov) 2. Tuproq qatlami qalin, sersuv yerlarda o‘sgan ar-chalar yo‘g‘on va bo‘ydor bo‘ladi. (Y.Qarshiboyev) 3. Atrofdagi hov-lilardan ko‘tarilgan tutunlar ko‘kimtir, mayin mavj bilan tiniq, so-vuq havoda suzadi. (Oybek) 4. Bobur mirzo mardona ishlar qilib Samarqand bilan Andijonni birlashtirganda men ... suyungan edim. (P.Qodirov) 5. Qo‘limda bitta sigir bor. Jonivor juda sersut, qaymog‘i suzsangiz bir enlik keladi. (O‘.Umarbekov) 6. Bu bog‘lar ichida oq qizg‘ish, nafis, havorang marmardan qurilgan ko‘rkam binolar, ko‘shklar, kichik-kichik saroylar ko‘zga tashlanadi. (Mirkarim Osim)
Mustahkamlash bosqichi
“Blis – so`rov”
-
|
Quyidagi jumlalarda berilgan sifatlarning tuzilishiga ko`ra turlarini aniqlang
|
sodda
|
Qo`shma
|
takror
|
1
|
1. Barcha ezguliklar zamirida xosiyatli orzular yotadi. (A.Ibrohimov)
|
+
|
|
|
2
|
kichik-kichik saroylar ko‘zga tashlanadi.
|
|
|
+
|
3
|
Qo‘limda bitta sigir bor. Jonivor juda sersut, qaymog‘i suzsangiz bir enlik keladi.
|
|
|
|
4
|
Atrofdagi hov-lilardan ko‘tarilgan tutunlar ko‘kimtir, mayin mavj bilan tiniq, so-vuq havoda suzadi.
|
|
|
|
5
|
havorang marmardan qurilgan ko‘rkam binolar,
|
|
|
+
|
6
|
. Bobur mirzo mardona ishlar qilib Samarqand bilan Andijonni birlashtirganda men ... suyungan edim.
|
+
|
|
|
338-mashq.»Biz tabiat farzandlarimiz» o‘yinini uyushtiring. Buning uchun ikki guruhga bo‘lining. Boychechak, chuchmoma, devpechak, chumchuqko ‘z, otquloq kabi o‘simliklarga xos bo‘lgan belgilarni topish bo‘yicha musobaqa o‘tkazing.
1-guruh
Boychechak, chuchmoma kabi o‘simliklarga xos bo‘lgan belgilarni topish
2-guruh
devpechak, chumchuqko ‘z kabi o‘simliklarga xos bo‘lgan belgilarni yozish
3-guruh
Otquloq, yalpiz kabi o‘simliklarga xos bo‘lgan belgilarni yozish
“Uchbuchak” o’yini o’tkazish.
1-Guruh
Unga bag’ishlab sh’er Uni ta’riflang
yoki qo’shiq ayting
Uyadosh so’z tanlang
2-Guruh
Unga bag’ishlab sh’er Uni ta’riflang
yoki qo’shiq ayting
Uyadosh so’z tanlang
3-Guruh
Unga bag’ishlab sh’er Uni ta’riflang
yoki qo’shiq ayting
Uyadosh so’z tanlang
339-mashq.Matnni ko‘chiring. Sodda sifatlarni aniqlab, ularga izoh bering.Cho‘l-u biyobon. Keng, ulug‘vor sahrolar ufqdan-ufqqa tu-tashgan. Kuz fasli. Shamollar mayin, yoqimli esadi. Tiniq, ko‘m-ko‘k osmonda onda-sonda yengil bulutlar asta kezadi. Yuksak tog‘lar tumanda. Men tomosha qilib boraman, xayol qanotida go‘yo sahrolar, tog‘lar kezaman. Bulutlar rang-barang, ranglar tinmay o‘zgaradi. «Tabiatning siri, ma’nosi chuqur», – deyman ichimda. (Oybek)
1-guruhga
1 . Sifatlar tuzilishiga ko‘ra necha xil bo‘ladi?
2-guruhga
2. Sodda sifatlar deb nimaga aytiladi?
3-guruhga
3. Sodda sifatlarga xos bo‘lgan belgilar haqida so‘zlab bering.
340-mashq.Uyga vazifa. «Sizni ulug‘laymiz, bobodehqon!» mavzusida
matn tuzing. Unda sodda sifatlardan foydalaning.
Xulosa.
Xulosa qilib aytganda men o’z oldimga maqsad qilib qoygan rejalarimni o’z joyida ishlatdim va o’quvchilarga suhbat, savol javob “Bliss so’rov ” jadvalda yozish, klaster usullaridan foydalanib, yangi mavzuni yoritishga harakat qildim.
Ushbu darsda o’quvchilar “ Venn diagrammasi” , “ Klaster” , “Bliss so’rov”, “Aqliy hujum” usullari vositasida tezkor fikr yuritish, xotirani mustahkamlash, gaplarni eslab yozish, topqirlik kabi ko’nikmalarni egallashda yordam berdi.
Guruhlarda ishlash esa o’quvchilarda o’zaro fikr almashish, muamola qilish, birdamlik va hamjihatlik, guruh uchun ma’suliyatni his etish kabi munosabatlarni shakllantirishda yordam berdi.
Xulosa qilib aytgan o`quvchilarni bilim, ko`nikma va malakalarini o`stirish uchun har bir o`qituvchi yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib , o`quvchilarni mustaqil ishlashga , o`zaro fikr almashish , guruhlarda ishlash, erkin firkrini bayon qilish kabi xislatlarini namoyon qilishiga undash kerak .
Do'stlaringiz bilan baham: |