Farzandlarning muvaffaqqiyati otalar va onalarning bolani rivojlantirish bo’yicha uyda
mashg’ulotlar o’tkazishiga bog’liq.
Xuddi onalarda bo’lgani kabi otalar ham agar qonaqarsiz nutqiy ko’nikmalarga ega
bo’lsalar yoki savodxonlik darajalari past bo’lsa, o’z farzandlari savodxon bo’lishiga
intilishlari barobarida o’zlari ham bilimlarini oshirish uchun qo’shimcha turtkiga ega
bo’ladilar.
Ota-onalarning o’z ota-onalik majburiyatlarini bajarish usullari nafaqat chaqaloq va
kichik
yoshdagi bolalarning ravnaqi, balki uning aqliy rivojlanishiga ham ta’sir
ko’rsatadi.
Ota va ona tomonidan bolaga nisbatan yuqori darajada hushyorlik (g’amxo’rlik) kichik
yoshdagi bolalarning “bolalar muassasasiga tayyorligi” darajasiga ta’sir ko’rsatadi.
Otalar va onalarda bunday hushyorlikni rivojlantirishning eng optimal usuli – ularga
chaqaloqlari berayotgan belgilarga qanday munosabat bildirish hamda juda kichik
yoshdagi bolalar bilan qanday qilib sifatli o’zaro munosabatni shakllantirishni
o’rgatishdan iborat.
Otalar va onalarni o’qitish hamda ular rivojlanishda ortda qolayotgan yoki maxsus
ehtiyojlarga ega chaqaloqlari va kattaroq yoshdagi
farzandlari bilan muntazam
ravishda shug’ullanishlarga undash juda muhim ahamiyatga ega bo’lishi va nafaqat
bolalar va otalar uchun, ayni chog’da onalar uchun ham foydali bo’lishi mumkin.
Bolalar hayotida otalar tomonidan zo’ravonlikni kamaytirish
Albatta, erkaklarning xulqi shirraki va beshafqat bo’ladigan bo’lsa, oila a’zolarining
xavfsizligi bevosita tahlika ostida bo’ladi.
Bolalar himoyasi xususida gap ketganida, ko’pchilik erkaklar mutaxassislar ongiga
faqat qaltis vaziyatlardagina “uchib kiradilar”.
Vaholanki, otalar bilan
eng boshidan
ish olib boriladigan bo’lsa
(buni aynan patronaj xodimlar ajoyib uddalashlari mumkin), tahlikalarni yaxshiroq
baholash va boshqarish ehtimoli yuqori bo’ladi va
bu esa ehtimoliy zararlarni
kamaytiradi.
Otalar bilan dastlabki bosqichlarda, ya’ni tang holat yuzaga kelgunga qadar ish
boshlansa, ularga otalik majburiyatini bajarishning kerakli usulni egallashda
yordam berishni yengillashtiradi va natijada bu tang vaziyatlar yuzaga
kelishining oldini olishga sabab bo’lishi mumkin.
Mavjud ma’lumotlarga qaraganda, o’zlarining noqonuniy harakatlari uchun
javob
berishga to’g’ri kelishi
hamda
diqqat
-
e’tiborni ularning ota sifatidagi maqomlariga
qaratilishi
xulqini o’zgartirishi uchun kuchli rag’batlantiruvchi omil bo’lishi mumkin.
Kuch ishlatishga moyil bo’lgan erkaklar zimmasiga o’z
harakatlari va mazkur
harakatlarning farzandlariga ta’siri uchun barcha mas’uliyatni yuklash barcha oila
uchun yaxshi natijalarga olib kelishi mumkin.
Ma’lumki, ba’zi hollarda farzandlar o’z otalarini umuman ko’rmasliklari afzal bo’ladi,
ammo bunday yechim juda kam holatlarda yagona to’g’ri yo’l bo’ladi. Ko’pchilik
farzandlar baribir u to’g’risida o’ylaydilar va qayg’uradilar va bunda u to’g’risida
vahshiy yoki eng yaxshi inson sifatida o’ylaydilar va yoki yonlarida uning yo’qligida
o’zlarini ayblaydilar. Oilaning ota bilan ayrilib ketishi u bilan muloqotga chek
qo’yilishini anglatmaydi. Bundan tashqari, zo’ravonlik qilishga moyil erkak oilani tark
etganida odatda u o’z farzandlari bilan yoki o’gay farzandlar bilan o’zaro
munosabatlarni davom ettiradi.
Bolalar hayotida otalar tomonidan zo’ravonlikni kamaytirish
AQSh, Nyu-York shtatining Buffalo shahrida yangi tug’ilgan chaqaloqlarning onalari
va otalariga bolalarni silkish xavfli ekanligi to’g’risida ma’lumot tarqatilgan va ularga
bolalarga qanday munosabatda bo’lish (masalan, bolaning doimiy yig’lashi
muammosini qanday qilib xavfsiz yo’l bilan hal qilish) to’g’risida yozma materiallar,
o’rgatuvchi plakatlar va video-lavhalar taqdim etilgan.
Xodimlarni tayyorlash dasturiga bolani parvarishlashga albatta otalarni jalb qilish
masalalari kiritilgan. Tug’ruqxonadan chiqishdan oldin ota-onalar (onalarning 96 foizi,
otalarning 76 foizi) ma’lumotni qabul qilganliklari va tushunganliklari to’g’risida
“majburiyat”ni imzolaganlar.
Xodimlarni tayyorlash dasturiga bolani parvarishlashga albatta otalarni jalb qilish
masalalari kiritilgan. Tug’ruqxonadan chiqishdan oldin ota-onalar (onalarning 96 foizi,
otalarning 76 foizi) ma’lumotni qabul qilganliklari va tushunganliklari to’g’risida
“majburiyat”ni imzolaganlar.
Ko’plab
patronaj xizmat xodimlari, shuningdek ular ish olib borayotgan otalar va
onalar uchun onalik “oltin standart” sanalib, u bilan otalarni solishtiradilar, va odatda
otalar bu standartlarga javob berolmaydilar. Jamiyatda otalarning bolani parvarishlashi
xususida noto’g’ri fikrlar o’rnashib qolgan. Bunday fikrlar asosan qabul qilinadi.
Masalan, “o’z tabiatiga ko’ra” otalar chaqaloqlar va kichik yoshdagi bolalarga xuddi
onalarchalik qaray olmaydilar degan tushuncha mavjud. Olib borilgan nazariy
tadqiqotlar natijasida chaqaloqlarga hushyor qarash borasida jinslar o’rtasida sezilarli
darajadagi biologik asoslangan farq aniqlanmagan (tanishish uchun quyidagi maqolaga
qarang Lamb et al, 1987). “G’amxo’rlik garmonlari” darajasi farzandlari tug’ilguniga
qadar “chaqaloq stimuli”ta’sirida bo’lgan va undan keyin
farzandlari bilan bevosita
muloqtda bo’lgan ayollarda ham erkaklarda ham bir xil ekan (Feldman et al, 2010).
Bundan ko’rinib turibdiki, otalarning e’tiborliligi chaqaloqlarini parvarishlash
bo’yicha o’z zimmalariga qay darajada mas’uliyat olganliklaridan kelib chiqqan holda
turlicha bo’lishi mumkin ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: