“Bola tarbiyasiga ota va onaning har ikkalasi kirishsa, har birining farzandiga nisbatan
xushyorligi (hamda farzandlarining ularga bog’langanligi) ortadi”.
Otani uy yumushlariga va bola parvarishiga jalb qilish ayollarning imkoniyatlarini
kengaytirish nuqtai-nazaridan ham muhimdir.
YOlg’iz onalarning bandlik ko’rsatkichlari to’liq oiladagi onalarnikiga nisbatan
pastroq bo’lishiga sabablardan biri – bunday xonadonlarda bola parvarishi bilan
bog’liq bo’lgan majburiyatlarning bir qismini o’z
zimmasiga oladigan turmush
o’rtog’ining mavjud emasligidan iborat.
O’z farzandlari bilan yaqin bog’liqliklari bor otalar uzoqroq yashaydilar, ruhiy va
jismoniy salomatlikda kamroq muammolarga duch keladilar.
Ular spirtli ichimliklarga ruju’ qo’yishlari va giyohvand moddalar iste’mol qilishlari
ehtimoli pastroq.
Ularning mehnat samaradorligi yuqoriroq bo’ladi.
Ular o’zlarini baxtliroq ekanliklarini aytadilar.
G’amxo’rlik ko’rsatgan otalar shunchalik o’zlaridan qoniqqan va xushyor bo’ladilar.
Bolani bevosita parvarish qilish zo’ravonlik qilishga
moyillikni kamaytirishi
mumkinligi ehtimoli mavjud.
Bolani parvarishlash erkaklarda miya va gormonlardagi o’zgarishlar yuz berishiga
sabab bo’ladi (xuddi ayollarda bo’lgani kabi)
Erkaklar chaqaloq farzandlarini 15 daqiqa davomida qo’llarida ko’tarib turganlarida
ularda qanoatG’ishonch (oksitotsin), chaqaloqlarga nisbatan xushyorlik (kortizol) va
zurriyotni yetishtirishG’emizishG’bog’liqlik (prolaktin) gormonlarining miqdorlari
ortganligi kuzatiladi
Otalik institutining bergan ma’lumotlariga
qaraganda, tadqiqotlar natijalari
quyidagilarni ko’rsatadi:
Homiladorlik davridagi asoratlar xavfidan xabardor bo’lgan erkaklar o’z turmush
o’rtoqlarining kerakli xizmatlardan foydalanishlarini qo’llab-quvvatlaydilar;
Xotirjam va qo’llab-quvvatlovchi erkaklari (turmush o’rtoqlari) bo’lgan onalar
tug’ruqdan osonroq o’tar ekanlar;
Otaning tug’ruq vaqtida ishtirok etishi ota-onaning munosabatlarini
mustahkamlashi
mumkin.
Onaning onalikka ko’nikishiga eng yaxshi ta’sir ko’rsatuvchi narsa – bu uning
juftining otalikka ko’nikishidir.
Otalarning yordam berishga tayyorligi onalarda o’z majburiyatlarini bajarishlari bilan
bog’liq bo’lgan stress va depressiyaning pasayishiga, tug’ruqning yengilroq o’tishiga
hamda farazndini ko’krak suti bilan boqishga tayyor bo’lgan ayollarning soni ortishiga
olib keladi.
Otalar onalarning o’z salomatliklariga nisbatan munosabatlariga sezilarli darajada
ta’sir ko’rsatadilar. Chekuvchi homilador ayollar orasida ularga nisbatan e’tiborli
juftlarga ega bo’lganlari qolganlariga nisbatan chekishni 36 foizga kamaytirganlar.
Onalar ko’krak suti bilan boqishni boshlashlari va uning davom ettirishlariga aynan
otalar kuchli ta’sir ko’rsatar ekanlar.
Onaning farzandiga bo’lgan munosabatiga ham ta’sir qiladi:
agar otalar ichkilikka
ruju’ qo’ygan bo’lsalar, ona bilan bola o’rtasidagi bog’liqlikning zaif bo’lish ehtimoli
ikki barobar yuqori bo’ladi
Otalari ular bilan faol ravishda shug’ullanayotgan bolalar nisbatan xushyorroq
bo’ladilar;
Farzandlar xulqlarida kamroq muammo chiqaradilar va bolalar muassasalarida
yaxshiroq natijalar ko’rsatadilar.
Keyinchalik, bunday bolalarda tartibni saqlash organlari bilan yoki giyohvand
moddalarG’spirtli ichimliklar su’iste’moli bilan bog’liq bo’lgan
muammolar yuzaga
kelishi ehtimoli kamroq.
“YAxshi ota” farzandlarni nobop holat va onaning depressiyasidan “himoya qilishi”
mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: