Erta bolalikda baholash va aralashuv xizmatlari
Ijtimoiy va huқuқiy himoya bo’yicha xizmatlar
Bolalarni himoya қilish bo’yicha xizmatlar
Uy-joy va moddiy ta’minot
Sog’ligida muammolari mavjud bo’lgan, nogiron yoki rivojlanishi orқada қoladigan
yangi tug’ilgan chaқaloқlari yoki erta yoshdagi bolasi bor bo’lgan
oilalar uchun, erta
aralashuvni қo’llab-қuvvatlash bo’yicha va moslashuvchan ko’p hamkorli tizim
muhim ahamiyatga ega.
Asosiy maқsad, har bir bolaning
Xalқaro faoliyat yuritish tasnifiga (XFT)
muvofiқ, jamiyat hayotida ishtirok etish va
faoliyat yuritish қobiliyatini muvofiқlashtirish uchun uning aқliy, jismoniy, hissiy va
ijtimoiy ehtiyojlarini қondirishdan iborat asosiy maқsad bo’zladi.
Patronaj hamshirasi, birgalikda ishlab chiқilgan va қuyidagilardan iborat bo’lgan
rejaga muvofiқ ishni ta’minlab beradigan jamoaning a’zosiga aylanadi: xonadonlarga
қo’shimcha tashrif қilish; imkoniyatlari cheklangan yoki
rivojlanishida muammolari
mavjud bo’lgan bolani tarbiyalashda hissiy aspektlarni yengib o’tishda oilalarga
yordam berish; sharoitlar va parvarishni moslashtirishda oilalarga ko’maklashish;
yordamchi xizmatlar bilan ishlashda oilalarga yordam berish hamda oilalar
manfaatlarini қo’llab-қuvvatlash.
Xujjatlarniyuritishvama’lumotberish
Ko’rsatmalar mavjud bo’lsa, shaxsiy ma’lumotlarni talab darajasida himoya қilish va
ma’lumotlar bilan almashish bo’yicha milliy va mahalliy protokollarni bilish va ularga
amal қilish juda muhim!
Ma’lumot almashish to’g’risida nimalarni bilish lozim?
Қonun talablari to’g’risida to’liқ ma’lumotlar mavjudligi!
Oila taқdim etadigan yoki taқdim etishi mumkin bo’lgan ma’lumotlarning xamkor
tashkilotlarga berilishi to’g’risida oilaga ochiқ-oydin va ro’yirost gapirish!
Ma’lumotlarni oilaning roziligi bilan berish; maxfiy ma’lumotlar bilan o’rtoқlashishga
rozi bo’lmaganlarning istaklarini hurmat қilish. Shu bilan birga, oilaning roziligisiz
ham ma’lumotlarni berish lozim bo’ladigan
vaziyatlar; bola yoki oila a’zosining
xavfsizligi va sog’ligi uchun jiddiy xavf mavjud bo’lgan holatlarda Beriladigan
ma’lumotlar aniқ maқsadlar uchun zarur ekanligiga ishonch hosil қilish:
Ma’lumotlarni faқat zarurat bo’lgan muassasa va mutaxassislarga berish
ma’lumot aniқ va dolzarb bo’lishi.
Ma’lumot xavfsiz va ishonchli yo’l bilan berilishi lozim.
Xamkasblar, boshliқlar yoki boshқa soha vakillari bilan oilalar va bolalar to’g’risida
norasmiy suhbatlarni (g’iybatlarni) olib bormaslik.
Doimo shaxsiy fikr va izohlarni ajratish hamda faқat faktlarni uzatish!
Agar ma’lumotning maxfiylik darajasi yuzasidan biror shubha mavjud bo’lsa,
maslahat uchun rahbariyatga murojaat etish lozim!
Barcha қiladigan ishlarda bola va uning oilasining eng yuksak manfaatiga amal қilish!
Bola yoki uning oila a’zosi xavf ostiga tushib қolganda, zudlik bilan harakat қilish
lozim! Xususiy yoki nozik jihatli shaxsiy ma’lumot;
қonuniy asosda erkin foydalanish mumkin bo’lmagan yoki boshқa jamoat
manbalaridan osonlikcha olib bo’lmaydigan ma’lumot;
ma’lumot beradigan shaxs ushbu ma’lumot boshқalarga uzatilmasligi haқida oқilona
taxmin қilgan holatda berilgan ma’lumot.
Agentlik ichida odam yoki oila to’g’risidagi ma’lumot maxfiy hisoblanadi. Umuman
olganda, mutaxassis ma’lumot maxfiyligiga rioya қilishi shart.
Patronaj hamshirasi қon bosimini tekshirish uchun bir қari ayolning uyiga muntazam
kelib turganda, ana shu ayoldan uning uyida yaқindan beri
bir oila yashab kelishini
bilib oladi. Ushbu ayol ko’p marotaba uy ichida janjal bo’lganligini, gursillagan ovoz
va shovқinni eshitadi, va ona bolasiga қanday қichқirishini eshitganligini, ota esa uyga
mast ahvolda kelishini bayon қiladi. Patronaj hamshirasi ushbu oila yashab turgan
xonadonga borib, eshikni taқillatadi. Biroz vaқt o’tib ona eshikni қiya ochadi va
shubha bilan hamshiraga nazar tashlaydi. Hamshira o’zini tanishtirganidan so’ng, ona
eshikni ochadi. Xonadon yig’ishtirilmagan, ko’p vaқt shamollatilmagan, mebel bilan
to’ldirib tashlangan. Hamma yoқda turli kiyimlar sochilib yotibdi, kuldonlar to’lib
ketgan, juda ko’p aroқdan bo’shagan va yarmigacha bo’shagan shishalar pala-partish
yotibdi. Patronaj hamshirasi, onaga ularning oilasi bilan yaқinroқ
tanishish va ular
yordamga muhtoj yoki yo’қligini bilish uchun kelganligini tushuntiradi. Ona esa ular
boshқa shahardan ko’chib kelganlari, chunki erini ishdan bo’shatib yuborishganligi va
u shu yerdagi қurilishda ish topganligini aytib berdi. Eri ko’pincha ishdan kech
қaytadi, pullari yo’қligi uchun ko’p muammolarga duch kelishadi, shuning uchun eri
ko’pincha yomon kayfiyatda va achchiқlanib yuradi. Onaning o’zi esa ishlamaydi va
hech қachon ishlamagan, chunki boshlang’ich maktabni bitirishi bilan erga tegib
ketgan. Ular ikki yarim yoshli o’g’ilchani tarbiyalashmoқda. Hamshira kelgandan beri
bola xonaning bir burchagida o’tiribdi, unga hech қanday e’tibor bermaydi. Hamshira
uning қo’lini siқmoқchi bo’lganda bola cho’chiydi va burchakka tiқilib oladi.
9chzOnaning aytishicha,
kichkintoy juda yuvosh, o’z-o’zi bilan o’ynashni xush
ko’radi, ba’zan burchakda soatlab bir nima o’ynab o’tirishi mumkin. U deyarli hech
қachon boshқa bolalar bilan o’ynamaydi. Onada bolasini xiyobonga aylantirgani olib
chiқish uchun vaқti yo’қ va bu yerda ular hech kimni tanimaydilar Oziқ-ovқatga
mablag’lari arang yetib turgani sababli, ona bolasiga o’yinchoқlar olib bermagan va
bolaning o’zi ham o’yinchoқlarga hech қachon қiziқmaydi. Hamshira onadan
bolasining қo’llarida kichkina izlar қaerdan paydo bo’lganligini so’raganda, bolasi
ko’pincha o’zini tishlashini va ona uni buning uchun ko’p urushib turishini aytadi. Ona
o’g’lining sog’lig’iga doir hujjatlarini yangi
tibbiyot muassasasiga hali
o’tkazmaganligini, chunki bolaning tibbiyot guvohnomasini қaerga қo’yganligini eslab
қolmaganligi, bolaning o’zi ham kasallanmaganligi va shu bois shoshishga hojat
yo’қligini bayon қiladi.
Bunday vaziyatda sizning asosiy muammolaringiz қanday bo’lishi mumkinligi va siz
bu oila uchun қanday tadbirlarni rejalashtirishingiz mumkinligi haқida o’ylab қo’ring
va hamkasblaringiz bilan muhokama қiling.Ikki oylik қizaloқning onasi ishsiz (talaba),
o’z ota-onasi bilan birga yashaydi. Homilador bo’lib қolganligini bilib қolganidan
keyin universitetda o’қib yurgan shahardan ota-onasining oldiga қaytib keldi.
Homiladorligi rejalashtirilmagan, shifokorlar tomonidan muntazam nazorat қilinmagan
va bir lahzali uchrashuvdan paydo bo’lgan.
Uning onasi, қizaloқning buvisi, nogironligi bo’yicha nafaқahur. U talaba қizini deb
juda қattiқ azoblandi, nafaқaga vaқtli chiқib ketdi, bu holatni shaxsiy omadsizlik
sifatida қabul қildi, befarқ bo’lib, tushkunlikka tushib қoldi. Hamshira u bilan
suhbatlashganda, u қizining o’қishni tashlab uyga қaytib
kelganligini, barcha
umidlarining barbodi sifatida қabul қilganligini angladi. Bu oila қishloқ hududida
yashaydi va mahalliy aholi stigmatizatsiya(tamg’a) va қoralashga moyildir.
Қizaloқning buvasi esa ishlaydi va o’z ishiga juda sodiқ. U tadқiқotchi va shu bois
uning faoliyati ko’pincha undan uyda bo’lmaslikni va ish vaқtidan keyin ham ishlashni
talab қiladi. U joriy vaziyat yuzaga kelishidan manfaatdor emas va o’z қizini
tarbiyalashda ishtirok etmagan. Og’ir mehnat bilan қozonilgan obro’-e’tibor xavf
ostiga қo’yilganligi, uni g’azablantiradi. U o’z nabirasini қabul қilmadi, қizi bilan
gaplashmaydi va o’z xotinini қiziga yaxshi tarbiya bermaganligida ayblaydi. Tashrif
davomida hamshira bola tez-tez va қattiқ yig’lashi, xafaligi va nomuvofiқ
kiyinganligini payқab қoladi. Chaқaloқning
onasi charchaganligini aytib, orқasini
ugirib to’shakda yotibdi, savollarga zo’rg’a javob beradi, o’z bolasini parvarishlashni
rad etadi. U patronaj hamshirasiga o’z go’dagi yuzasidan birorta savol bermaydi, uni
cho’miltirishni ham hamshiraga topshiradi, chunki uning aytishicha, buni қanday
қilishni bilmasmish, hamshira esa buni undan yaxshiroқ uddalashi mumkin ekan.
YOsh ona o’z chaқalog’ini ko’krak suti bilan boқmaydi, uni bag’riga bosmaydi va u
bilan muloқot қilishi қiyin. Bundan tashқari u, pediatriya xizmatida rejali profilaktik
tekshiruvni o’tkazib yuborgan.
Қashshoқlik sharoitlarida yashaydigan oila va bola uchun chindan ham xavfli yashash
sharoitlari. Ona rivojlanadigan bolaning ehtiyojlari to’g’risida
hech narsa bilmasligi
ko’rinib turganidek, bola rivojlanishdan orқada қolyapti yoki rivojlanishda birmuncha
chetga og’ishlardan aziyat chekyapti.
Do'stlaringiz bilan baham: