birinchidan, bola huquqlari va erkinliklarini ta’minlashda xalqaro
huquqning umume’tirof etilgan tamoyillari va normalarining ustuvorligi; ikkinchidan, bola huquqlarining muhofaza va himoya qilinishining davlat
tomonidan ta’minlanishi; uchinchidan, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarga davlat
va jamiyat tomonidan g‘amho‘rlik ko‘rsatilishi; to‘rtinchidan, bolalarni kɟlib chiqishi yoki ota-onasining fuqarolik holati
sababli kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Eɟshinchidan, bolalarga nisbatan xayriya ishlarni amalga oshirishni
rag‘batlantirish; oltinchidan, ota-onalarning o‘z farzandlarini boqish va tarbiya qilish
majburiyati.
Ta’kidlash joizki, bola nafaqat huquqlarga, shu bilan birga O‘zbɟkiston 5ɟspublikasi Konstitutsiyasining 48-50 moddalarida nazarda tutilgan majburiyatlarga ham ega. Bolalar :
O‘zbɟkiston Rɟspublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etishga; boshqa kishilarning huquqlarini, erkinliklarini, sha’ni va qadr-qimmatini
hurmat qilishga;
O‘zbɟkiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy mɟrosini avaylab asrashga; atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar.
|
Albatta, qayd etish kɟrakki, bunday majburiyatlarni barcha yoshdagi bolalar yetarli darajada tushuna olmaydi va o‘zining chɟklangan muomala layoqati orqali bu majburiyatlarni bajarish uchun shaxsan ma’sul bo‘la olmaydi. Ularning otaonalari va qonuniy vakillari bolalarning bunday majburiyatlarini uchun mas’ul hisoblanadi.
'ɟmak, O‘zbɟkiston Rɟspublikasi Konstitutsiyasining yuqorida ta’kidlangan qoidalarida bola huquqlarini himoya qilishning asosiy tamoyillari bɟlgilangan. Chunki, Konstitutsiyada inson huquqlari, shu jumladan, bola huquqlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini rivojlantirishning asosiy prinsiplari, davlat organlari tomonidan inson huquqlarini ta’minlashda e’tiborga olinishi lozim bo‘lgan norma-prinsiplar bɟlgilangan.
Xalqaro huquq normalar ustuvorligining konstitutsiyaviy tamoyili. O‘zbɟkiston Rɟspublikasi Konstitutsiyasida aks etilgan davlatimiz tomonidan xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalarining ustuvorligini e’tirof etish to‘g‘risidagi tamoyil bola huquqlarini ta’minlashga ham bɟvosita dahldordir.
Konstitutsiya Muqaddimasida aks etilgan ushbu tamoyilga binoan, bolalarga nisbatan davlatning huquqiy siyosatini bɟlgilashda O‘zbɟkiston Inson huquqlari umumjahon dɟklaratsiyasi, Iqtisodiy, ijtiomiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt, Fuqarolik va siyosiy huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro pakt va unga Fakultativ protokolllardan iborat bo‘lgan Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro billga hamda Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvɟnsiya va unga Fakultativ protokollar va boshqa xalqaro hujjatlarda aks etilgan bola huquqlariga oid xalqaro standartlarga tayanadi. Mazkur tamoyil asosida bola huquqlari bo‘yicha O‘zbɟkiston 5ɟspublikasi milliy qonunchiligi rivojlanib bormoqda.
Konstitutsiyada inson huquqlariga oid quyidagi muhim xalqaro-huquqiy qoidalar mustahkamlab qo‘yilgan:
Albatta, mazkur qoidalar inson huquqlarining tarkibiy qismi sifatida bola huquqlariga oid munosabatlarga ham taalluqlidir.
Asosiy Qonun sifatida O‘zbɟkiston Rɟspublikasi Konstitutsiyasi, bola huquqlari bo‘yicha O‘zbɟkistonning milliy qonunchiligi va davlat siyosatini yanada rivojlanib, takomillashib borishi uchun dasturilamal bo‘lib qolmoqda.
Bugungi kunda O‘zbɟkiston Rɟspublikasi Konstitutsiyasi asosida bola huquqlari bo‘yicha milliy qonunchilikning maxsus sohasi shakllanib ulgurdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |