Bolalarni har tomonlama tarbiyalashda ona tilining ahamiyati. MTMda nutqni rivojlantirish vazifalari va mazmuni
Reja:
1. K.D.Ushinskiy bolalarga ona tilini birlamchi o‘rgatish asoschisi.
2. O`zekiston Respulikasining Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yiladigan Davlat talablarini o`rganish
3. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi va vazifalari
4. Tarbiyachi nutqiga qo’yiladigan pedagogik talablar
K.D.Ushinskiy bolalarga ona tilini birlamchi o‘rgatish asoschisi. Rus pedagogi K.D.Ushinskiy (1824–1870) rus burjuademokratik pedagogikasi, xususan, maktabgacha pedagogikaning asoschisi hisoblanadi. U bolalarni maktabgacha tarbiyalash nazariyasi va amaliyoti masalalarini boshlang‘ich ta’lim muammosi bilan bog‘lagan.Ushinskiy pedagogika tizimining asosiy yetakchi g‘oyasi xalqonatarbiya g‘oyasi hisoblanadi, bunda u har bir xalqning u yashaydigan va mehnat qiladigan tarixiy, tabiiy shartsharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xosligini tushunadi. Ushinskiy ona tili - xalqonalikning eng yaxshi ifodasi deb tan olgan hamda ta’lim va tarbiya ishida ona tili asosiy o‘rinni egallashi lozim, deb hisoblagan. Ona tilining bola ruhiy kuchlarini har tomonlama rivojlantirish, til mohiyati va uning vujudga kelishining bosh manbai ekanligi haqidagi ta’limot K.D.Ushinskiy pedagogik ta’limotida markaziy o‘rinlardan birini egallaydi hamda uning metodik tizimini tushunish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
K.D.Ushinskiy ona tilini birlamchi o‘qitishning uchta asosiy maqsadlarinishakllantirgan:
I.So‘z imkoniyatlarini rivojlantirish;
II.Bolaga fikrni ifodalash uchun ona tilining eng yaxshi shakllaridan foydalanishni o‘rgatish, bolalarni ona tilining boyliklarini egallashga jalb qilish.
III.Til qonunlarini, uning grammatikasini o‘rganish.
Ona tilini birlamchi o‘qitishning barcha uch maqsadiga ketma-ket emas, balki bir vaqtning o‘zida erishiladi. 1861-yilda Ushinskiyning «Ona tili» nomli asari chop etildi. Mazkur asar Konstantin Dmitriyevichning bolalarga birlamchi savod o‘rgatish va ularni tarbiyalash bilan bog‘liq pedagogik g‘oyalar hamda estetik tamoyillarining o‘ziga xos yakunlari va amaliy ifodasi bo‘ldi. O‘qish kitobining butun mazmuni muayyan tizim bo‘yicha berilgan. «Ona tili» kitobi nafaqat bilimlar qomusi, balki badiiy ensiklopediya ham hisoblanadi. Uning 1-qismidan 19 ta ertak, 30 ta topishmoq, 123 ta maqol va matal, 13 ta tez aytish, 14 ta qo‘shiq, 14 ta turli shoirlar she’rlari hamda Ushinskiyning o‘zi yozgan 43 ta hikoya joy olgan.Ushinskiy birinchi bor kitoblarida bolalarni o‘z zamondoshlari – Tyutchev, Nekrasov, Ogarev, Turgenev asarlari, shuningdek, Karamzin, Lermontov, Krilov asarlari bilan tanishtirdi.Kitobni tuzish tartibi quyidagicha: u bolaning tabiat, kishilar va jamiyat haqidagi bilimlarini kengaytirgani va chuqurlashtirgani holda uni tanish narsadan notanish narsalar tomon boshlab boradi.
Ushinskiy 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqini tavsiflar ekan, uning ayrim xususiyatlarini, masalan: tovushning tushunarsizligi, lug‘at boyligining yetarli emasligi, o‘zaro bog‘liqlikning yo‘qligini alohida ta’kidlagan. U bolalar bilan mashg‘ulot o‘tkazishning turli shakllarini taklif qilgan:
• bolalar hayotidan hikoyalar;
• bolaga narsalarning xususiyatlarini ko‘rishda, 6 yoshga kelib esa narsalar juftligini bir-biriga taqqoslash, ular o‘rtasidagi umumiylik va farqlarni topishda yordam beruvchi mashqlar;
• suratlar asosida hikoya qilish, bu bolalarga savollarga javob berish, so‘ngra esa ravon, tushunarli va erkin hikoya qilib berishni o‘rgatadi;
• bolalarni o‘qish va yozishga tayyorlovchi amaliy mashqlar.
K.D.Ushinskiyning til va uning bolaning ruhan shakllanishida tutgan o‘rni haqidagi ta’limoti nutqni rivojlantirish metodikasini mustaqil fan sifatida ajratish uchun muhim ahamiyatga egadir.
1. Til haqida, uning vujudga kelishi haqidagi ta’limot – metodikaning nazariy asoslari ishlab chiqildi; uning har bir odamning rivojlanishida tutgan o‘rni ko‘rsatib berildi, bu esa bolalarni rivojlantirish va tarbiyalashda ona tilining yetakchi o‘rin tutishini asoslash imkonini berdi.
2. Bolalar nutqini rivojlantirish ishi maktab ta’limiga qadar boshlanadigan ish sifatida alohida bo‘limga ajratilgan.
3. Bolalar nutqini rivojlantirishga bolaning uzoq davom etadigan ona tili, uning mazmuni va shakllarini o‘zlashtirish jarayoni sifatida qaralgan. Ushbu murakkab jarayon ustoz tomonidan to‘g‘ri va faol rahbarlik qilishni talab qiladi.
4. Ona tilini o‘qitish jarayoniga rahbarlik qilishning asosiy qoidalari: ona tilini birlamchi o‘qitishning maqsadlari; ularni amalga oshirish mazmuni va shakli; nutqni rivojlantirishda ko‘rgazmaviylikning ahamiyati ishlab chiqilgan va asoslab berilgan.
5. Bola nutqini uning fikrlashi, ma’naviy va estetik his-tuyg‘ulari bilan birgalikda rivojlantirishni ta’minlovchi ish usullari ko‘rsatib berilgan.
Mazkur O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari (bundan buyon matnda Davlat talablari deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017 — 2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomni hamda Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni (bundan buyon matnda bolalar deb yuritiladi) har tomonlama rivojlantirish, ta’lim-tarbiya berish, maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha davlat talablarini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |