BOLALARDA HALQUMNING TUZULISHI
Halqum — ogʻiz boʻshli-gʻini qiziloʻngach bilan tutashtiruvchi meʼdaichak yoʻlining oldingi qis-mi; shakli egri naysimon; orqa yuzasiga qarab yassilangan, pastki qis-miga qarab toraygan boʻladi. Yutinish vazifasini bajaradi va nafas olishda ishtirok etadi. Halqum devorlaridan oʻpka, shuningdek, ayrisimon, qal-qonsimon bez, qalqonsimon bez oldi bezlari rivojlanadi. Halqumning ning uz. 15 sm cha. Halqum. burun va ogʻiz boʻshligʻining davomi boʻlib, pastdan hiqildoq va Yevstaxiy naylari orqali oʻrta quloqdagi nogʻora boʻshligʻi bilan tutashadi. Halqumning.ning old devori deyarli yoʻq; H.dan oldin burun, ogʻiz boʻshligʻi va hiqil-doq joylashadi. Shuning uchun Halqumning yuqorigi — burun yoki burun-halqum qismi, oʻrta — ogiz qismi va pastki — hiqildoq qismi ajratiladi. Burun-halqum qismi burun va oʻrta quloq boʻshligʻi bilan; ogʻiz qismi tomoq teshigi orqali ogʻiz boʻshligʻi bilan; hiqildoq qismi esa hiqildoq bilan tutashadi. Halqumning hiqildoq qismi hiqildoqning orqa tomonida joylashgan, uning oldingi va orqa devorlari faqat ovqat yoki suyuqlikni yutish paytida bir-biridan uzoqlashadi, boshqa vaqtda esa bir-biriga tegib turadi. Halqumning. orqa devorining yuqori qismida, oʻrta chiziq boʻylab limfa toʻqimasidan tuzilgan halqum murtagi joylashgan. burun-halqum qismining harakatsiz yon devorlaridan oʻrta quloqqa olib boruvchi eshituv nayi boshlanadi. Shu joyda eshituv nayi teshigi bilan yum-shoq tanglay chodiri oraligʻining oʻng va chap tomonida limfa toʻqimasidan tuzilgan nay murtagi bor. Halqum murtagi, 2 ta nay murtak, 2 ta tanglay va til murtaklar bir-galikda H.ning kirish qismida hal-qaga oʻxshab joylashadi.Halqumning. devorining xususiy plastinkasi siyrak biriktiruvchi toʻqimadan iborat boʻlib, juda koʻp elastik tolalar tutadi. Bu plastinka kalla suyagining tashqi asosiga tutashadi, shu sababli, Halqumning burun qismining orqa va yon devorlari birbiriga yaqinlasha olmaydi va havo burundan bevosita H.ning burun qismi orqali hiqildoqqa oʻtadi.
BOLALARDA QIZILONGACH TUZULISHI
Q iz ilo ‘ngachning shakli yangi tu g ‘ilgan va em izikli bolalarda voronkasimon bo‘lib, uning shilliq pardasi nozik, serqontomirli, mushak qatlamiari, elastik to‘qimalar va shilliq bezlari yetarlicha rivojlanmagandir. Yangi tug‘ilgan bolalarda qizilo‘ngachning uzunligi 10 sm gacha, birinchi yilning oxirida — 12 sm, 5 yoshda — 16 sm, 10 yoshda — 18 sm va 15 yoshda esa 19 sm bo'ladi. Qiziloʻngach — odam va hayvonlarda ovqat hazm qilish sistemasining halqum bilan meʼda oʻrtasidagi qismi. Qushlarda Q. kengayib, jigʻildonni hosil qiladi. Odamda Q. orqa koʻks oraligʻida joylashgan 23—25 sm uzunlikdagi muskulli naychadan iborat boʻlib, koʻkrak qafasidan diafragma teshigi orqali qorin boʻshligʻiga oʻtadi va meʼdaga ulanadi. Q. devori shilliq, shilliq osti va muskul qavatlardan iborat. Shilliq qavati burmalarga yigʻilgan boʻlib, ovqat luqmasi oʻtayotganida tekislanadi. Q. tashqi tomondan biriktiruvchi toʻqima bilan qoplanganligi sababli ovqat luqmasi oʻtayotganida koʻndalang diametrini osonlikcha oʻzgartira oladi. Yutilgan ovqat luqmasi Q. peristaltikasi tufayli meʼdaga, keyin ovqat hazm qilish sistemasining hamma qismiga oʻtadi. Peristaltika — muskullarning tartib bilan qisqarishi ovqat hazm qilish sistemasining barcha qismida boʻladi. Yutinganda Q. mus-kullari reflektor qisqarishi tufay-li ovqat luqmasi yuqoridan pastga yoʻnaladi. Q.ning yalligʻlanishi ezo-fagit deyiladi. Bunga qaynoq va ach-chiq ovqatlar yeyish, kislota, ish-qorlar taʼsiri, shuningdek, turli dori hamda spirtli ichimliklarni surunkasiga isteʼmol qilish sabab boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |