Bolalarda ovqat hazm qilish sistemasi anatomik fiziologik tuzulishi



Download 43,91 Kb.
bet7/8
Sana28.03.2022
Hajmi43,91 Kb.
#515131
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
UYUYUUYYUUYYUUY

Obyektiiv tekshirish
ko‘zdan kechirish. Til va og‘iz bo‘shtig*ini k o ‘zdan kechirish ko‘pincha bolaning bezovtalanishiga sabab bo‘ladi, bu esa k o ‘rishga xalal beradi. Shuning uchun buni tekshirishning oxiriga qoldirish lozim. Bolaning lablari, tili, iyagi, lunji bilan haromasi birgalikda bir jarayonda ishtirok etadi. Shuning uchun bu organlaming birida bo'lgan nuqson emish faoliyatining buzilishiga sabab b o ‘ladi. Tirtiq lab va tanglay kemtigining borligi b a’zan emishni istisno qiladi, ortiqcha kuch talab etmaganligi sababli, bola so ‘rg ‘ichni osonlik bilan oladi. Qoqshol (stolbnyak) kasalligidagi umumiy sustlikda, asfiksiya (bo‘g‘ilish) da ham bola emishdan bosh tortadi. M aktabgacha va m aktab yoshidagi bolalarning o g ‘iz burch ag id a b a’zan yara paydo b o ‘ladi, bu o rg ‘anizm da vitam in B 2 yetishm asligining alom atlaridan biridir. 0 ‘pka y a llig ‘lanishida uchuq toshishiga, shuningdek lablarning rangiga aham iyat berish lozim , chunonchi tug‘ma yurak kasalliklarida va asfiksiyalarda u k o ‘karadi, m e’da-ichak faoliyatining jiddiy buzilishida u ochiq rangga bo‘yaladi, uning quruqligi yoki namligi ham hisobga olinadi, lablarning qalinligi va og‘iz ochiqligi miksedema bilan kasallangan va ruhan xasta b o lalard a kuzatiladi. Lab shilliq pardalarining holatini, chunonchi, bu pardalarning kichik-kichik yuzaki yaraiarini, oq rangli yallig‘lanishini, qon ko‘payishini Filatov dog‘i bilan bilish uchun uning ichki yuzini ko‘zdan kechiradilar. Lablami k o ‘rgandan keyin og‘iz bo‘shlig‘ini, y a’ni tishlarni, tilni, halqum ning shilliq pardasini, bodomcha bezlarini, so ‘lak bezlarini qarab chiqish lozim. O g‘izdan chiqadigan hidga alohida e ’tibor berish zarur. H idning qandayligiga qarab, ba’zan faqat og‘iz bo‘shlig‘i kasalligi to‘g‘risidagina emas, balki butun umumiy a’zo kasalligi to‘g‘risida o ‘ylash mumkin. Sassiq hid yarali stomatit, angina va tish kariyesiga xosdir. Atsetonemik qusishda, me’da-ichak yo‘llarining og‘ir kasallanishida va diabetda (diabetik koma) atseton hidi keladi. Bronxoektaziyada, o ‘pka gangrenasida balg‘am va shuningdek, nafas bilan chiqadigan havo juda ham b ad b o ‘y b o ‘Iadi. Toksik b o ‘g ‘mada og‘izdan o ‘ziga xos chuchmal-shirin hid keladi. Xususan ertalab og‘izdan hid kelishi, ko‘pincha cho‘zilgan nazofaringitga bog‘liq.
M ilk lar. M ilklarni ko‘zdan kechirishda bo'rtganligini, yum shoqligini, qizarishini, qonab turishini vitamin yetishm aslig id a, gem orragik diatezda va bir qator yuqum li kasalliklarda esa shilliq pardalar qonashini ko‘rish mumkin. Til. Miksedemada yiriklashgan til (mikroglossiya) ko‘rinadi, til og‘izdan deyarli doim chiqib turadi. Tilning oqarishi ovqat hazm qilish a ’zolarining kasallanishida, o ‘tkir yuqum li xastaliklarda, chunonchi, terlamada, o‘pka yallig‘lanishida va boshqalarda bo‘ladi.
Tilning quruqligi, burundan nafas olish qiyinlashganda (m asalan, tumovda) ich terlam ada, ichburug‘da, o‘pka yallig‘lanishida, toksik dispepsiyada kuzatiladi. Skarlatinada tilning k o ‘rinishi och qizil rangda b o ‘lib, g‘uddalari o‘sgan malina mevasini eslatadi. G eografik til — oq va kulrang naqshli bollib, ekssudativ diatezda kuzatiladi. C ho‘zilgan ich ketish kasalligi bilan og‘rigan ozg‘in bolalarda tekis, g ‘uddasiz, quruq, to‘q qizil rangli tilni ko‘rish mumkin. Bu B, va B2 vitam in yetishmasligining alomatidir. Yangi tug‘ilgan bolalarning ko‘pincha til osti yuganchasi qisqargan bo‘Iadi, shu sababli bola em gan vaqtida tilini cho‘lpillatadi, bu hodisa odatda o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketadi. Til osti yuganchasining haddan tashqari qisqarishi natijasida tilning og‘iz diafragmasi yoki milk bilan bitishi (seclusio linguae) kam uchraydi. Til osti yuganchasida yara bo‘lishi ko‘kyo‘talda aniqlanadi. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasini ko‘zdan kechirishda uning rangiga ahamiyat berish lozim, shilliq pardaning oqligi kamqonlikda, sariqligi sariq kasalligida, qizilligi ko‘p sekretsiya ajratish bilan kechadigan stomatitda, qon oqishda (gemorragik diatez) kuzatiladi, shilliq qavatlaming oq rangli yalliglanishiga e ’tibor berish kerak. Fibrinozli yallig‘lanish (parda) hosil bo‘lishi bo‘g‘maga xos hisoblanadi, oq rangli yallig‘lanish til oqarishi xastaligida uchraydi. Qizamiqning prodromal davrida ularni ko‘zdan kechirganda Filatov belgisi k o ‘rinadi. Bu epiteliyning mayda, kepaksimon, ko‘chib tushishidan iborat. Bunda lunjda, jag' tishlar qarshisida hamda labning ichki yuzasida, milklarda mayda, oq yaltiroq dog'lar paydo boHib, ulaming atrofi bir oz qisqargan bo‘ladi. So‘lak bezlarini, ya’ni quloq oldi, ja g ‘ osti, til osti bezlarini k o ‘zdan kechirganda ularning shishganligiga z’tibor berish kerak — tepkida quloq oldi va ba’zan jag‘ osti, til osti bezlari ham shishadi. Qorin sohasining shartli bo‘linish sxem asi 37- rasm , a da berilgan. Qorinni ko‘zdan kechirish teri va teri ostidagi y o g ‘ qatlam ini ko‘rishdan boshlanadi. Bolalarda endokrin buzilishida qomida yog‘ qatlamining g‘oyat ajralib chiqishi (gipogenitalizm) ko‘pincha qorin kattalashishiga
Q orinning katta-kichikligi va shakli. K o‘krak yoshidan chiqqan sog‘lom bolalar qomining balandlik darajasi ko‘krak qafasi bilan bir tek islik d a, k o ‘krak yoshidagi bolalarniki esa bir m uncha balandroq turadi. Qorinning katta-kichikligi va shaklining bir qator patologik o‘zgarishlari mavjud.
K atta qorin. Qorin kattalashishining sabablari:
1) meteorizm, ya’ni qorin dimlanishidir, bu hoi o‘tkir va cho‘zilgan dispepsiyalarda, qattiq qabziyatda, og‘ir ovqat natijasida ichak torayishida, girshprung kasalligida, ichak nervlarining bo‘shashganligida, qorinning shishib ketishi m e’da chiqarish teshigining torayishida;
2) raxit kasalligida qorin devori mushaklari tarangligining susayishida , cho‘zilgan ich ketish natijasida umumiy takomillashmaganlik va ichaklaming o‘sib yetishmaganligida (
3) qorin bo‘shlig‘ida suyuqlikning to ‘planishi: a) qorin pardasining o‘tkir yallig‘lanishi va cho‘zilgan qorin pardasi silidagi ekssudat yig‘ilishida
b) yurak, buyrak kasalliklarida qorinda suv (transsudat) yig‘ilishida
4) jigar, taloq, mezenterial limfa tugunlari, buyrak usti bezlari, limfa tugunlari, buyraklarda shishlar paydo bo‘lishida kuzatiladi
Q orin shakli. Raxitda, qorin dimlanishida, qorinda suv yig‘ilishida (assitda) qorin aylanasi bir tekisda kattalashadi. Qorin pardasi silida qorinning asosan o‘rta qismi oldinga qarab do‘ppayib chiqadi. Qorinning bir tomonlama o‘sishi shishlar va qorin mushaklari falajiga xosdir. Raxit bilan kasallangan, qorni katta yoki uzoq ichak buzilishiga duchor b o ‘lgan bolalarda ba’zan barmoq bilan urib ko‘rishda assit alomatini beradigan yasama assit seziladi. Bu hoi bir tomondan ichak mushaklari tonusining yo‘qoIishi va qorin dimlanishi, ikkinchi tomondan ichakda ko‘p miqdorda suyuklik to‘planishi bilan ta’riflanadi. Chin assitdan u chayqalishi va ichak bo‘shalgandan keyin pasayishi bilan farq qiladi. Bola yetarlicha boqilmaganda, ichburug‘da, pilorostenozda, bosh miya pardasining sil bilan yallig‘lanishida qorinning pastga tushishi aniqlanadi Qorinni ko‘zdan kechirish uning nafas olishda ishtirok etishini aniqlashga im kon beradi: qorin pardasining yallig‘lanishida (bu jarayonda) normal holatdagi qorin va qovurg‘a bilan nafas olish o ‘zgaradi, qovurg'a nafasiga ko‘chadi. O datda chuvalchangsim on harakat qorinni k o ‘zdan kechirishda k o ‘rinm aydi. Teri osti y o g ‘ qatlam i yaxshi rivojlanmagan, ozg‘in bolalarda ichakning chuvalchangsimon harakati ko‘zga yaqqol tashlanadi. Emizikli bolalarda me’daichak turli qismlari devorlarning teskari tomonga to‘lqinli harakati, pilorospazm — pilorostenozda ko‘rinadi Ichaklarning bir-biriga kirib qolishi natijasida kelib chiqadigan ichakdan o‘tmay qolishlikda, shishib ketgan ichak ayrim bo‘limlarining chuvalchangsimon harakatlari ko‘rinadi Yangi tu g ‘ilgan bolalar kindigining holatiga alohida ahamiyat berish zarur. Odatda kindik 5-7 kunlarda ajralib tushadi va o‘mida kindik yarasi qoladi. Kindik tushgandan keyin, uni sterillanmagan mato bilan bog‘lash, bolani boquvchi xodim larning iflos q o ‘li va bola cho‘miltirilgan suv orqali kindik yarasiga infeksiya tushishi mumkin. Infeksiya unchalik kuchli bo‘lmasa, kindik yarasining bitishi uzoqqa cho‘zilmaydi va kindikdan xira rangli suyuqlik chiqib turadi (nam kindik). Kindik namlana borishi natijasida unda granulyatsiya paydo b o ‘ 1 ishi va kindik osti chuqurchasidan n o ‘xatdek do ‘mboq (urachus) o ‘sib chiqishi mumkin. Kindikka o g ‘irroq infeksiya yuqqanda unda uzoq vaqtgacha tuzalmaydigan yiringli yara, kindik yarasi, kindik atrofi terisining yallig‘lanishi (omphalit), agar bu jarayon teri osti qavatiga tarkalsa, kindik flegmonasi paydo bo‘ladi. Bola hayotining birinchi kunlarida yiringli jarayon kindikdan va kindik yarasidan tomirga o ‘tsa, unda umum septik kasalligi kelib chiqishi mumkin. Kindik yarasiga bo‘g ‘ma tayoqchasi tushganda bola kindik difteriyasi, kindik yarasiga qoqshol sporasi tushganda esa qoqshol xastaligi bilan kasallanadi. O rqa peshov atrofini k o ‘zdan kechirish — 1) orqa peshovning ochilib turishi ichburug‘da to ‘g ‘ri shilliq pardasining chiqib turishini; 2) axlat chiqarishda, og‘riqqa sabab boMadigan orqa peshov yoriqligini; 3) xususan kechalari orqa peshovning qichishini qo‘zg‘atuvchi ostritsalar borligini aniqlashga imkon beradi. Orqa peshovni ko‘zdan kechirganda bolani orqa tomonini baland qilib yotqizib, kichik bolalarni esa yonboshga yotqizib tekshiriladi. K o‘zdan kechirish bilan bir qatorda to ‘g ‘ri ichak orqali barm oq bilan tekshirish o ‘tkaziladi, bu usul bilan ba’zan to‘g‘ri ichakning poliplari, uning torayishi, qattiq axlatning to‘planishi, shish borligi aniqlanadi. Qorinni paypaslab ushlab ko‘rishda bola orqasiga qilib yotqiziladi, buning uchun dastlab qo‘lni qorin ustiga qo‘yib, nafas chiqarishi bilan qorin m ushaklarining bo‘shalish fursatidan foydalanib, chalqanchasiga uch barmoq bilan bosiladi. Tekshirishda bola diqqatini chalg‘itish, mumkin qadar barmoqni chuqurroq kiritishga harakat qilish lozim. K o ‘krak osti, kindik, o ‘ng va chap yonbosh atroflari paypaslanadi. Terining, qorin qoplam ining, jigar, taloq va me’da holatlari: shish va infiltratlaming borligi aniqlanadi. Sil bilan kasallangan yoki ozg‘in bolalarda mezenterial limfatik tugunlar paypaslanadi. Q orin qatlam i teridan, teri osti kletchatkasidan va mushaklardan tashkil topgan. Qorin mushaklari tarangligi susayishi va kuchayishi mumkin. Taranglikning susayishi ko‘pincha raxitda kuzatiladi, ichaklaming chuvalchangsimon harakatlari va shuningdek, qorin to ‘g ‘ri m ushaklarining tarqalishini kuzatib turish zarur. Qorin mushaklarining taranglashishi, qorin bo‘shlig‘ining yallig‘lanish jarayonida, piyelitda namoyon bo‘ladi. Qorinni barmoq bilan urib ko‘rish, qorin bo‘shlig‘ida suyuqlik borligini aniqlashga yordam beradi. Badanning qiya jo y larin i barm oq bilan urib k o ‘rishda to ‘mtoq tovush aniqlanadi, bu tovush vaziyat o 'zgarishida boshqa joyga ko‘chadi, shuning uchun tikka turg‘azib yoki yotqizib barmoq bilan urib k o ‘rish lozim . B arm oq bilan urib k o ‘rishda vaziyatning alm ash tirilish i bilan to ‘mtoq tovushning o'zgarishiga ahamiyat beriladi. Buyrak va yurak kasalliklarida qorin bo‘sh lig ‘ida ozod suyuqlik paydo bo‘ladi. Qorinda suyuqlik bo‘lishiga shubha tug‘ilsa, yasama assitni chiqarib tashlash uchun nahorda yoki huqnadan keyin tekshirishni qaytarish lozim.

Download 43,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish