QORIN BO’SHLIGIDAGI A’ZOLARNI TEKSHIRISH
M e’da. Qarab chiqish va paypaslash yo‘li bilan m e’da shaklini aniqlash qiyin. Sekinlik bilan tukillatib tekshirganda b a’zan uning ch eg arasin i aniqlash m um kin. C hunki, u o‘ngdan va yuqoridan jigar bilan, chapdan — o ‘pka va taloq bilan, pastdan — tim panik tovush beradigan ichak bilan ch ek lan ad i. M e ’d aning yurak, o ‘pka va talo q bilan chegaralangan qism i Traubening yarim oy bo‘shlig‘i deb ataladi va ekssu d ativ p lev rit tashxisi uchun aham iyatli hisoblanadi. B a’zan m e’daning dimlanishi va kengayishi ko‘zga tashlanadi. Emizikli davrda m e’daning peristaitik va a n tip e rista ltik harak ati pilorospazm va pilo ro sten o zd a namoyon bo‘ladi. M e’dani paypaslab tekshirish, uning to‘lish darajasini, og‘riqliligini va shish borligini aniqlashga imkon beradi. M e’daning to‘g‘ri ishlashi xususida fikr yuritish uchun sek reto r, o v q at hazm q iluvchi va h arak atlan tiru v ch i funksiyalari o ‘rganiladi. Qusishning kelib chiqishi bolalarda turlicha va ko‘pincha muhim tashxisiy alom at hisoblanadi. Umuman, bolalarda kattalarga nisbatan kusish yengillik bilan paydo bo‘ladi va bola qancha kichik bo‘lsa, shuncha oson ro‘y beradi.
Qusish quyidagi turlarga ajratiladi.
1. Qayt qilib tashlash.
2. M e’da-ichak yo‘llari kasalliklaridagi qusish.
3. Chaynash.
4. Pilorospazm va pilorostenozdagi fontandek qayt qilish
. 5. Nevropatik.
6. Yo‘talishdagi (ko‘kyo‘talda)
, 7. Infeksion kasalliklardagi (skarlatina) qusish.
8. Reflektor, qorin parda qitiqlanganda.
9. Toksik qusish, zaharlanishda (uremiya, atsetonemiya va boshqalar). 10. M iyaga oid pardalar y a llig ‘lanishida, bosh miya yallig'lanishida va miya shishida.
Qayt qilib tashlashning boshqa ko‘rinishdagi qusishlardan farqi shuki, u soglom bolalarda oldindan xabar beruvchi alomatlarsiz, zo‘riqmasdan osonlik bilan paydo bo*ladi. Kichik yoshdagi bolalarda tez-tez qayt qilib tashlash, qisman fiziologik aerofagiya (havo yutish) va qism an m e’da kirish teshigi mushaklarining zaifligi bilan ifodalanadi. Har bir yutim ovqatdan keyin tirishib qusish, toksik dispepsiyaga xosdir va bu hoi ich ketishdan tashqari umumiy ahvol buzilishiga, chunonchi, vazn kamayishiga, yurak faoliyati zaiflashishiga olib keladi. Kavshash (ruminatsiya) — og‘iz bo‘shlig‘ida kavshalgan ovqatning qaytadan chiqib, bola tom onidan takroran yutilishidir. Fontan singari qusish pilorospazm va pilorostenozda kuzatilib, bolaning ozib ketishiga sabab bo‘ladi. Nerv sistemasida o‘zgarishlar bo‘lgan bolalarda ovqatlanish tartib i buzilm aganda ham k o ‘pincha qayt qilish hollari kuzatiladi va ich ketishi bilan davom etadi. N evropatik qusishning sababi, me’da shilliq pardasining ortiq darajadagi sezuvchanligidandir. Qusishdan ovqatni yoki suyuqlikni m e’daga yetmasdan chiqarib tashlanishini farqlash lozim, bu hoi qizilo‘ngachning torayishida, chunonchi kuygandan keyin yaraning bitishida, shishda va shuningdek, bo‘g‘madan so‘ng tanglay pardasining falajida, tomoq murtagining yallig‘lanishida bo‘ladi. Qusuq tusi va sifatining katta tashxisiy ahamiyati bor. Bolalarda qon qusish gemorragik diatezda, yangi tug‘ilgan bolalar melenasida, sepsisda, gemofiliyada va tug‘ma zaxmda uchraydi. Chinakam qon qusishdan sun’iy qon qusishni ajratmoq kerak. Sun’iy qon qusish, qusuqqa qon aralashishi ona ko‘kragining yoriqligida, shuningdek, burundan va boshqa qon oqishlar kelib chiqishida, qonni yutishda sodir bo‘ladi. Toksik dispepsiyada kofe quyqasiga o ‘xshash qusuq m e’da sh illig ‘i ta ’sirida quyuqlashadi va bu yom on alom at hisoblanadi. Odatda qusuqning hidi nordonroq bo‘lib, bronxoektaziyada u sifatini o ‘zgartiradi. M e’daning hazm qiiuvchi va harakatlantiruvchi qobiliyati xususida to‘g‘ri fikr yuritish uchun qusuq tarkibini mikroskopda tekshirib uning miqdorini aniqlash zarur. Ba’zan qusuqda parazit, m asalan askarida topiladi. M e’daning funksional holati, ya’ni sekretor va shilliq ishlab chiqarish hamda harakatlantiruvchi faoliyatini bilish maqsadida me’da ichidagi bor narsani tekshirish lozim. Sinama ishqori yuborilgach, bir soatdan keyin me’da ichidagi bor narsani rezina ichak orqali chiqarib olinadi, bundan keyingi tekshirish usuli kattalarniki kabi o‘tkaziladi. Ovqat aralashmasining qoldiq darajasiga, shilliq borligiga va kimyoviy tarkibiga e’tibor beriladi. Katta yoshdagi bolalar m e’dasiga rezina ichak yuborish kattalardagi kabidir, em izikli bolalarga esa nelaton kateteri yuboriladi. Rezina ichakning uzunligi qizilo‘ngach uzunligi va bolaning yoshiga qarab tanlanadi. Me’da ichidagi suyuqlik ichak orqali osongina olib chiqiladi yoki shprits bilan so ‘rib olinadi. Sekretsiya to*g‘risida fikr yuritish uchun m e’da shirasi tekshiriladi. Tekshirish ikki usulda o‘tkaziladi: a) me’da shirasining bir hissasi tekshiriladi; b) bir necha hissalarni muayyan vaqt ichida tekshiriladi (fraksion usul). B ir hissani tekshirishda kattalardagi kabi bolalarning qizilo‘ngach uzunligini hisobga olib, ingichka rezina ichak kiritiladi. Ichakni nahorda yuborib, me’dadagi bor narsa tortib olingach, tekshiriladi, so‘ngra bolaga tez hazm bo‘ladigan sinama nahorlik: bulka non va choy yoki 150 ml suv va shira keltiradigan 0,1 g kofein olinib, rezina ichak orqali yuboriladi. M e’da sekretsiyasini kuchaytirish uchun kattalarda q o ‘llanadigan gistam inli sinam a bolalarda (1:1000 gistam in aralashmasini yuborish) kam ishlatiladi. Fraksion usul bilan me’da shirasini tekshirish quyidagicha o ‘tkaziladi: kofeinli nahorlikdan so‘ng ichak (nahorlik tarkibi • 0,1 kofein +2% li guruch qaynatmasi) orqali 10 grammli shprits bilan har 10 m inutda 2 soat m obaynida m e’dadagi bor narsaning alohida hissalari chiqarib olinadi. Normada xlorid kislota sekretsiyasi asta-sekinlik bilan o ‘rta hisobda to 40 minutgacha ajraladi keyin sekinlashib qoladi. Um um iy kislotalik va erkin xlorid kislotaning yuqori raqamlari bolaning yoshiga bog‘liq. M e’da shirasini fraksion usul bilan tekshirishni faqat maktab yoshidagi bolalarda va kam dan-kam m aktabgacha b o ‘lgan davrdagi bolalarda o‘tkazish mumkin, chunki bu tekshirish 2 soat mobaynida tinch vaziyatni talab qiladi. Kelgusida m e’da shirasi oddiy laboratoriya usulida tekshiriladi. Bolalar m e’da shirasini tekshirganda: 1) hiperacid, ya’ni k islo talik n in g k o ‘tarilish i; bu h o lat m e’da yarasida, nevropatiyada uchraydi; 2) hipoacid, y a ’ni kislotalikning pasayishi kuzatiladi. M e’da ax iliy asid a, kam qonlikda, trofikaning o g ‘ir buzilishida ovqat qoldig‘i mikroskop orqali tekshiriladi va hk. Sil kasalligi bilan xastalangan va balg‘amini yutadigan bolaning me’da-ichagidan sil tayoqchasi qidiriiadi. Bolani yotqizib o‘n ikki barmoq ichak zondi bilan tekshirish o‘tkaziladi, bu zond uzunligi 40 sm ga yaqin, diametri 3-4 mm. 15, 20, 25 sm belgisi bo‘lgan ingichka rezina naydan iborat bo‘lib, me’daga kiritiladi va u surilib o‘n ikki barmoq ichakka kiradi, qachonki zond 25 sm belgisigacha olg‘a surilsa, 1-1,5 soatdan keyin zondning uchiga kiritilgan shprits bilan ishqorli reaksiyani, o‘t bilan o‘n ikki barmoq ichak shirasi tortib olinadi. K attalarniki kabi o ‘n ikki barm oq ichak shirasini olganda uni uch hissaga ajratiladi — A qismi me’da osti bezi shirasidan, o‘tdan ichak shirasi aralashmasidan; В - qismi o‘t pufagi ichidan va С - qism i esa asosan m e’da osti bezi shirasidan, bu jigar o‘ti bilan aralashmasidan iborat. B olalarda sfinkterning yetarlicha b o ‘sh bo‘Imaganligi sababli, sulfat magneziya aralashm asini yuborganda pufak o4ining ajralib chiqishini tezlashtiradi. Bolalarning o‘n ikki barmoq ichagi shirasida va xususan pufak o ‘tida, hujayra elem entlaridan tashqari bir hujayrali hayvonlar lyam bliYA
uchraydi. Tozagina olingan shiradan ulaming topilishi, ba’zan qorin o g ‘rig ‘ining asosiy sababchisi deb hisoblanadi (lyambliyali xolesistitlar va hatto uzoq cho‘zilgan lyambliyali qotillar)
Do'stlaringiz bilan baham: |