Travmatik shok holatidagi bemorni operatsiyaga tayyorlash Quyidagi hollar har qanday daraja og‘irlikdagi shok paytida shoshilinch operatsiyaga ko‘rsatma hisoblanadi: • Ichki a’zolar jarohatlanishi va ichki qon ketishi bilan kechadigan abdominal jarohatlar.
• Tashqi qon ketishi bilan yoki bosh miyoning ezilish belgilari bilan
kuzatilidagan bosh - miya jarohatlari.
• Orqa miyaning shikastlanish simptomlari bilan kuzatiladigan
umurtqa pog‘onasi jarohatlari.
• Qo‘l-oyoqlarning yirik qon tomirlari va nervlarining butunligi
buzilishi bilan sodir bo‘luvchi jarohatlar yoki ularning butunlay
uzilib tushishi.
• Torakal jarohatlarda - yurak jarohatlanishiga gumon boiganda, plevra bo‘shlig‘iga qon ketganda, o‘pka to‘qimasi ko4p qismining ezilib ketishi, ochiq klapanli yoki taranglashgan pnevmotoraks, torakoabdominal jarohatlar. Boshqa holatlarda bemorni shok holatidan chiqargandan keyingina operatsiya qilinadi. Intensiv davo kompleksi gemodinamikaning buzilish bosqichi va unda boshlangan shokka qarshi chora-tadbirlarga bogliq. Shoshilinch operativ operatsiya zarur bolgan hollarda gemodinamikaning buzilish bosqichiga qaramasdan shokka qarshi tadbirlar bilan birga gemotransfuziya, og‘riqsizlantirish, nafas etishmovchiligini bartaraf qilishga qaratilgan operatsiyalarni boshlash kerak. Qon aylanishining sentralizasiya bosqichida otkaziladigan operatsiyalar:
• Tashqi qon ketishi vaqtincha yoki butunlay to‘xtatiladi.
• Suyak singan sohaga spirt-novokainli blokada, o‘tkazuvchi (asosiy nerv stvolini) og‘riqsizlantirish qilinadi
• Shikastlangan qo‘l yoki oyoq imobilizatsiya qilinadi.
• Narkotik analgetiklar inyeksiya qilinadi (omnopon, promedol - 1 %
li eritma 0,1 m l/ yosh), kam dozadagi fentanil (0,25 % li eritma
0,05 ml/kg) bilan neyroleptanalgeziya qilish mumkin.
• Mavjud bo‘lgan o‘rta molekulyar yoki oqsilli qon o‘rinbosarlari
(poliglyukin, plazma, albumin va boshqalar) vena ichiga yuboriladi.
Tez tibbiy yordam sharoitida dastlab 5 ml/kg dozada 20 % li glyukoza eritmasini insulin, vitamin B6, mildranat eritmasi (10-20 mg/kg) bilan birga yuboriladi.
• Venapunksiya qilinganda birinchi o‘rinda qon guruhi, rezus omil, individual moslikni aniqlashga qon olinadi. Ushbu tekshiruvlar natijasiga aniqlagach, bem orga mos keladigan qon transfuziyasi boshlanadi. Qon, o‘rta m olekulyar va oqsilli qon o‘rinbosarlarining um um iy hajmi tashqi va ichki qon ketishi
to‘xtatilgan sharoitda kam ida 15-20 m l/kg bo‘lishi kerak. Bu doza
2 soat davomida vena ichiga yuborilishi kerak, yuborilayotgan suyuqlik hajm ining kam ida 1/3 qismini konservalangan qon tashkil qilishi kerak.
• M arkaziy venoz bosim (norma - 4 sm suv ust. yoki 0,78 kPa) va o‘rtacha soatlik diurez (normada bir yoshgacha 20-25 ml, 3-5 yoshda 3 0-40 ml, 6-14 yoshda 50-60 ml) dinam ikada nazorat qilib boriladi.
• Transfuziyaning adekvatligi terining fiziolgik rangga kirishi,
tirnoqlarda va lablarda sianozning yo‘qolishi, normal AQB fonidagi
taxikardiya, qon (eritrositlar, gemoglobin, gematokrit soni) tahliliga qarab yakuniy baholanadi.
• M arkaziy venoz bosim baland va kichik qon aylanish doirasida dim lanish belgilari paydo bolganda ganglioblokatorlar yuboriladi (pentam in 1-3 yoshda 2 mg/kg, 4 -8 yoshda 1 mg/kg, 9-14 yoshda 0,5 mg/kg). Gangliobolkatorlar yuborilgandan keyin AQB
ning kamayishi takroriy gemotransfuziya o‘tkazishga ko‘rsatma
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |