Shartli - reflektor faoliyatni tekshirish usullari
Shartli - reflektor faoliyat bu - shaxsiy extiyojlar va atrof - muxitning ta'sir etuvchi omillariga bolaning adekvat (to' g‗ri) reaktsiyasi. Yangi tug‗ilgan chaqaloqlarning asosiy refleksi ovkatlanish dominantasi xisoblanadi. Ovkatlanish vaqti keldi, bolaning qorni ochdi va u yig‗laydi - bu to' g‗ri reaktsiya. Onasini ko' kragini emgandan so' ng tinchlandi va uxladi.
Asab-ruhiy rivojlanishni tekshirishdagi umumiy qoidalar: Bolalarni ko' rigi 24°S dan kam bo' lmagan iliq xona haroratida ovqatlanganiga 1 soatdan kam bo' lmagan holatda va to' q qoringa amalga oshiriladi. Tekshiruv natijalarini to' g‗ri baholash uchun bolani tabiiy yoritilgan joyda tekshirgan ma'qul. Bola yo' rgaklash stolchasida yoki krovatchasida, katta bolalar kushetkada ko' riladi. Shifokorning qo' llari iliq bo' lishi kerak, aks xolda bola bilan o' zaro aloqa buziladi, tekshirish jarayonini murakkablashtiradi.
Asab tizimi holatini baholashda filogenetik mustaxkamlangan shartsiz reflekslarni ifodalanishini aniqlash zarur. Barcha shartsiz reflekslar rivojlanish davriga qarab 3 ta guruhga bo' linadi:
o' zgarmas (hayoti bo' yicha avtomatik); - tranzitor (yo' qolib boruvchi);
o' rnatilgan (paydo bo' ladigan).
O' zgarmas reflekslar butun hayot mobaynida mavjud:
yutish va halqum refleksi;
oyoq-qo' llarning pay refleksi (masalan - tizza qopqog‗idan pastroqda sonning to' rt boshli mushagining payiga urilganda, oyoklar tizza bo' g‗imida yoziladi).
shoxsimon yoki korneal refleks - (yumshoq qog‗oz yoki paxta bilan ko' zning shox pardasiga tegilsa qovoqlarning yumilishi kuzatiladi);
kon'yunktival (yuqoridagidek kon'yuktivalar bilan chaqiradi);
orbikulopalpebral refleks - barmoq bilan orbitani yuqori yoyiga urib ko' rilganda, ikkala tomon qovoqlari yumiladi.
Tranzitor reflekslar - tug‗ilgandan keyin paydo bo' ladi, ammo ma'lum yoshga kelib asta sekinlik bilan yo‘qolodi. Ularning qatoriga kiradi:
og‗iz-ustun reflekslari (uzunchoq miyada yoy tugallanadi);
spinal reflekslar (orqa miyada yoy tugallanadi);
mieloentsefal pozotonik reflekslar (uzunchoq va o' rta miya markazlari tomonidan tartibga solinadi);
Shartsiz reflekslarni tekshirish natijalarini baholash
Bolaning yoshini inobatga olib refleksning paydo bo' lish va yo' qolish vaqti, simmetrik ekanligini inobatga olish zarur. Me'yoriy asab-ruhiy rivojlanayotgan bolada shartsiz reflekslar o' z vaqtida paydo bo' lib, o' z vaqtida yo‘qolodi. Tekshiruvlardagi reflekslarning buzilishi quyidagilardan iborat:
ma'lum yoshda reflekslarning bo' lmasligi asab-ruhiy rivojlanishni kyechikish belgilaridan xisoblanadi;
agar bolada shu yoshida mavjud bo' lmasligi kerak bo' lgan reflekslar aniqlangan bo' lsa, ular patologik xisoblanadi.
Shuning uchun ifodalangan barcha me'zonlarni baholagandan so' ng, shartsiz reflekslarni namoyon bo' lishi bola yoshiga mosligi bilan solishtirilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |