Bolalarda emotsional stresslarini oldini olish usullari


Bolalar psixik-asab tizimi kasalliklari



Download 34,41 Kb.
bet4/9
Sana21.01.2022
Hajmi34,41 Kb.
#394488
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Bolalarda emotsional stresslarini oldini olish usullari

Bolalar psixik-asab tizimi kasalliklari.

Nevrozlar. Nevrozlar 3 turda bo`ladi: nevrosteniya, isteriya, psixosteniya.

Nevrosteniya nevrozi. Bu kasallik ko`pincha zehnli, o`ta ishchan, qobiliyatli o`smirlarda aqliy zo`riqish tufayli kelib chiqadi.O`smir injiq, serjahlli bo`lib qoladi, boshi og`riydi, uyqusi buziladi, tez charchaydi, xotirasi pasayadi, o`zining bilim va qobiliyatiga ishonchsizlik paydo bo`ladi, bajargan ishini qayta-qayta ko`zdan kechiradi, natijada aqliy va jismoniy charchash-zo`riqish toboro kuchayaveradi.

Isteriya nevrozi. Bu kasallik fikrash qobiliyati uncha rivojlanmagan, oilada tarbiyasi noto`g`ri bo`lgan, erkatoy, fe`l-atvorida xudbinlik, o`jarlik nuqsonlari bo`lgan bolalar va o`smirlarning ruhiy zo`riqishi natijasida yuzaga keladi. Bola, o`smir ota-onasi, o`qituvchisi, atrofdagilarning aytganlarini o`jarlik bilan teskarisini qiladi. Maktabga o`z vaqtida borish, darslarga faol qatnashish kabi taklifga baqirish, yig`lash, qo`l-oyoqlarini tipirchilatib talvasa qilish, qornida, yuragida og`riq paydo bo`ldi, deb bahona qilish yoki ko`rpaga o`ralib, hech kim bilan gaplashmasdan yotib olish kabi yoqimsiz fe`l-atvorlar bilan ajralib turadi. Kuzatuvlarga qaraganda bunday o`smirlar ulg`ayganida o`jar, urushqoq, qonunbuzar, har xil bahonalar bilan o`zini kasallikka solib shifoxona xodimlarining ham asabini egovlaydigan bo`ladilar.

Psixasteniya nevrozi. Aksariyat hollarda bu kasallik tinch-totuvligi bo`lmagan, vahimalar bilan yashaydigan oilalarning bolalarida uchraydi.Bunday bola-o`smirda hayajonlanish kuchli bo`ladi. Masalan, o`qituvchi doska oldiga chaqirib, o`tilgan mavzuni so`raganida hovliqib, qo`rqib o`zini yo`qotib quyadi.Bu kasallikka uchragan ayrim o`smirlar o`ta oriyatli bo`lib qoladi. Shu sababli ular tinimsiz aqliy mehnat bilan shug`ullanadi.Buning natijasida ruhiy charchash tobora kuchayib boradi, o`ta charchash tufayli xotirasi pasaya boradi.Buning oqibatida u o`zini noqulay his etib, maktabga bormay qo`yadi.U ko`chalarda daydib yuradi, kechalari ko`rpaga o`ralib yig`laydi.O`zidagi kechinmalarni ota-onasiga aytishdan xijolat tortadi.

Tibbiy yordam. Nevrosteniya, isteriya, psixasteniya nevrzlarining belgilari nomoyon bo`lgan bolalar va o`smirlarning ota-onalari poliklinikaning asab-ruhiy kasalliklari shifokoriga ko`rsatishlari kerak.Ularga tinchlantiruvchi dorilar, vitaminlar, fiziterapiya muolajalari tavsiya qilinadi.

Eng muhimi kun tartibini gigiyena qoidalari asosida tashkil etish, ko`proq ochiq havoda sayr qilish, jismoniy tarbiya va yengil sport mashg`ulotlari bilan shug`ullanish kabilarga e`tiborni kuchaytirish lozim.

Duduqlanish. Bolalarda ucharydigan nevrozning bir ko`rinishi bo`lib, aksariyat hollarda 1-3 va 7-8 yoshdagi bolalarda uchraydi.

Sababi. Qo`rqish, shikastlanish.

Belgilari: Gapirgan paytda bolaning yuz, jag` muskullari tirishib, gapirishi qiyinlashib, duduqlanib qoladi, shu bois u gapirmaslikka intiladi.Bunday bolaga baqirganda, qo`pol muomula qilganda duduqlanish holati yanada kuchayadi.

Tibbiy yordam. Bunday bolalar poliklinakaning logoped mutaxassisi nazoratida bo`lishlari kerak. Ularga tinchlantiruvchi dorilar: brom, valerianaa, vitaminlar tavsiya etiladi.Ularga logoped tomonidan maxsus mashg`ulotlar o`tkaziladi.Bunday bolalarga yaxshi muomala qilish, oilada janjallarni bartaraf etish lozim.

Bolalarda psixik-asab buzilishlarining oldini olish.

1.Bolalarni yoshligidan oilada, bog`chada, maktabda gigiyena talabi asosida tuzilgan kun tartibiga amal qilishga odatlantirish.

2.Bolaga va uning yaqinida baqirmaslik, kattalar bir-birlari bilan janjallashmasliklari kerak.

3.Bolaning fe`l-atvorida sodir bo`layotgan har bir o`zgarishni ota-ona, murabbiy va o`qituvchilar tomonidan sinchkovlik bilan nazorat qilish, ularni bartaraf etishga qaratilgan tibbiy-pedagogik choratadbirlarni amalga oshirish.

4.Bolani shikastlanishlardan saqlash.

5.Bolada gripp, angina, tish, quloq, gijja, xoreya, ichak va boshqa kasalliklarning belgilari sezilishi bilanoq mutaxassis shifokorlarga ko`rsatish va davolatish.


Download 34,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish