OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA KAFEDRASI
“BOLALAR PEDAGOGIKASI” fanidan
KURS ISHI
MAVZU: Bolang`ich sinf o`qituvchisi kalendar tematik ish rejasini tuzishni o`rgatish ishlanma-loyihasi
|
Bajardi: Ingliz tili 2-fakulteti
MT1901-guruh talabasi Ne`matova Mahzunabonu
Ilmiy rahbar: Karimova Nilufar
|
Toshkent-2022
MUNDARIJA
KIRISH
I BOB. Pedagogning haftalik kalendar-tematik ish rejasini tuzish.
Kalendar-tematik rejalashtirishni tuzish vazifasi.
Tematik rejalashtirish metodologiyasi.
II BOB Boshlang`ich ta`lim muassasasida kalendar-tematik rejalashtirish turlari.
2.1. Tematik jadval va uning turlari.
2.2. Bolalar bog`chasi misolida kelendar haftalik rejalar bilan tanishish
Xulosa.
Foydalanlgan adabiyotlar .
KIRISH.
Kurs ishining maqsadi.
O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligiga erishgan kundan boshlab, barcha sohalarda bo’lgani kabi ta’lim sohasiga jumladan, umumta’lim maktablarining boshlang’ich va yuqori sinfga tarbiyaviy ishlar metodikasiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Har tomonlama yetuk, erkin fikrlay oladigan shaxs, malakali mutaxassislar tayyorlash bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri ekani birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov asarlari va nutqlari, davlat hujjatlarida ko’p bora takidlanmoqda va bir qator amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ta’lim tizimidagi islohotlar, eng avvalo, erkin fikrlay oladigan, izlanuvchan, yangilikka intiluvchan shaxs tarbiyasiga qaratilgan. Kichik maktab yoshidagi o`quvchilarda ta`lim va tarbiyaning dolzarb roli ortib boradi. Zero, ta`lim O`zbekiston xalqi ma`naviyatidagi yaratuvchanlik faolligini keltiruvchi uzluksiz jarayondir. O`sib kelayotgan avlod vakillarining barcha qulay imkoniyatlari unda namoyon bo`ladi, kasbiy tayyorgarligi, mahorati uzluksiz ravishda takomillashadi, ajdodlarning bebaho tajribasi ularga meros sifatida uzatiladi. Yoshlar, ularning iqtidorlik va bilim olishga layoqati, uquvchanligi ta`lim jarayonida takomillashadi va xulq-atvor qadriyatlar tushunila boshlanadi. Har bir inson o`zicha takrorlanmasligi tufayli jamiyat har bir shaxsning xarakteri va o`ziga xosligini qo`llab - quvvatlaydi, uning madaniyatni yanada yuksak darajasiga ko`tarishga ta`sir etuvchi yangi fazilatlari va hislatlarini umumlashtiradi. Zero, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev o`z xalqiga, uning an`analariga, tili va madaniyatiga muhabbat va hurmatni tarbiyalamasdan turib, o`z xalqini millatlarning butun jahon hamjamiyatida tenglardan biri sifatida idrok qiluvchi haqiqiy insonni, o`z Vatanining jonkuyarini tarbiyalash mumkin emas, degan fikrlari izchil ravishda ilmiy tadqiqotlarni olib borishni talab qilmoqda. Mazkur g`oyalar «Ta`lim to`g`risida» gi Qonunda rivojlantirilgan bo`lib, ular muhim nazariy hamda metodologik ahamiyat kasb etadi. Hozirgi davrda yoshlar tarbiyasi va ular hulq atvori ijobiy tarzda shakllantirishning dolzarbligidan kelib chiqib, biz tadqiqotning asosiga kchik maktab yoshidagi o`quvchilarning shaxs xulq-atvor fazilatlarining shakllanishiga sabab bo`luvchi ijtimoiy psixologik omillar, pedagogik shart-sharoitlarni belgilash va xulq-atvor tasavvurlar, tushunchalarning bu borada psixologik mexanizm sifatida o`rni borligi g`oyasini oldik.
Do'stlaringiz bilan baham: |