Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi



Download 2,23 Mb.
bet17/36
Sana14.07.2022
Hajmi2,23 Mb.
#799670
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36
Bog'liq
Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi

Qaytarma manjetni tikish

Yeng manjeti bitta bo’lakdan iborat bo’lsa, uni o’ngini ichkariga qaratib yon tomoni biriktirib tikiladi. Choklar yorib dazmollanadi, ip gazlamada qo’lda yorib to’g’rilanadi. Manjet o’ngiga ag’dariladi va ikki bukib dazmollanadi. Manjet qirqimlarini yeng uchi qirqimlariga to’g’ri keltirib, manjetni yengining teskarisiga qo’yib ulanadi, chok qirqimlari yo’rmalanadi. Chok haqini yeng tomonga bukib, biriktirma chokdan 0,1-0,2 sm masofada yengga bostirib tikiladi. Manjet ustki va ostki bo’lakdan iborat bo’lsa, ularning o’ngini ichkariga qaratib qo’yiladi va yuqori tomoni 0,5-0,6 sm kenglikdagi ag’darma chok bilan tikiladi. Manjetning yon tomoni biriktrib tikiladi, choklar yorib dazmollanadi yoki tekislab dazmollanadi yoki tekislab qo’yiladi va o’ngiga ag’dariladi-da, ustki bo’lak manjet bo’lakdan 0,1-0,2 sm kenglikda kant chiqarib dazmollanadi. Tayyor manjet yuqorida aytilgandek yengga ulanadi, yeng uchi dazmollanadi.





1-rasm. Yenglarning chizmali ko’rinishi.
1-Bukish texnologiyasi; 2-ulanma manjet; 3-qaytarma manjet.




Nazorat uchun savollar
1.Ulanma manjetni to’g’ri manjetdan farqi qanday bo’ladi?
2.Manjet necha bo’lakdan iborat bo’ladi?
3.Ostki va ustki manjetni necha sm kenglikdagi chok bilan ulanadi?

16-Mavzu: Bolalar kiyimlarida tavsiya qilinadigan taqilma turlari haqida ma’lumot.
Reja:

  1. Bolalar kiyimlarida tavsiya qilinadigan bort.

  2. Taqilmalar haqida ma`lumot.

  3. Bortlarni tikishda kiyim adipi

Tayanch iboralar:
Bort, kiyim adipi, o'tqazma, reglan, kiyim old va ort bo'laklari, aralash bichilgan. chuqur o'yilgan, kvadrat.
Bortlarni tikishda kiyim adipi alohida qo'yib tikilgan (43- b rasm) yoki old bo'lak bilan yaxlit bichilgan (43- a rasm) bo'lishi mumkin.
Adip detali alohida bichilgan bortlarni tikishda uning ichki qirqimi yo'rmalgan yoki universal mashinada bukib tikilgan (43-e rasm) titiluvchan gazlamalardan tikiladigan bo'lsa, oldin qirqimni maxsus mashinada yo'rmalab, keyin universal mashinada buklab tikish mumkin (43- d rasm).
Adipga yelim qotirma qo'yiladigan bo'lsa, adipning teskari tomoniga qotirmaning yelimli tomoni qaratib qo'yiladi va bort qirqimi tomonidan 0,5-0,6 sm yetkazmay, ichki qirqimiga 0,7-1,0 sm yetkazmay qo'yib, dazmolda yoki pressda yopishtiriladi (43- f rasm).
Tayyor adipni old bo'lakning o'ngi tomoniga uning o'ngini qaratib, qirqimlarini to'g'rilab, adip tomondan bostirib ko'klanadi. Bunda adip qaytarma burchaklarida adipdan solqi hosil qilib, qiya sirma yoki to'g'ri sirma qaviqlar bilan yoki bir ipli zanjirsimon maxsus mashinada adip old bo'lakka bostirib ko'klanadi. Kiyim taqilmasi etagigacha tushadigan bo'lsa, adipni old bo'lakka bostirib ko'klashdan oldin uni old bo'lak buklash haqiga biriktirib ulanadi (43- g rasm), keyin adip old bo'lakka bostirib ko'klanadi. Adip qaytarma uchi old bo'lak tomondan yordamchi andaza bilan bo'rianadi va shu bo'r chizig'idan ag'darma chok bilan tikiladi.
Kiyim jun gazlamadan tikiladigan bo'lsa, adipda hosil qilingan solqi ag'darma chok yuritishdan oldin kirishtirib dazmollanadi. Ag'darma chok haqi ip gazlamadan tikiladigan kiyimlarda qo'lda to'g'rilab qo'yiladi, jun va ipak gazlamalarning choki yorib dazmollanadi. Adip qaytarma uchini burchaklardagi va bortning pastki burchagidagi chok haqidan 0,2- 0,3 sm qoldirib, ortiqchasi qirqib tashlanadi.
Adip qaytarma va bort uchlarini o'ngi tomonga ag'darib, qaytarma qismi old bo'lak tomondan, bort qismi adip tomondan ziylari ko'klanadi. Bunda adip qaytarma joyida adip detalidan, bo'rt qismida old bo'lak detalidan 0,1-0,15 sm kant hosil qilinadi. Ziylarni ko'klashda qo'lda to'g'ri yoki qiya sirma qaviq yoki bir ipli zanjirsimon maxsus mashinada ko'klanadi. Adipning yuqori qirqimi yelka chokiga qirqimini bukib, 0,2- 0,3 sm kenglikda ulab qo'yiladi (43- h rasm).
Izma o'rnini belgilab, maxsus mashinada yo'rmaladi. Bort dazmollanadi.

Modelda ko'rsatilgan bo'lsa, bezak bahyaqatori yuritiladi. Bahyaqator kengligi modelga bog'liq. Ziylari ko'klangan ipni so'kib tashlab, bort qaytadan dazmollanadi.
Adip old bo'lak bilan yaxlit bichilgan bortlarni tikishda (43- a rasm) old bo'lakda adipni bukish chizig'i belgilab olinadi. Adipning ichki qirqimlariga ishlov beriladi (yuqoridagidek). Belgi-chiziq bo'ylab adipni old bo'lak o'ngiga buklab, adip qaytarma burchaklari va bort pastki burchagi belgi-chiziq bo'ylab, ag'darma chok bilan tikiladi. Burchaklardagi chok haqidagi 0,2-0,3 sm qoldirib, ortiqchasi qirqib tashlanadi va o'ng tomonga ag'dariladi, ziylari ko'klanadi yoki tekislab, ko'klamay dazmollanadi. Izmaiar yo'rmalanadi. Agar izmaiar mag'iz qo'yib, ag'darma chok bilan tikilgan bo'lsa, izmaiar chetidan 2 sm oraliqda sirma qaviq bilan adip bostirib ko'klanadi va adipni izma teshigiga to'g'rilab qirqib, ichkariga buklab, yashirin qaviq bilan tikib qo'yiladi (43- i rasm). Ko'klangan iplar so'kib tashlanadi va tayyor bort dazmollanadi.

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish