Nazorat savollari:
Bola kiyimini tikishga qo`yiladigan asosiy talablar nimalar?
Moda bu....?
Qiz bolalar gardirobiga nimalar kiradi?.
2-Mavzu: Bichiq bo’laklarini nomerlash.
Reja:
1.Bichiq bo’laklarini nomlanishi.
2. Bichiq bo’laklarini nomerlash.
Bolalar pidjak avra bichig'ining detallari pidjak tikishga mo'ljallangan gazlamalardan quyidagi miqdorda bichiladi: old bo'lak- 2 ta, ort bo'lak-2 ta, yeng ustki bo'lagi - 2 ta, yeng ostki bo'lagi - 2 ta, ustki yoqa dm- 1 ta, ostki yoqa - 1 ta (ikki qismdan iborat), yoqa ko'tarmasi - 1 ta, adip - 2 ta, cho'ntak qopqog'i - 2 ta, cho'ntak mag'izlari - 2 ta, ko'krak listochkasi - 1 ta. Pidjak avra detallari 3.19-rasmda ko'rsatilgan.
Bolalar pidjak astari bichig'ining detallari astarlik gazlamalardan avra detali shakliga moslab bichiladi. Ular ham avra detallari singari nomlanadi: old bo'lak - 2 ta, ort bo'lak- 2 ta, yeng ustki bo'lagi - 2 ta, yeng ostki bo'lagi - 2 ta, cho'ntak qopqog'i astarlari - 2 ta, yon cho'ntaklar ko'rinmasi - 2 ta, bar tutgich - 1 ta, ilgich - 1 ta, ko'krak cho'ntak xaltasi- 1 ta, ichki cho'ntak xaltasi - 2 ta.
Qotirma bichig'i detallari qotirma gazlamalardan, ya'ni zig'ir tola, ip, qil tolali va h. k. gazlamalardan bichiladi va quyidagicha nomlanadi: bort qotirmasi - 2 ta, yelka taglik - 2 ta, yoqa qotirmasi - 1 ta (ikki qismdan iborat). Qotirmabop ip gazlamalardan yon cho'ntak xaltalari
3.16-rasm. GP-2,5 gidravlik press (a), pnevmatik yengil yarimavtomat press (b), TV/PTA 120P pnevmatik press (d).
- 2 ta, yon cho'ntak bo'ylamalari - 2 ta, ko'krak cho'ntagi bo'ylamasi - 1 ta, yeng uchi qotirmalari - 2 ta - bichiladi.
Kiyim tikishda bichiq detallari qirqimlarining yagona nomlari ishlatilishi lozim.
Ustki kiyim avrasi, astari va qotirma detallari bichiqqa nisbatan qo'yiladigan texnik shartlarga muvofiq bichiladi. Pidjak detallarida tanda ipi yo'nalishi quyidagicha.Bug'li havo manekeni. bo'lishi kerak: old bo'lakda old bo'lak o'tar qismi chiziqlariga, ort bo'lakda ort bo'lak o'rta chizig'iga, adipda tashqi qirqimga, yeng ustki va yeng ostki bo'lagida old qirqim uchlarini birlashtiruvchi chiziqqa, ustki yoqada yoqa o'rta chizig'iga parallel bo'lishi kerak. Pidjak asosiy detallarining gazlama turiga qarab tanda ipi yo'nalishiga nisbatan chetlashishga yo'l qo'yishi.
Pidjak asosiy detallarining qirqim nomlari:
Masalan, old bo'lak bo'yi 80 sm ga teng bo'lsa, old bo'lak etagidagi chetga chiqish (og'ish) bir tomonga yoki narigi tomonga tanda ipiga nisbatan 0,8 sm ni tashkil etadi.
Bichiq detallarini tikishga tayyorlashda ular tekshirib chiqiladi. Buning uchun avval kiyim tikish me'yoriy hujjatlari bilan tanishib chiqish kerak. Oekshirish avra va astar gazlama bichiq detallarining bor-yo'qligini aniqlashdan boshlanadi. Modelga binoan konstruksiya chiziqlari, gazlamaning guli aniqlab olinadi; tukning yo'nalishi, detallar o'rish va arqoq iplari yo'nalishi bo'ylab qanchalik to'g'ri bichilaganligi va bichiq detallarida to'qimachilik nuqsoni bor-yo'qligi tekshiriladi.
Detallar o'lchamining aniqligi bichiq bog'lamidagi ustki va ostki detallarga andaza qo'yib tekshiriladi. Agar avra, astar yoki bort qotirmasining detallari torroq yoki ruxsat etilgan chetlatishdan ortiqroq bo'lib qolgan bo'lsa, unda bichiq ishlab chiqarishga yuborilmaydi.
3.19-rasm. Bolalar pidjagining asosiy detallari:
1 - ort bo'lak; 2- qirqma yon bo'lak; 3- old bo'lak; 4 - yengning ostki bo'lagi; 5 - yengning ustki bo'lagi; 6 - ostki yoqa; 7 - ustki yoqaning qaytarmasi; 8 -yoqaning ko'tarmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |