Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi


-Mavzu:Qaytarma yoqali yoqalarga ishlov berish usullari. Reja



Download 2,23 Mb.
bet9/36
Sana14.07.2022
Hajmi2,23 Mb.
#799670
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36
Bog'liq
Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi

9-Mavzu:Qaytarma yoqali yoqalarga ishlov berish usullari.
Reja:
1.Qaytarma yoqali yoqalarga ishlov berish usullari.
2.Ostki yoqani yoqa o’miziga o’tqazish usullari.
Tayanch iboralar:
Qaytarma yoqa, ustki va ostki yoqa, qirqimlar, ko`klagan.

Qaytarma yoqani tikish (50- a rasm). Ustki va ostki yoqalarning o'ngini ichkariga qaratib qo'yiladi va qiya yoki ustki yoqadan yoqa burchaklarida solqi hosil qilib, ustki yoqa to'g'ri sirma qaviq bilan bostirib ko'klanadi. Ostki yoqa tomondan yoqa ag'darma chok bilan tikiladi. Yoqa burchaklaridagi chok haqidan 0,2-0,3 sm qoldirib, ortiqchasi qirqib tashlanadi va yoqa o'ngi tomonga ag'dariladi. Burchaklarini to'g'rilab, ostki yoqa tomondan ziylari, qo'lda to'g'ri yoki qiya sirma qaviq bilan yoki bir ipli zanjirsimon maxsus mashinada ko'klanadi. Bunda ustki yoqa detalidan 0,1 sm kenglikda kant hosil qilinadi va dazmollanadi (50- b rasm).
Ostki yoqa yoqa o'miziga 0,7-l,0sm kenglikdagi chok bilan ko'klab o'tqaziladi yoki ko'klamay to'g'ri o'tqaziladi. Ko'klangan ipni so'kib tashlab, chok bir tomonga yotqiziladi yoki yotqizib dazmollandi. Ustki yoqa qirqimini ichkariga 0,5-0,7sm bukib, ostki yoqaning o'tqazma chokini 0,1-0,2 sm yopadigan qilib, bukilgan ziydan 0,1 sm oraliqda bostirib tikiladi. Tayyor yoqa ostki yoqa tomondan dazmollanadi.

Ustki va ostki yoqalar yaxlit bichilgan bo'lsa (51- a rasm), bu detalning o'ngini ichkariga qaratib, uzunasiga ikki buklab, yon tomonlari ag'darma chok bilan tikiladi. Burchaklaridagi chok haqidan 0,2-0,3 sm qoldirib, ortiqchasi qirqib tashlanadi va yoqa o'ngiga ag'darib dazmollanadi. Yoqa yon tomonlarida ustki yoqadan 0,1-0,2 sm kant hosil qilinadi. Yoqaning adip qaytarmasini ag'darma chok bilan tikib o'tqazish ham mumkin.



Buning uchun old bo'lak va adipning o'ngini ichkariga qaratib, orasiga tayyor yoqaning ustki yoqasini adip tomonga qaratib qo'yiladi. Adip qaytarma uchini ag'darma chok bilan tikib, bir yo'la ustki va ostki yoqa belgi-chiziqqacha yoqa o'miziga o'tqaziladi, chok kengligi 0,7-1,0 sm. Qolgan joylarda ostki yoqani o'tqazishni davom etib, ustki yoqa qaytarib qo'yiladi. Keyin ustki yoqaning qolgan joylaridagi qirqimlarini ichkariga buklab, ostki yoqa o'tqazma chokini 0,1-0,2 sm yopadigan qilib, buklangan ziydan 0,1 sm kenglikda yoqa o'miziga bostirib tikiladi (51- b rasm).


Tayyor yoqa dazmollanadi.
Yoqani yoqa o'miziga mag'iz qo'yib o'tqazish
Asosiy detal tayyor tikilgan yoqaning o'ngiga ostki yoqasi qaratib qo'yiladi, ustki yoqa ustiga mag'izning o'ngini pastga qaratib, bitta bahyaqator bilan yoqa yoqa o'miziga o'tqaziladi. Bu ishni bajarishda oldin yoqani yoqa o'miziga ko'klab o'tqazish ham mumkin. Yoqa ko'klab o'tqazilgan bo'lsa, ko'klangan iplarni so'kib tashlab, keyin mag'izni kiyim teskarisiga ag'darib o'tkaziladi. Yoqa detalidan 0,2-0,3 sm kant hosil qilib, mag'izning ochiq qirqimi maxsus mashinada yo'rmaladi yoki bukma chok bilan bukib tikiladi. Qirqimlariga ishlov berilgan mag'iz asosiy detalga yashirin qaviqlar bilan puxtalab qo'yiladi.
Tayyor yoqa dazmollanadi.

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish