Oligouriya-sutkalik siydik miqdorini kamayishi bo‗lib,normal holda kam
suyuqlik iste‘mol qilinganda kuzatiladi. Patologik holatlarda o‗tkir va surunkali
buyrak
yetishmovchiligida,
glomerulonefritlarda,
buyrakning
tug‗ma
kasalliklarida, istimali kasalliklarda, bemor qo‗sganida va ich ketganda, yurak-qon
tomir sistemasi yetishmovchiligining dekompensatsiya davrida buyrakda qon
aylanishi buzilishida kuzatiladi.
Anuriya-siydik miqdorining normadagiga nisbatan 1/15 ni kam ajralishi
yoki umuman ajralmasligi( 100-150ml) tashkil qilgan bo‗lsa aytiladi va o‗tkir
buyrak yetishmovchiligining doimiy hamrohidir. Zaharlanishlarda, botulizmda va
guruhi to‗g‗ri kelmagan qon quyilganda kuzatiladi.
Poliuriya- sutkali siydik mikdorining 2 martaga ortishi bo‗lib fiziologik
holatda ko‗p suyuqlik iste‘mol qilinganda, patologik holatlarda qandli va qandsiz
diabetlarda deensefal sindromida, siydik ajratuvchi dorilar qabul qilinganda, o‗tkir
va surunkali buyrak yetishmovchigining kompensator poliuriya bo‗lib,
shishlarning qaytish davrida kuzatiladi.
Nikturiya-tungi siydik miqdorining kunduzgi siydik miqdoridan ko‗payishi,
ko‗proq buyrak yetishmovchiligida(surunkali glomerulonefrit va pielonefrit,
buyrak polikistozida, yurak-qon tomir sistemasi yetishmovchiligida, nefrotseptoz,
buyrak va qovuq silida kuzatiladi. Pollakuriya- tez-tez oz-oz siyishi bola
sovqotganda, sistitda, siydik pufagi yalliqlanganda, siydik yo‗llarida tosh
bo‗lganda kuzatiladi.
Dizuriya-og‗riqli siyish bo‗lib, sistitda siyish oxirida,uretritda siyish paytida
og‗riq bo‗ladi. Yangi tug‗ilgan chaqaloq bolalarning nordon siydik infarktida, olat
boshi yallig‗lanishida,siydik yo‗li kanalining va qovuqning yallig‗lanishida
uchraydi. Qiz bolalarda esa og‗rik bilan qiynalib siyish vulvit, vulvovaginitda
kuzatiladi. Qovuqda tosh paydo bo‗lganda, xususan dizuriya, keskin yuzaga keladi
va siydik to‗xtab –to‗xtab keladi.
Pollakiuriya- tez-tez siydik chiqarish normada kichik yoshdagi bolalarda va
shuningdek, qovuq va siydik yo‗llarining yallig‗lanishida ,qovuqda tosh bo‗lishida
uchraydi.
Enurez- 3 yoshdan katta bolalarda kechqurungi siydikni tutolmaslik bo‗lib,
o‗ta qo‗zg‗aluvchan bolalarda nevropatiklarda, isteriklar, siydik yo‗llari
kasalliklarida, orqa miya jarohatlanganda, aqli zaif bolalarda,gijjalarda, bel-
dumg‗aza
sohasida
organiq
anamalik
nuqsonlarda(yashirin
umurtqa
bo‗linishlarida) tutqanoq tutganda, qattiq isitmalashda, xushdan ketganda, siydik
tanosil organlari rivojlanishining nuqsonlarida kuzatiladi. Bola ba‘zan kechasi
o‗rnida siyib quyadi (kechasi siydik tutolmaslik) boshqa vaqtlarda esa kunduzi
siyadi (kunduzgi siydik tutolmaslik ). Bu kasallikning paydo bo‗lishiga sabab
nevropatiya, isteriya va boshqa funksional nerv sistemasi nuqsonlari natijasida
278
qovuq innervatsiyasining buzilishidir. Ba‘zan bu kasallikka umurtqaning bel
dumg‗aza bo‗limida organiq nuqson borligi sabab bo‗ladi. Bunday nuqsonlarni
aniqlash uchun umurtqani rentgenologik tekshirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |