Bolalar kasalliklari propedevtikasi


Siydik  hosil  qilish  va  siydik  ajratish  tizimi  kasalliklarida  asosiy



Download 5,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet267/343
Sana31.12.2021
Hajmi5,81 Mb.
#258509
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   343
Bog'liq
bolalar kasalliklari propedevtikasi 2

Siydik  hosil  qilish  va  siydik  ajratish  tizimi  kasalliklarida  asosiy 
sindromlar
Proteinuriya.  Normada  siydik  tarkibida  oqsil  izlari(0,002-0,006  g/l  yoki 
0,033%  )bo‗ladi.  Yangi  tug‗ilgan  bolalarda  siydik  bilan  birga  oqsilning  ajralib 


 
274 
chiqishi  (albuminuriya)  juda  ko‗p  uchraydigan  holdir,  ba‘zi  mualliflar  buni 
fiziologik albuminuriya deb izohlaydilar.Odatda bunday albuminuriya uzoq davom 
etmaydi  va  o‗zidan  keyin  hech  qanday  iz  qoldirmaydi.  Oqsilning  bunday 
ajralishiga  sabab  buyrakning  tomir  sistemasida  qonning  to‗xtab  qolishi  bo‗lsa 
kerak,  bunday  hollar  bola  tug‗ilayotganda  ro‗y  beradi.  Albuminuriya  kattaroq 
yoshdagi bolalarda ba‘zan jismoniy ish bajarishdan, bezovta bo‗lishdan keyingina 
ko‗rinadi,  bu  buyrak  koptokchalari  qil  tomirlari  endoteliysining  kam 
chidamliligidan  bo‗lishi  mumkin.  Buyrak  koptokchalari  o‗tkazuvchanligi 
yalliqlanish  natijasida  o‗zgarishi  hisobiga  buyrak  orqali  zardob  oqsillari(avval 
albuminlar,  keyin  globulin)  ajrala  boshlaydi.  buyrakdan  tashqari  proteinuriya 
ortastatik  albuminuriya  (o‗ta  rivojlangan  bel  lordozida,  sportsmenlarda  jismoniy 
zo‗riqishdan so‗ng va buyrakni palpatsiya qilingandan so‗ng) uchraydi. Maktab va 
o‗spirinlik yoshlarida ba‘zan uzoq davom etadigan va turg‗un albuminuriya paydo 
bo‗lib, bunda oqsil tungi uyqudan keyin ertalabki siydik tarkibida bo‗lmaydi, biroq 
bola  yurgandan  so‗ng  siydikning  kunduzgi  va  kechki  qismida  ba‘zan  ancha 
miqdorda oqsil ko‗rinadi. Bunday albuminuriya ortostatik ,ya‘ni gavda tik holatda 
bo‗lganda  ro‗y  beradigan  albuminuriya  deb  ataladi,  tahmin  qilinishicha  u  buyrak 
qon  aylanishdan  chiqqanda,  ayniqsa  bola  tik  va  lordoz  (umurtqa  ichka  tomon 
egilgan)  holatda  bo‗lganda  ko‗pincha  venada  qon  to‗xtalishi  natijasida  hosil 
bo‗ladi.  Bu  buzilishda  buyrak  vazomator  sistemasining  holati  katta  ahamiyatga 
ega.  Ortostatik  albuminuriyaning  maktab  va  o‗spirinlik  davrida  tez-tez  uchrab 
turishi  bu  yoshda  vegetativ  endokrin  apparatining  qaytadan  tuzilishi  natijasida 
vazomator  sistemaning  kam  chidamliligi  bilan  tushuntiriladi.  buyrakdan  tashqari 
proteinuriya siydik yo‗llari kasalliklarida ham uchraydi. Bunda siydik cho‗kmasida 
ko‗p  miqdorda  leykotsitlar  va  bakteriyalar  aniqlanadi,  buyrak  elementlari 
uchramaydi,  oqsil  uncha  ko‗p  eeas(  1ml  siydikda  1  g/l  oqsil,10000  leykotsitga 
tug‗ri  keladi.  Asosan  buyrak  kasalliklari-belgilaridan  siydikda  oqsil  moddasini 
normadagidan oshib ketishi-proteinuriya, qon bosimini ortib ketishi-gipertoniya va 
buyrak  kasalliklarida  har  doim  rivojlanadigan  kamqonlik-anemiya  haqida 
mufassalroq  to‗xtalib  o‗tamiz.  Proteinuriya  yoki  proteinlar  siydikda  quyidagi 
yo‗llar orqali paydo bo‗lishi mumkin. 
1.Prerenal mexanizmi-molekulyar og‗irligi juda kichik 
proteinlarni buyrak orqali eliminatsiyasi. 
2.  Koptokcha  mexanizmi-  koptokcha  kapilyarlarini  o‗tkazuvchanligi 
ortganda va diffuziya kuchayganda 
3.  Kanalchalar  mexanizmi-  oz  miqdordagi  normal  filtrlangan  oqsillarni 
qayta so‗rilishi buzilganda va proteinlar sekretsiyasi kuchayganda  
4. Postrenal mexanizmi 
 Oqsil  moddalarni  qonda  kamayib  ketishi,  shishlar  paydo  bo‗lishiga  olib 
keladi.  Siydikdagi  oqsilini  mikdori  buyrak  zararlanishini  og‗ir  yoki  yengilligiga 
bog‗liq emas. Koptokchalarni yengil yalliqlanishida siydikda proteinlar ko‗payishi, 
og‗ir  xastaliklarda  kamayib  ketishi  mumkin.  Protoinuriya  koptokchalarni 
o‗tkazuvchanlik  qobiliyatini  saqlaganligiga  bog‗liq.Chin  proteinuriyada  siydik 
cho‗kmasida  buyrakni  epitelial  xujayralari  va  silindrlari  aiiqlanadi.  Yolg‗on 
proteinuriyada-siydikda  qon,  yiring,sperma  sekreti  aralashganda  aytiladi.Toksik 


 
275 
albuminuriya.  Siydikda  oqsil  moddasi  o‗tkir  infeksion  kasalliklarda  ,  ovqat  hazm 
qilishining  buzilishida,  zardob  xastaligida  uning  faoliyati  izdan  chiqqanligini 
ko‗rsatadi. Bunday ko‗rinishdagi albuminuriyada odatda asosiy kasallik bilan birga 
tuzalib  ketadi.  Bolalarda  ba‘zan  siydik  va  oqsilning  ajralib  chiqishi  bilan  oz 
miqdorda  silindrlar  va  eritrotsitlar  ko‗rinadi,  ammo  buyrakning  vazifasi 
buzilmaydi.  Epitelial  xujayralar  ko‗p  miqdorda  ajralishi(  normada  yagona) 
gipovitaminoz A da va siydik yo‗llari kasalliklarida uchraydi. 
Piuriya-siydikda  yiring  (ko‗p  miqdorda  leykotsitlar)  Normada  siydik 
tarkibida  mikroskopik  tekshirishda  o‗g‗il  bolalarda  5-6  ta,qiz  bolalarda  10-15  ta 
ko‗zga  tashlanadi.  Ko‗p  miqdorda  leykotsitlarni  ajralishi  siydik  chiqarish  yo‗llari 
kasalliklarida  (pielonefrit,  siydik  yo‗llari  infeksiyalari  va  boshqalarda,  kam 
hollarda buyrakning diffuz zararlanishida (nefritlarda). Chin leykotsituriyani soxta 
piuriyadan  (vulvit,  vagenit,  fimoz,  prostatit)  farq  qilish  kerak.  Differensial 
diagnostikada 3 stakan sinamasidan foydalaniladi. 
Gematuriya-siydik orqali qonning ajralishi ( normada eritrotsitlar bo‗lmaydi 
yoki  2-3  ta  ko‗zga  mikroskop  orqali  ko‗riladi).Gematuriya  –ko‗p  miqdorda 
siydikda  eritrotsitlarning  ajralishi  bo‗lib,  makrogematuriya  –siydikning  rangi 
«go‗shtni  so‗liga»  o‗xshab  qoladi,  mikrogematuriya-ko‗p  miqdorda  eritrotsitlar 
mikroskop  orqali  ko‗riladi.  Eritrotsitlarni  o‗zgargani  nefritlarda,  o‗zgarmagani 
buyrakdan  qon  ketganda,  toshlar  siljiganda,gemorragik  diatezdauchraydi. 
Silindro‗riya-siydik  cho‗kmasida  silindrlarlarning  paydo  bo‗lishi  bo‗lib,  buyrak 
parenximasidan  hosil  bo‗ladi.  Siydik  cho‗kmasida  gialinli  va  donador 
silindrlarning  bo‗lishi  buyrakka  xos  bo‗lib  ko‗proq  proteinuriya  bilan  kuzatiladi. 
Sog‗lom  bolalarda  yagona  ko‗zga  tashlanadi  (tana  harorati  ko‗tarilganda). 
Epiteliyali 
silindrlarning 
bo‗lishi 
buyrak 
parenximasi 
zararlanishidan 
(glomerulonefritni nefrotik sindromida) dalolat beradi. 
Donador  silindrlar  sog‗lom  bolalarda  bo‗lmaydi,  uning  bo‗lishi  buyrak 
to‗qimasi,  ya‘ni  kanalcha  apparatlari  og‗ir  zaralanish  belgisi  (nefrotik  sindrom) 
hisoblanadi.  Mumsimon  silindrlar  bo‗lishi  og‗ir  davom  etuvchi  buyrakdagi 
degenerativ  o‗zgarishlardan  dalolat  beradi.  Qonli  silindrlarning  bo‗lishi  buyrakka 
xos  belgi  bo‗lib,  gematuriyada  kuzatiladi.  Eritrotsitli  silindrlar  glomerulonefritda 
bo‗lsa, leykotsitli silindrlar pielonefritda kuzatiladi. 

Download 5,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish