Nechiporenko usuli bilan siydikni tekshirish uchun bir martalik siydik
tarkibidan 10 ml olinib sentrifugalanadi, 1 ml siydik cho‗kmasidagi shaklliy
elementlar hisoblanadi. Sog‗lom bolalarda leykotsitlar-2000,eritrotsitlar-1000 ga
teng.
Addisa-Kakovskiy usuli bilan tekshirish uchun bir sutkada yig‗ilgan siydik
tarkibidagi shaklli elementlar miqdori aniqlanadi.Sog‗lom bolalarda bir sutkada 2 -
2,5 ,mln . leykotsit, 1-.15 mln.eritrotsit, 100000 silindrlar ajraladi.
Amburje usuli bilan 1 minutda ajralgan siydik tarkibidagi sh aqlli
elementlar miqdori aniqlanadi. Sog‗lom bolalarda bir minutda 2000 leykotsit 1000
eritrotsit ajraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |