Paypaslash. Buyrakni 3 yoshgacha , ovqatlanish darajasi pasaygan
bolalarda paypaslash mumkin. Undan katta yoshli bolalarda va kattalarda normada
palpatsiya qilib bo‗lmaydi. Buyrakni palpatsiya qilish uchun bola chalqanchasiga
yotib oyog‗ini yarim buqilgan, qo‗llari yonga tushirilgan holda yotqiziladi.Chap
qo‗lni orqaga 12 qobirga sohasiga, o‗ng qo‗lni esa (o‗ng qobirg‗a yoyi) qorin
bo‗shlig‗i sohasida qo‗yib chuqur palpatsiya qilinadi, palpatsiya qilinayotgan
paytida chap qo‗l 2-chi qo‗l tomon orqadan ko‗tariladi va shu bilan buyrakni
yaqinlashtiriladi.
Buyrakni bimanual paypaslashda ikkala qo‗lni bosh barmoqlari kovirg‗a
yoyiga yaqinlashtiriladi, qolgan 4 ta barmoq orqada qoladi,bolaga chuqur nafas
olish tavsiya qilinadi, buyrak nafas olgan paytida pasayadi va palpatsiya qilishga
imkoniyat tug‗iladi. Buyrakni Gunon (buyrakni balantirovka qilish) usuli bilan
palpatsiya qilish. Buning uchun bola 90 gradusga egiladi, tekshiruvchining o‗ng
qo‗li qorin sohasiga qovirg‗a yoyiga qo‗yiladi, chap qo‗l bilan buyrak sohasiga
sekin qo‗yiladi va natijada buyrakni tebranishini (ballantatsiya) hosil qilinadi, o‗ng
qo‗lga buyrak tebranganda yengil uriladi. Paypaslash yo‗li bilan shish bor yoki
yo‗qligi aniqlanadi.Buning uchun bemorning katta boldir suyagining oldingi to‗piq
sohasi yozib ko‗riladi. Botiq simptomi – tekshiriladi. Shish suvli bo‗lsa chuqurcha
tez yoziladi, shilliqli bo‗lsa sekin yoziladi.
Buyrakda og‗riq bor-yoki yo‗qligini tekshirish
uchun chap qo‗lni orqa tomondan 12
qovirg‗aga parallel qo‗yiladi va o‗ng qo‗lni
perpendikulyar holda chap qo‗l ustiga qo‗yib
yengil uriladi. Buyrak kasalliklarida ( buyrak
tosh kasalliklari, glomerulonefritda) og‗riq
bo‗lib simptom Pasternatskiy ijobiy bo‗ladi.
Buning asosiy sababi buyrak yalliqlanishlarida
Bauman-Shumlyanskiy kapsulasi taranglashib
o‗ta sezuvchan bo‗lib qoladi. Siydik pufagi erta
yoshli va katta yoshli bolalarda qovuq to‗lganda palpatsiya qilish mumkin,chunki
qovuq to‗lgan paytida kichik chanoqdan ko‗tariladi. Bola ulg‗aygan sayin asta-
sekin pastga tushib, kichik chanoq bo‗shlig‗iga joylashib boradi. Perkussiya siydik
pufagida o‗tkazish uchun plessimetr –barmoqni kindik sohasidan yuqoridan pastga
simfiz tomon yurgiziladi.
1.Siydik pufagining yuqori nuqtasi kindikdan o‗tkazilgan chizig‗ning
qorinning to‗g‗ri muskulini tashqi qirg‗og‗i bilan kesishgan joyida joylashgan.
2 Siydik pufagining pastki nuqtasi bispinal chizig‗i qorinning to‗g‗ri
muskulini
tashqi
qirg‗og‗i
bilan
kesishgan
joyida
joylashgan.
Расм. Сийдик пуфагининг
тeкшириш усули.
271
Rasm. Pasternatskiy usuli bilan buyrak
sohasini tekshirish.
Tekshiruvchi
bel
sohasiga
chap
qo‗lini avval bir tomonga, keyin ikkinchi
tomonga qo‗yib o‗ng qo‗lini chap qo‗l
ustiga tik qo‗yib qisqa yengil uriladi.
Perkussiya. Pasternatskiy usuli bilan buyrak sohasini tekshirish og‗riq bor
yo‗qligi yoki noxush xis borligini aniqlash, gohida og‗riq oyoqqa yoki qorinning
pastki qismiga berilishi bu simptomning musbat deb baholanadi. Simptom
musbatligi buyrak va buyrak oldi klechatkasi yallig‗lanishida (pielonefrit,
glomerulonefrit, paranefrit) va siydik tosh kasalliklarida kuzatiladi. Perkussiya
usuli bilan siydik pufagining to‗lgan paytda qovdan chiqishi aniqlanadi. Buning
uchun plessimetr barmoq qovga parallel qo‗yib kindikdan pastga tomon bo‗g‗iq
tovush chiqqunga qadar perkussiya qilinadi. Bu usul o‗tkir siydik tutilgan paytda
qilinadi. Perkussiya usuli bilan qorin bo‗shlig‗ida erkin suyuqlik borligi ham
aniqlanadi.
272
Do'stlaringiz bilan baham: |