Mitral nuqsonlarining kombinatsiyasi. Bunda bir vaqtda mitral
klapanining yetishmovchiligi va mitral stenozi simptomlari kuzatiladi.Odatda
mitral klapan yetishmasligi simptomlari paydo bo‗lib, keyinchalik mitral stenozi
simptomlari qo‗shilib boradi.Ko‗pincha bu o‗smir yoshlarida qo‗shiladi.
Aorta klapanining yetishmasligi. Bunda gemodinamik o‗zgarish, diastola
fazasida qon aortadan chap qorinchaga qaytib tushganligi sababli,chap qorincha
dilyatatsiyasi va gipertrofiyasi paydo bo‗lib, sekin asta kichik qon aylanish
doirasida
dimlanish,
keyinchalik
o‗ng
qorincha
dekompensatsiyasi
kuzatiladi.Bemor bolalar xansirash, yurakni tez o‗rib ketishi, ba‘zan yurakda
og‗riqqa shikoyat qiladilar.Bemor terisi oqargan, ba‘zan uyqu arteriyasi
pulsatsiyasi( korotid raqsi) kuzatiladi.Arteriya qon bosimida maksimal qon bosimi
normada yoki biroz ko‗tarilgan, minimal bosim past bo‗ladi. Yurak chegarasi
chapga kengaygan, yurak cho‗qqisida I ton botiq, to‗sh suyagini chap tomonida 3-4
kovo‗rg‗a oralig‗ida protodiastolik shovqin eshitiladi. Shovqin mayin bo‗lib,
turgan holatda va tanani oldinga biroz egilganida yaxshi eshitiladi.
Uch tabaqali klapanning yetishmasligi .Bu yurak nuqsoni bolalarda kam
uchrab, asosan uzluksiz qaytalanuvchi revmatizm asorati hisoblanadi.Bolalarda
hansirash, bo‗shashishlik, yuz-lablarida ko‗karishlik, bo‗yin venalari pulsatsiyasi,
oyoqlarida
shish,
assit
kuzatiladi.Ba‘zan
jigar
pulsatsiyasini
kuzatish
mumkin.Yurak chegarasi o‗ngga kengaygan. To‗sh suyagining pastki 1/3 qismida
sistolik shovqin eshitilib, tovush o‗ng qo‗ltiq osti sohasiga beriladi.
219
Tug‘ma yurak nuqsonlari
Bunda yurak nuqsonlarini anatomik variantlari xilma xil bo‗lganligi sababli
yurak ichida va yurakdan tashqarida turli gemodinamik o‗zgarishlar vujudga kelib,
o‗ziga xos klinik ko‗rinishga ega bo‗ladi.Tug‗ma yurak nuqsonlarining klinik
kechishidagi uch faza farqlanadi:
I faza -birinchi adaptatsiya bosqichi bo‗lib, bunda yurak nuqsonidagi
gemodinamik o‗zgarish tufayli vujudga kelgan o‗zgacha sharoitga moslashish ro‗y
beradi.Bu fazada bir yoshgacha bo‗lgan bemor bolalar orasida o‗lim adabiyotda
ko‗rsatilishicha 50% dan oshiqni tashkil qiladi.
II- faza nisbiy kompensatsiya davri deb atalib, bunda 2- 3 yoshgacha omon
qolib. Sharoitga ma‘lum darajada moslashib olgan bolalarni axvoli va jismoniy
o‗sishi birmuncha yaxshilanadi.
III faza terminal fazasi deb atalib, bunda organizmni kompensator im
qoniyati tugab, organlarda dyog‗enerativ o‗zgarishlar ro‗y beradi.Turli
kasalliklarni qo‗shilishi va ular asorati noxush oqibatga olib keluvchi III fazani
rivojlanishini tezlatadi.
Tug‗ma yurak nuqsonlari klassifikatsiyasi variantlari ko‗p bo‗lib, ular
ichida ko‗pchilik e‘tirof etgani Marder(1953) klassifikatsiyasi hisoblanadi.Bu
klassifikatsiya bo‗yicha gemodinamik o‗zgarishlar kichik qon aylanish doirasida
qonning ko‗payishi, kichik qon aylanish doirasida qonning kamayishi, katta qon
aylanish doirasida qonning kamayishi va nihoyat gemodinamik o‗zgarishlarsiz
kechuvchi tug‗ma yurak nuqsonlariga bo‗linadi.
Kichik qon aylanish doirasida qonning ko‗payishi bilan kechuvchi tug‗ma
yurak nuqsonlari:qorinchalararo devor nuqsoni,bo‗lmachalar aro pardevor defekti,
arterial (Batallov) yo‗lining ochiq qolishi kiradi.Bu yurak nuqsonlarida
gemodinamik o‗zgarish kichik qon aylanish doirasida qonning ko‗payishi bilan
kechadi. Natijada o‗pkada qonning dimiqishi, o‗pka gipertenziyasi - ya‘ni o‗pka
arteriyasida bosimning ortishi kuzatiladi.Bemor bolalar tez - tez bronxit,
pnevmoniya bilan og‗rib ularni davolash ko‗pincha uzoqqa cho‗ziladi. Bu gurux
tug‗ma yurak nuqsonlaridan asosan kuzatiladigani quyidagilar:
Qorinchalar aro devor nuqsoni. Bu nisbatan ko‗p uchraydigan kasallik
bo‗lib, tug‗ma yurak nuqsonlari ichida 11-23% ni tashkil qiladi. Bunda nuqson 2
xil joyda joylashgan bo‗lishi mumkin; pardevorning membrana yoki muskul
qismida joylashishi mumkin. Kasallikning klinik belgisi odatda bolaning 1 -2
oyligidan boshlab, bemor kshkrakni emishda qiynaladi, injiq bo‗lib qoladi,
xansiraydi, och qolib oza boshlaydi. Yurak chegarasi o‗ngga va chapga kengaygan
bo‗lib, sekin - asta yurak do‗ngi paydo bo‗la boshlaydi. To‗sh suyagini chap
qirrasida 3- 4 qovurg‗a oralig‗ida keng sohada dag‗al sistolik shovqin
eshitiladi.O‗pka arteriyasida 2 ton kuchaygan bo‗ladi.
Defekt muskul qismida bo‗lsa (Tolochinov - Roje kasalligi) shikoyat
bo‗lmaydi.Faqat to‗sh suyagining chap qirrasida 4-5 qovurg‗a oralig‗ida, o‗rtacha
intensivlikda atrofga tarqalmagan g‗ijirlagan tovushdagi shovqin eshitiladi, o‗pka
gipertenziyasi bo‗lmaydi. Ba‘zan defektni klinik belgilarini yo‗qolishi muskul
tolalari rivojlanishi hisobiga bo‗lishi mumkin.
Arterial (Batallov) yo‗lining ochiq qolishi.Kasallikning klinik belgilari
220
ko‗pincha 1 yoshning oxirida yoki 2 - 3yoshlik vaqtidan boshlanadi.B o‗ngacha
bola ko‗pincha yaxshi rivojlanadi.Kasallik boshlanishida bola tezg‗ tez respirator
kasallik bilan og‗rib turadi.Oldin to‗sh suyagining chap tomonida 2 - 3 qovurg‗a
oralig‗ida sistolik shovqin eshitilib, keyin b o‗nga diastolik shovqin qo‗shilib,
natijada uzluksiz sistola - diastolik shovqin eshitila boshlaydi. 2 ton o‗pka
arteriyasida kuchaygan bo‗ladi. Yurak chegarasi asosan chapga kengaygan bo‗ladi.
Bo‗lmachalar aro pardevor defekti.Bu tug‗ma yurak nuqsonlari ichida 8g‗
16% ni tashkil qiladi.Bu xastalikda yurak chegarasi asosan o‗ngga kengayib, to‗sh
suyagini chap tomonida 2 - 3 qovurg‗a oralig‗ida sistolik shovqin eshitiladi. 2 ton
o‗pka arteriyasida kuchaygan bo‗ladi. Yillari o‗tishi bilan yurak do‗ngi paydo
bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |