PERKUSSIYA. Bunda asosan bolaning turgan holatda, ya‘ni ko‗krak
qafasining simmetrik joylashishiga ahamiyat berish kerak. Agar ko‗krak qafasi
noto‗g‗ri holatda bo‗lsa, uning simmetrik sohalarida perkussiya tovushi bir xil
bo‗lmay, yanglish xulosaga kelib qolish mumkin. Xali boshini ushlamagan
chaqaloqlarni qorni bilan yotqizib yoki bolani chap ko‗lga olgan holda
perkussiya qilish mumkin. Bunda bola vrachning chap qo‗lining kaftida
ko‗kragi bilan yotadi, vrachning katta barmog‗i bolaning chap qo‗ltiq osti
chuqurchasida, ko‗rsatkich barmog‗i o‗ng o‗mrov suyagi ustida va boshqa
barmoqlari ko‗krak qafasining yon tomonida bo‗ladi. 1 - 2 yoshdagi
bolalarni yaxshisi stolga qo‗yilgan yostiqchaga yotqizib, katta bolalarni esa
tik turgan holatda perkussiya qilish lozim. Bunda ko‗krak qafasi perkussiya
qilinganda kasalning qo‗llari oldinga qovushtirilgan bo‗lishi kerak va bemor
oldinga ozgina egiladi. Ko‗krak oldini perkussiya qilganda bola qo‗llarini
tushirish kerak, og‗ir kasallarni o‗tirgan holda perkussiya qilish mumkin.
Perkussiya bilvosita yoki bevosita usullarda o‗tkaziladi. Bilvosita perkussiya
barmoqlarni barmoqqa urish yo‗li bilan o‗tkazilib, bunda chap qo‗lning o‗rta
barmog‗i yoki plessimetr, tekshirilayotgan joyga yaxshnlab qo‗yiladi.
Perkussiya qilganda o‗ng qo‗lning o‗rta barmog‗i bilan o‗riladi, bu barmoq
162
bo‗g‗imlarida yarim buqilishi va boshqa barmoqlarga tegmasligi kerak.
Perkussiya qisqa va faqat qo‗lning barmoq qismi bilan bajarilishi shart. Bolaning
ko‗krak qafasi elastikligini hisobga olgan holda perkussiya zarbi kuchli
bo‗lmasligi kerak. Perkussiya aniq ovozdan ovozning o‗zgarishiga qarab
baholanadi.Bevosita perkussiya ko‗rsatkich va o‗rta barmoqlar yordamida
qovurg‗alarga o‗rib ko‗rish yo‗lida o‗tkaziladi. Perkussiya paytida bilak
harakatlanmaydi, faqatgina tirsak va barmoqlar bo‗g‗imlari yordamida bo‗ladi.
Perkussiya yengil urish yo‗li bilan o‗tkazilishi kerak, chunki bunda xavoli
joylardan havosiz joylarga o‗tishni aniqlash oson bo‗ladi. Bevosita perkussiyani
Obrazsov usulida o‗ng qo‗lning ko‗satkich barmog‗i yordamida sirg‗anib
boruvchi harakat bilan ham o‗tkazish mumkin. Bunda sezish orqali to‗qimalar
qarshiligining o‗zgarishi baholanadi. Perkussiyaning bu metodi asosan erta
yoshdagi
bolalarni
tekshirishda
ko‗llanadi.Perkussiya
solishtirma
va
topografik perkussiyalarga bo‗linadi. Solishtiruvchi perkussiya - ko‗krak
qafasining simmetrik joylarida o‗tkaziladi. O‗pkaning hamma joyida ham
har doim bir xil tiniq, iloji boricha past tovush eshitilavermaydi. O‗ng
tomonda jigar bo‗lganligi uchun perkussiya ovozi ancha kalta, chapdan old
tomon pastki qismida odatda timpaniq tovush eshitiladi. Bu yerda Traube
maydoni joylashgan. O‗pkada har xil patologik holatlar vujudga kelganda
perkussiya ovozining o‗zgarishi har xil bo‗ladi.Topografik perkussiya vositasida
o‗pka va uning bo‗laklari, o‗pka yuqori cho‗qqisi chegaralari aniqlanadi.
O‗pkaning perkussiya yo‗li bilan topografik chegarasi aniqlash uchun barmoq, -
plessimetrni qovurg‗aga parallel qo‗yiladi, kurak suyaklari orasidagi soha esa
umurtqaga parallel ko‗yiladi. Har xil yoshdagi bolalarda o‗pkaning yuqori cho‗qqi
chegarasi turlicha bo‗ladi. Buning uchun barmoq - plessimetr o‗mrov suyagi ustiga
qo‗yiladi va bunda sternocleidomastoideus muskulining tashqi qirrasidan
yuqoriga perkussiya qilib, toqi perkussiya tovushini bo‗g‗ila boshlashi paydo
bo‗lguncha boriladi. Normada bu masofa o‗mrov suyaginiig o‗rtasidan 2 - 4
sm masofada joylashgan bo‗ladi. Belgilash barmoq plessimetrda aniq
tovush eshitilgan chegarasiga qo‗yiladi. Orqadan plessimetr spina
scapula ga qo‗yiladi va 7 bo‗yin umurtqasiga. qarab perkussiya qilib
boriladi. Bo‗g‗ila boshlagan tovush paydo bo‗lgan zahotiyok perkussiya
to‗xtatiladi. Normada orqadan o‗pka cho‗qqisining balandligi 7 bo‗yin
umurtqasining o‗simtasi darajasida aniqlanadi.
Krening maydoni kengligini aniqlash. Krening maydoni yelkadan
bo‗yingacha boradigan eni 4 - 6 sm bo‗lgan aniq tovush chizig‗ini anglatadi.
Barmoq - plessimetri trapetsiyasimon muskulning qirrasini o‗rtasiga
qo‗yiladi. Bu nuqtadan navbatma-navbat yelkaga va bo‗yinga qarab tovush
bo‗g‗iqlashguncha perkussiya qilib borish kerak. Shu ikki uzoqlashgan nuqtalar
orasidagi aniq tovush eshitilgan masofa Krening maydoni kengligini
ko‗rsatadi.Perkussiya orqali o‗pkaning pastki chegaralari hamda pastki qirralarini
ekskursiyasi aniqlanadi. Perkussiya Topografik va solishtirma turlari mavjud.
Aniq (jarangdor) o‗pka tovushi sog‗lom o‗pka to‗kimasi ustida eshtiladi.Bo‗g‗iq
yoki «son» (bedrennыy) perko‗tor tovush - normada zich to‗qimani ichki organlar
(yurak, jigar, taloq) joylashgan sohalarda eshitilsa, patologik holatlarda o‗pka
163
to‗qimasining keng tarqalgan infiltratsiyasi bilan kechuvchi krupoz zotiljamda,
o‗pkaning yirik shishlarida, ekssudativ plevritda, gidrotoraksida kuzatiladi.
Perko‗tor
tovushning
bug‗iklanishi
o‗pka to‗kimasida xavoning
kamayishida(masalan, zotiljamida) eshitiladi. Timpaniq, ya‘ni «nog‗ora» tovushi
kaverna bo‗shlig‗i ustida eshitiladi, patologiyada esa xavo bilan to‗lgan bo‗shliqlar
ustida (pnevmotoraks, abssess, kavernalar) eshitiladi.
Patologik holatda o‗pka
chegarasi o‗zgaradi. O‗pka chegarasining pastga kengayishi emfizemada va
o‗pkada shish bo‗lganda yoki diafragmaning pastda turganligida(qorin
bo‗shlig‗idagi organlarning pastga tushishida) kuzatiladi.
164
Do'stlaringiz bilan baham: |