Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilari -guruh bolalarining yosh xususiyatlarini inobatga olgan tarzda yozgi sog'lomlashtirish davri uchun ish rejani tuzish;
-ertalabki qabul va badantarbiya mashqlarini ochiq havoda o'tkazish; -maktabgacha ta'lim tashkilotining Davlat o'quv dasturi asosida bolalarning olgan bilim, ko'nikma va malakalarini mustahkamlash bo'yicha rejalarni amalga oshirish;
-oylik, haftalik mavzular bo'yicha rivojlantiruvchi markazlarni jihozlash va mavzuli rejalashtirish asosida ta'limiy-tarbiyaviy faoliyatni olib borish;
-ta'limiy-tarbiyaviy jarayon va chiniqtirish tadbirlarini samarali tashkil etish; -yozgi sog'lomlashtirish tadbirlarini tashkil etishda jihozlash va bezatish ishlarini olib borish;
-hamshira bilan birgalikda bolalar rivojlanishi antropometrik ko'rsatkichlarni belgilash;
-yer maydonchalari va o'yin maydonchalarida bolalar mehnati va o'yin faoliyatini to'g'ri tashkil etish;
-yozgi davr kun tartibiga rioya qilish va bolalarni ichimlik suvi bilan ta'minlash;
-ota-onalar uchun oilada bolalarni chiniqtirish bo'yicha kerakli maslahat va tavsiyalar berish;
-bola hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilish yo'riqnomasiga rioya etish;
-ochiq havoda bolalar hayoti xavfsizligini ta'minlash;
Jismoniy tarbiya yo'riqchisi
-bolalar bilan ertalabki badantarbiya mashqlarini o'tkazish;
-bolalar bilan o'tkaziladigan sport tadbirlari, jismoniy musobaqalarni tashkil etish; -reja asosida musiqa rahbari, tarbiyachi bilan hamkorlikda sport bayramlarini o'tkazish;
-guruhlar yosh tarkibini hisobga olib, dastur asosida sport o'yinlarini o'tkazish; -jismoniy rivojlanishda orqada qolgan bolalar bilan alohida mashg'ulotlar olib borish;
-tarbiyachilar va ota-onalarga maslahat - tavsiyalar berish;
-sport o'yinlari va sog'lomlashtirish tadbirlari paytida bolalar sog'ligi va xavfsizligiga javob berish;
-sport, basketbol, futbol maydonchalarini jihozlash va unda bolalar harakatlanish faoliyatini tashkil etish.
• Tarbiyachi yordamchilari
-tarbiyachi bilan hamkorlikda kun tartibini samarali tashkil etish;
-chiniqtirish va sog'lomlashtirish tadbirlarida tarbiyachiga yordam berish; -guruh hududi, ayvonchalarni tozalash;